Moskvaning Vnukovo aeroportidan Toshkentga uchayotgan samolyot dvigateli shikastlandi.

Telegram’dagi Aviaincident kanalining yozishicha, teleskopik trapni tortib olish vaqtida samolyotning chap dvigatel shikastlangan.
Moskva viloyatlararo transport prokuraturasi 6-mart kuni bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea 5-mart kuni sodir bo‘lgan. Moskva—Toshkent yo‘nalishidagi samolyot dvigateli teletrap sababli shikastlangan. Ayni paytda samolyot Vnukovo aeroportida ekani, uning texnik holati tekshirilayotgani ma’lum qilingan.
Moskva transport prokuraturasi ushbu hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritgach, aeroport xodimlarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berishi, asoslar mavjud bo‘lsa, chora ko‘rishi bildirilgan.
Aviakompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 5-mart kuni Moskva—Toshkent yo‘nalishidagi HY612 reysi texnik sabablarga ko‘ra majburiy ravishda bekor qilindi. Yo‘lovchilar 2025-yil 5-mart va 6-mart kunlari aviakompaniya tomonidan amalga oshiriladigan muqobil reyslar orqali jo‘natildi. Kutish davrida yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirildi.
Izoh (0)