QIDIRUV NATIJALARI: 4885

Nima uchun magniy asablarni tinchlantirishga yordam bermaydi? Meta-tahlil mualliflari xavotirga tushganda magniyni tavsiya qilish mumkin emas, degan xulosaga kelishdi, chunki uning ijobiy ta’siri haqidagi dalillar ishonchli emas Magniy suyaklar salomatligi, asab o‘tkazuvchanligi, qon bosimini tartibga solish, glyukoza darajasini nazorat qilish va boshqa ko‘plab jarayonlar uchun zarur bo‘lgan mineraldir. Magniy organizmga oziq-ovqat bilan kiradi. U sabzavotlar, yong‘oqlar, dukkaklilar, go‘sht, baliq, sut ...
“Shakarsiz gazlangan ichimliklar infarktni keltirib chiqarishi mumkin” — shifokor Shifokor Coca-Cola’ni, hatto kam shakarli bo‘lsa ham, haddan tashqari ko‘p iste’mol qilmaslikni tavsiya etdi Shakarsiz Coca-Cola ichimligini iste’mol qilish infarkt va insultga chalinish ehtimolini oshiradi. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori Elvira Xachirova so‘zlab berdi. Foto: Lady.mail.ru “Bu past kaloriyali, shakar o‘rnini bosuvchi eritritdir. Eritritning xavfi shundaki, u qon tarkibida trombotsitlar faolligi oshirishiga ...
Aktrisa va modellarning tezda ozishga yordam beradigan 5 xil samarali parhezi Jennifer Lopesning “bir stakan” nomli parhezi organizmni zo‘riqtirmagan holda vazn yo‘qotishga yordam beradi Mukammal ko‘rinishda bo‘lish uchun Gollivud aktrisalari har kuni ovqatlanish tartibiga e’tibor beradi va muntazam mashq qiladi . Ba’zan muhim tadbirdan avval qomatni go‘zal holatga keltirish uchun ular qisqa vaqtda ta’sir qiladigan usullardan foydalanadi. Quyida mashhurlar sinovidan o‘tgan ana shunday samarali parhezlar ...
Nima uchun yozda kasal bo‘lish xavfliroq: ichak infeksiyalari ning oldini olish bo‘yicha oddiy maslahatlar Bolalar va keksalar eng katta xavf ostida — ularning immuniteti zaifroq va hatto kasallikning yengil shakli ham jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin Yoz — quyosh, yangi sabzavotlar, mevalar va uzoq kutilgan taʼtillar vaqti. Ammo aynan shu davrda ichak infeksiyalari bilan kasalxonalarga murojaat qilish soni tez surʼatlar bilan ortib bormoqda. Bu nima uchun sodir bo‘layotgani va qanday choralar ...
Odamlar bilan doimiy muloqot qilishni talab etadigan ish sog‘liq uchun xavfli ekanligi aniqlandi Ma’lum bo‘lishicha, ishi boshqalar bilan doimiy hissiy aloqada bo‘lishni talab qiladigan odamlarda 2-turdagi qandli diabet bilan kasallanish xavfi ancha yuqori ekan: erkaklarda - 20%, ayollarda - 24% Shvetsiyaning Karolina instituti olimlari keng qamrovli tadqiqot o‘tkazib, 2005-yilgacha qandli diabet yoki uni davolash belgilari bo‘lmagan 30 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan uch million kishining ma’lumotlarini ...
Issiqda holsizlikni his qilmaslik uchun qanday ovqatlanish kerak? Jaziramada muzdek suv najotdek tuyulsa-da, aslida tana qo‘shimcha energiya sarflab, uni isitishga majbur bo‘ladi Iyun oyi harorat ancha qizigan, siz esa tushlikka yetmasdan charchab qolyapsizmi? Ertalab tetik bo‘lgan bo‘lsangiz-da, hozir o‘zingizni siqib olingan limondek his qilyapsizmi? Ehtimol, muammo ob-havoda emas, balki issiqda qanday ovqatlanayotganingizdadir. Tana ekstremal sharoitda ishlaydi, haroratni muvozanatda saqlash uchun juda ...
“O‘t qopidagi toshni tushirishga urinmang. Bu sizga qimmatga tushishi mumkin” — mutaxassis O‘t-tosh kasalligi O‘zbekistondagi eng dolzarb kasalliklar sirasiga kiradi O‘t-tosh kasalligi O‘zbekistondagi eng dolzarb kasalliklar sirasiga kiradi. Afsuski, o‘t pufagidagi toshni turli yo‘llar bilan tushirishga yoki eritishga harakatlar bo‘ladi. Bu qanchalik to‘g‘ri yo‘l, samarasi bormi, degan savollarga oliy toifali jarroh Abdulhamid Rahmonov “Daryo”ga izoh berdi. Abdulhamid Rahmonov Foto: “Daryo” O‘t-tosh ...
“Og‘ir kun”: yurak xurujlari eng ko‘p dushanba kuni yuz berishi aniqlandi O‘tkazilgan tadqiqot natijasida “dushanba sindromi” paydo bo‘lishining biologik mexanizmlari ilmiy jihatdan tasdiqlandi Birinchi ish kunidagi kuchaygan xavotir odamlarni nafaqaga chiqqandan keyin ham tark etmaydi, bu esa organizmning faoliyatida buzilishlarga sabab bo‘ladi. Britaniyalik olimlar dushanba kunlari odamlar haqiqatan ham yuqori darajadagi xavotirni his etishlarini va bu ularning hayot sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ...
Xitoylik shifokorlar yangi neyroimplant yordamida falaj bemorning yurish qobiliyatini tikladi Tiklanish jarayoni misli ko‘rilmagan tezlikda kechdi: oyoqlarning bukish va yozish harakatlarini nazorat qilish implantatsiyadan 72 soat o‘tgach paydo bo‘ldi Chjetszyan universiteti “Tibbiyot” fakulteti mutaxassislari XXR hududida birinchi bo‘lib orqa miya stimulyatsiyasining yopiq konturidan foydalangan holda jarrohlik amaliyotini o‘tkazib, neyroreabilitatsiya sohasida tarixiy yutuqlarga erishdi. Operatsiya ...
Issiqda derazani ochib uxlash hamma o‘ylaganidek bezararmi? Astma yoki allergik rinit bilan og‘rigan odamlar uchun tunda ochiq turgan derazalar bezovtalik manbayi bo‘lishi mumkin Ko‘pchiligimiz ochiq deraza bilan uxlashni, toza havo va tabiat tovushlaridan bahra olishni yoqtiramiz. Ma’lum bo‘lishicha, bu oddiy harakat harorat, namlik va shovqin darajasi kabi tashqi omillarga qarab sog‘lig‘imizga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekan, deya xabar beradi Tengri Life. Foto: Tengrinews Derazani ...
Qimirlamay o‘tirish va og‘riqqa chidash: oyoqlar salomatligiga putur yetkazadigan zararli odatlar Ko‘pchilik intensiv mashg‘ulotlar paytidagi og‘riqni odatiy hol deb hisoblaydi. Ammo har qanday og‘riq bu tananing xavf haqida bergan signali hisoblanadi Oyoqlarimiz kundalik harakatlarimiz uchun asosiy tayanch bo‘lsa-da, ularning salomatligi ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Quyida oyoqlaringizni sog‘lom va chiroyli saqlash uchun darhol voz kechishingiz kerak bo‘lgan odatlar haqida so‘z boradi. Oyoqlar ...
Qo‘rqinchli tushlar erta o‘lim xavfini oshiradi va qarish jarayonini tezlashtiradi — tadqiqot Tadqiqotchilar 26 yoshdan 86 yoshgacha bo‘lgan 183 mingdan ortiq kattalar hamda 8–10 yosh oralig‘idagi 2400 ga yaqin bolalarning ma’lumotlarini tahlil qildi Buyuk Britaniyaning Imperial kolleji va Demensiya tadqiqot instituti olimlari aniqlashicha, tunda takroriy ko‘riladigan dahshatli tushlar inson salomatligiga jiddiy tahdid solishi mumkin. Yevropa Nevrologiya akademiyasining Helsinkida o‘tgan kongressida taqdim ...
Yuz terisining qarishiga olib keladigan tonggi odatlar Ortiqcha kofein tanani suvsizlantiradi, bu esa erta ajinlar va terining qurishiga olib keladi Ko‘pchilik uchun kunning eng yoqimsiz qismi ertalab hisoblanadi. Biz har kuni bir xil odatlarni takrorlaymiz. Afsuski, ularning ba’zilari terimiz uchun unchalik foydali emasligi aniqlangan. Foto: Freepik Qahva, qahva va yana qahva Foto: Freepik Agar siz ham ertalab bir chashka qahva ichib, yo‘lda yana bir stakan aromatik ichimlik olib, ishga kirsangiz, bu odat ...
Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi Agar yiliga to‘rt martadan ko‘proq kasal bo‘lsangiz va O‘RVIni og‘ir o‘tkazsangiz, muammo faqat immunitetda emas, balki D vitamini darajasida ham bo‘lishi mumkin Charchoq, suyaklardagi og‘riq va yomon uyqu — bu shunchaki stress emas . D vitamini haqida ko‘pincha qishda — quyosh va quvvat kam bo‘lgan paytda eslanadi. Biroq uning yetishmovchiligi yil davomida kuzatilishi va sog‘liqqa tasavvur qilinganidan ko‘ra kuchliroq taʼsir ...
Nima uchun chamadon kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin? Chamadonlar — ayniqsa, ularning g‘ildiraklari mikroblar uchun haqiqiy magnitdir Ko‘pgina sayyohlar taʼtildan qaytgach, buning oqibatlari haqida o‘ylamasdan, darhol chamadonini karavotga qo‘yishadi. Biroq mikrobiologlar bunday odat o‘ylaganimizdan ham xavfliroq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi, deb yozadi Tengri Travel Daily Mailʼga tayanib. Foto: Tengrinews.kz Yangi tadqiqotga ko‘ra, chamadonlarning g‘ildiraklari jamoat hojatxonalarining ...
Vitamin va minerallar tanqisligini qanday to‘ldirish mumkin? Mutaxassisdan 5 tavsiya To‘g‘ri tashkil etilgan ovqatlanish tartibi orqali defitsitning oldini olish mumkin Vitaminlar, minerallar, makro va mikroelementlar organizmda ko‘plab muhim funksiyalarni bajaradi . Ularning yetarli bo‘lishi bevosita kundalik ovqatlanish tartibiga bog‘liq. Agar ratsion mevalar, rezavorlar, ko‘katlar, sabzavotlar va butun donli mahsulotlardan iborat bo‘lmasa, organizmda turli xil foydali moddalarning yetishmovchiligi ...
Yurishdan ham yaxshiroq: olimlar miya uchun eng foydali jismoniy faollik turini aniqladi Tadqiqotda 480 mingga yaqin ishtirokchining maʼlumotlari tahlil qilindi va ular 13 yildan ortiq vaqt davomida kuzatib borildi Jismoniy faollik yoshga bog‘liq xotira va aqliy qobiliyatlarning pasayishi xavfini kamaytirishning eng qulay va ayni paytda eng samarali usullaridan biridir. Maʼlumki, miya uchun har qanday jismoniy faollik foydalidir. Biroq jadal ish grafikiga muntazam sport mashg‘ulotlarini kiritish baʼzan ...
Xitoydagi ko‘rshapalaklarda odamga yuquvchi yangi viruslar aniqlandi Olimlar 142 ta ko‘rshapalakning buyraklarini tekshirish orqali yangi virus va bakteriyalarni topdi Xitoyning Endemik kasalliklarni nazorat qilish instituti olimlari ko‘rshapalaklarda odamlar uchun xavfli bo‘lgan ikkita yangi virusni aniqladi. Ular Nipah va Hendra viruslariga genetik jihatdan yaqin hisoblanadi. Bu haqda EurekAlert xabar berdi. Foto: Science News Yangi viruslar bosh miyaning og‘ir yallig‘lanishi va nafas yo‘llari ...
Bir qarashda zararsiz ko‘rinsa-da, ammo sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan kundalik buyumlar Kundalik hayotda ishlatiladigan narsalardan foydalanayotganimizda ular qanday xavf tug‘dirishi mumkinligini o‘ylab ham ko‘rmaymiz ">Kundalik hayotda ishlatiladigan narsalardan foydalanayotganimizda, ular qanday xavf tug‘dirishi mumkinligini o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Ba’zida ular jiddiy sog‘liq muammolarini keltirib chiqarishi va ahvolimizni yomonlashtirishi mumkin. Plastik idishlar ">Ko‘pchilik ovqat, ayniqsa maktab ...
Nima uchun yozda bosh ko‘p og‘riydi? Havo harorati har 5 darajaga ko‘tarilganda bosh og‘rig‘i ehtimoli 8 foizga ortadi Yozgi jaziramada bosh og‘rig‘i ko‘pchilikka tanish muammo . Bu faslda hatto to‘liq sog‘lom odamlar ham bosh og‘rig‘iga duch keladi. Haroratning keskin ko‘tarilishi, suvsizlanish yoki quyosh ostida uzoq yurish organizmda jiddiy noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Quyida issiqda bosh og‘rig‘i nimadan yuzaga kelishi, xavfli belgilari va oldini olish yo‘llari haqida mutaxassis tavsiyalarini ...
Nima uchun choyni shakar bilan ichish kerak? Shirin choy nafaqat ta’m jihatidan yoqimli, balki sog‘liq uchun ham foydali bo‘lishi mumkin Choy dunyo bo‘ylab eng ko‘p iste’mol qilinadigan ichimliklardan biri sanaladi . Uning yuzlab turlari va ichish uslublari mavjud: kimdir uni sut bilan ichadi, boshqasi shakar soladi, ba’zilar esa faqat bargli choyni afzal ko‘radi. Ammo shakarli choy nafaqat ta’m jihatidan yoqimli, balki sog‘liq uchun ham foydali bo‘lishi mumkin, deya ta’kidlaydi choy bo‘yicha ekspert ...
Nima uchun quyoshga uzoq vaqt qarash mumkin emas? Ultrabinafsha nurlarning to‘r pardaga taʼsiri uning tuzilishida patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin Biz atrofimizdagi hamma narsani yorqin quyosh nurida ham, deyarli to‘liq qorong‘ilikda ham ko‘ramiz. Ammo ko‘zning to‘r pardasi quyoshning ko‘zni qamashtiruvchi nurlari oldida himoyasiz, shuning uchun unga ko‘zoynaksiz qaramaslik kerak. Quyida ko‘zni ultrabinafsha nurlarining zararli taʼsiridan qanday himoya qilish haqida oftalmolog Maryam ...
Yangi qon guruhi rasman eʼlon qilindi — u Yer yuzida faqat bir odamda mavjud Bemor bunday qon turiga ega bo‘lgan yagona maʼlum shaxs bo‘lib, donor sifatida faqat o‘ziga mos keladi Fransiya qon quyish markazi (EFS) 48-qon guruhlari tizimi ochilganini maʼlum qildi. Uning tashuvchisi Parijda yashovchi Karib dengizidagi Gvadelupa orolidan bo‘lgan ayol bo‘lib chiqdi. Yangi qon turi bemorning kelib chiqishiga ko‘ra Gwada negative nomini oldi. Ushbu kashfiyot Xalqaro qon quyish assotsiatsiyasi (ISBT) tomonidan ...
Global isish uyquda nafas olishning to‘xtab qolishini oshirmoqda — tadqiqot ">Avstraliyalik olim 41 ta mamlakatdagi odamlarning uyqu ma’lumotlarini tahlil qilib, natijalarini bo‘lishdi ">Global isish tufayli odamlarda uxlayotgan payt nafas to‘xtab qolishi — ya’ni uyqu apnoesi holatlari tobora ko‘paymoqda. Bu inson salomatligiga jiddiy tahdid soladi. Avstraliyaning Flinders universiteti uyqu bo‘yicha mutaxassisi Bastien Leshat yangi tadqiqotini e’lon qildi. Foto: NYP Olim 41 ta mamlakatdagi 116 mingdan ...
Bel og‘rig‘ining bepul davosi: mutaxassislar oddiy usulni tavsiya qilmoqda Bu usul sportzalga borishni, maxsus uskunalar sotib olishni yoki murabbiy yollashni talab qilmaydi Zamonaviy hayot tarzi inson salomatligida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda . Uzoq vaqt davomida kompyuter qarshisida o‘tirish, jismoniy harakatning kamayishi va passiv turmush tarzi ayniqsa bel va orqa mushaklarida og‘riq paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislar bu holatni “sivilizatsiya kasalliklari” qatoriga kiritadi. ...
“Miya issiqni yomon ko‘radi” — neyropsixolog olim Miya sovuqni yaxshi ko‘radi, bel esa issiqni. Garchi bu xalq maqoli bo‘lsa-da, tibbiy ahamiyatga ega Miya sovuqni yaxshi ko‘radi, bel esa issiqni. Garchi bu xalq maqoli bo‘lsa-da, tibbiy ahamiyatga ega. Bu haqda neyropsixolog olim Zarifboy Ibodullayev “Daryo”ga maʼlum qildi. Zarifboy Ibodullayev Foto: “Daryo” Olimning tushuntirishicha, issiq kunlarda inson iloji boricha soya-salqinda yurishi va suyuqlik ko‘p ichishi lozim. Buni ko‘pchiligimiz bilamiz, lekin ...
Buyuk Britaniyada o‘limga yordamlashish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullandi Loyiha evtanaziyadan farqli ravishda, o‘lim to‘shagida yotgan bemorlarga o‘z hayotini tugatish huquqini beradi Buyuk Britaniya parlamenti o‘lim to‘shagidagi bemorlarning azobini yengillatish maqsadida ularga hayotini tugatish huquqini beruvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi. Foto: Life and Death Loyiha 20-iyun kuni Jamoalar palatasida 314-291 ovoz bilan qabul qilingan. Endi Britaniyaning ...
Dunyoning eng badavlat modeli Kendall Jenner sarvqomat bo‘lish uchun qanday nonushta qiladi? Kendall ajoyib antioksidant hisoblanuvchi va tarkibida C, xrom, magniy, selen va rux vitaminlari bo‘lgan matcha yashil choyini afzal ko‘radi Diyetolog Kendallning mukammal qomati sirini ochdi. Monika Partening aytishicha, Kendall Jennerning standart nonushtasi atigi 200 kaloriyaga ega. Mashhur modelning ertalabki taomlaridan biri asosan rezavor mevalardan iborat. Foto: Instagram U nonushtaga yangi malina, qulupnay ...
Endokrinolog B guruhi vitaminlari onkologiya xavfini oshirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi Shifokorlar o‘z-o‘zini davolash bilan shug‘ullanmaslikni maslahat beradi. Hatto vitaminlarni ham mutaxassis tayinlashi lozim Vitaminlar foydali, ammo ularni meʼyoridan oshirmaslik kerak. Biologik qo‘shimchalarni nazoratisiz qabul qilish organizmga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa B guruhi vitaminlarini shifokor tavsiyasisiz dori sifatida qabul qilish juda xavfli. Oxu.Az saytining xabar berishicha, bu haqda ...
Diyetolog yurak uchun foydali top-7 yozgi meva va sabzavotlarni sanab o‘tdi Ularni ratsionga kiritish orqali siz nafaqat yuragingizni mustahkamlaysiz, balki yoz jaziramasiga bardosh berishingiz ham osonlashadi Yozgi meva va sabzavotlar nafaqat issiqda tetiklashtiradi, balki yurak salomatligini saqlashga ham yordam beradi. Konnektikut universiteti diyetologi va o‘qituvchisi Sherri Grey qaysi mavsumiy mahsulotlar yurak-qon tomir tizimi uchun ayniqsa foydali ekanligini aytib berdi. Foto: Championat.com Agar ...
Ijtimoiy tarmoqlar bolalarda depressiyani keltirib chiqarishi mumkin — tadqiqot Tajribada 9 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 12 mingga yaqin bola ishtirok etdi San Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari ijtimoiy tarmoqlar bolalar va o‘smirlarda depressiya alomatlarini kuchaytirishini tasdiqladi. JAMA Network Openʼda chop etilgan tadqiqot, shuni ko‘rsatdiki, bolalar ijtimoiy tarmoqlarda qancha ko‘p vaqt o‘tkazsa, ularda depressiya belgilari shunchalik kuchli namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, teskari ...
Shifokor surunkali stress asab tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi Surunkali stress — bu shunchaki haddan tashqari charchash yoki qisqa muddatli xavotir hissi emas, balki uzoq muddatli tashqi omillar taʼsirida barqaror ichki zo‘riqish holatidir Stress — zamonamizning asosiy muammosi va bu bejiz emas, chunki biz doimiy poyga sharoitida yashayapmiz, bular esa axborot shovqini, xavotirli yangiliklar va keskin munosabatlar tana resurslarini asta-sekin kamaytirmoqda. Surunkali stress fonida ...
Xitoyda avj olgan koronavirusning yangi turi AQSHga yetib keldi Nimbus deb atalgan yangi turga mavjud vaksinalar ta’sir qilish-qilmasligi ochiqlandi Dunyoning ko‘plab nuqtalarida koronavirusning yangi turi tarqalmoqda. Xitoy va Osiyoning boshqa bir qator mamlakatlarida COVID-19 ning qayta avj olishiga yangi NB.1.8.1 varianti sabab bo‘lgani aniqlangan. Bu haqda CNN xabar berdi. Foto: The Irish Independent Yevropadagi ekspertlar kasallanish holatlari ko‘payishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Qo‘shma ...
Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi Inson peshob rangini doim kuzatib borishi va bunga eʼtiborsiz bo‘lmasligi kerak Inson siydik rangini doim kuzatib borishi va bunga eʼtiborsiz bo‘lmasligi kerak. Chunki siydikdagi o‘zgarishlar juda og‘ir kasallikdan dalolat beradi. Bu haqda urolog Jamshid Narziqulov “Daryo”ga tushuntirish berdi. Jamshid Narziqulov Foto: “Daryo” Siydik rangi to‘k sariq bo‘lsa Siz kam suyuqlik isteʼmol qilyapsiz. Bu holatda organizmda suvsizlanish ...
Quyoshga allergiya nima va uni kuygan teridan qanday ajratish mumkin? Kimdadir alomatlar yengil kechsa, boshqalar umuman quyoshda yura olmaydi Quyosh allergiyasi keng tushuncha bo‘lib, bir nechta tashxislarni o‘z ichiga oladi. Ularning umumiy belgisi teridagi qichishish va toshmadir. Quyoshda kuyishdan (terining ultrabinafsha nurlari ta’sirida shikastlanishi) farqli o‘laroq allergiya immunitet tizimining ultrabinafsha nurlariga nisbatan reaksiyasidir. Kimdadir alomatlar yengil kechsa, boshqalar umuman ...
Hech nima qilmasdan metabolizmni tezlashtirish va ozish sirlari Bunday usullar har qanday yoshdagi ayol va erkaklarga birdek mos keladi Moddalar almashinuvi — organizmdagi barcha hayotiy jarayonlarning asosi . Aynan shu jarayon tez yoki sekin bo‘lishi tanamiz qanday ishlashini, qanday ovqat hazm qilishimizni va qanday semirishimizni belgilaydi. Yoshi ulg‘aygan sayin metabolizm sekinlashadi, bu esa ortiqcha vazn muammosini keltirib chiqaradi. Ammo yaxshi yangilik shundaki, kundalik hayotimizga ayrim foydali ...
Uyqudan avval smartfonga qaramay yotishni qanday o‘rganish mumkin? Ushbu zararli odatdan xalos bo‘lish uchun bir nechta oddiy layfxaklarni keltiramiz Ko‘pchiligimiz uyquga ketishdan oldin telefonga termulib qolamiz, hatto tunda uyg‘onib, hech qanday zarurat bo‘lmasa ham ijtimoiy tarmoqlarni tekshiramiz . Quyida bunday holatlar nimaga olib kelishi mumkinligi va qanday qilib uxlash oldidan gadjetlardan voz kechishni o‘rganish haqida ma’lumot beramiz. Foto: Lifehacker.ru Nega uxlashdan avval telefonni chetga ...
Rossiyada aql tishini oldirgan erkak vafot etdi Erkak tishini oldirganidan so‘ng komaga tushgan Rossiyada erkak tishini oldirganidan so‘ng vafot etgani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Tergov qo‘mitasining mintaqaviy tergov boshqarmasi xabar berdi. Illyustrativ foto: “Ortodon Kompleks” Ma’lum qilinishicha, Perm shahrida yashovchi 35 yoshli Yevgeniy Kunavin kuchli tish og‘rig‘i bilan stomatologga murojaat qilgan. Shifokor aql tishini olib tashlagan, ammo operatsiyadan keyin bemorda asoratlar ...
Erkaklar o‘qisin: Qorin chiqishining oddiy, ammo kutilmagan 4 ta sababi Erkaklarda o‘zlashtirilgan yog‘larning taxminan 21 foizi qorin bo‘shlig‘ida saqlanadi, ayollarda esa atigi 5 foizi, qolgani esa teri osti zaxiralariga o‘tadi ">Agar sevimli shimingiz to‘satdan tor kelib qolib, bel aylanasi sog‘liq uchun xavfli chegaraga yaqinlashayotganini his qilsangiz, qorin nima sababdan kattalashayotganini aniqlash kerak. Quyida bel o‘lchamlari ortishiga sabab bo‘ladigan oltita holatni sanab o‘tamiz va bu jarayonni ...
Yuz terisi qizarib qolganida qo‘l keladigan layfxaklar Yuz teringizni nima bezovta qilayotganini erta aniqlasangiz, qizarishni yo‘qotish ancha oson bo‘ladi Ba’zida yuzingiz shunchalik qizaradiki, go‘yo hozirgina marafonda yugurib kelgandek his qilasiz. Aslida esa faqatgina qahva ichgansiz yoki biroz asabiylashgansiz, xolos. Bunday qizarish kutilmaganda yuzaga keladi va kayfiyatni jiddiy buzishi mumkin. Maqolada bunday holatdan tezda chiqib ketish yo‘llarni va qachon shifokorga murojaat qilish kerakligini ...
Nega baʼzan xonaga nima maqsadda kirganimizni unutib qo‘yamiz? Buning sababi “eshik taʼsiri” deb ataluvchi hodisada yashiringan. Uning mohiyati shundaki, bir xonadan boshqasiga o‘tishning o‘ziyoq miyamizdagi joriy vazifani “o‘chirib tashlashi” mumkin Siz bilan, shubhasiz, bunday holat yuz bergan: aniq bir maqsad bilan qo‘shni xonaga kirasiz-u, birdan xona o‘rtasida turib qolganingizni va nima uchun kirganingizni eslay olmaganingizni payqaysiz. Bunday unutuvchanlikning sababi nimada — tasodifmi yoki ...
`