O‘zbekistonda soat 17:22 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Episentr: Marhamat tumani. Episentrda sezilish kuchi: 3 ball
Hududlarda sezilish kuchi:
- Marhamat tumanida — 3 ball, 5 km.
- Asaka tumanida — 2 ball, 13 km.
- Buloqboshi tumanida — 2 ball, 20 km.
- Shahrixon tumanida — 2 ball, 22 km.
- Quva tumanida — 2 ball, 22 km.
Zilzila episentri Toshkentdan 267 km janubi-sharqda. Magnituda: 3. Chuqurligi: 10 km.
O‘zbekistonda so‘nggi oylarda sezilgan zilzilalar
14-aprel kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan 3,8 magnitudali zilzila kuchi O‘zbekistonning Xo‘jaobod, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Buloqboshi, Xonobod, Marhamat, Andijon, Asaka tumanlari va Andijon shahrida 2-3 balldan sezilgandi. 13-aprel kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Andijon, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida 2-3 balldan sezildi. Ushbu zilzila oqibatida Tojikistonda uch yoshli bola devor bosib qolishidan halok bo‘ldi.
Izoh (0)