• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    2022-yil fevralda Rossiya armiyasi Ukrainaga bostirib kirgach, NATOga a’zo davlatlar darhol bu bosqinga qarshi zarur choralar ko‘rish masalasida kelishib oldi. Biroq 2024-yil kuzda Donald Tramp AQSH prezidentligiga qayta saylangach, Ukrainaga yordam berishni to‘xtatishini ma’lum qildi va amalda shunday bo‘ldi. Tahlilchilar hozir Tramp tufayli AQSH va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik eng past darajaga tushganini ta’kidlashmoqda. Biroq bu vaqtinchalik bo‘lishi va vaziyat Trampdan keyingi prezident davrida yana o‘z o‘rniga tushishi mumkin.

     
    NATOga a’zo davlatlar bayrog‘i
    Foto: kprf.ru

    1945-yil may oyida fashistlar Germaniyasi so‘zsiz taslim bo‘lgach, 17-iyuldan 2-avgustgacha Podstam shahrida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Shu joyda SSSR rahbari Iosif Stalin Moskva sovet harbiylari ozod qilgan hududlarni o‘z ta’sir doirasida saqlab qolishini ma’lum qiladi.

    O‘shanda Britaniya bosh vaziri Cherchill va AQSH prezidenti Harri Trumen Stalindan hech bo‘lmaganda polyaklarni “o‘z holiga qo‘yish” va Londonda quvg‘inda bo‘lgan Polsha hukumatini Varshavaga qaytarishga ruxsat so‘rashadi. Biroq SSSR rahbari bu taklifni rad etadi.

    Shundan so‘ng AQSH nafaqat Germaniya balki G‘arbiy Yevropadagi aksariyat davlatlarda o‘z harbiy kontingentini joylashtirish masalasini ko‘rib chiqadi va ko‘p o‘tmay bu ish amalga oshiriladi.

    Shu tariqa Yevropa ikkiga bo‘linadi. “Ko‘hna qit’a”ning sharqiy qismida joylashgan qariyb barcha davlatlar SSSR ta’sir doirasiga tushadi va sovetlar ularda sotsialistik tuzum o‘rnatadi.

    Qit’aning g‘arbiy qismidagi davlatlar esa kapitalistik yo‘ldan ketishadi va ularga AQSH harbiy bazalari joylashtiriladi.

    Yaponiya taslim bo‘lganidan keyin o‘zini urushning asosiy g‘olibi deb ataydigan SSSR va G‘arb dunyosi lideri AQSH yangi hududlarni o‘z ta’sir doirasiga olish uchun keskin raqobat boshlaydi.

    Har ikki tomon eng avval Xitoyni o‘z ta’sir doirasiga olishga urinib ko‘radi. Bu raqobatda SSSR yutib chiqadi va sovetlardan harbiy yordam olgan Mao Szedun boshchiligidagi Xitoy kommunistlari g‘alaba qozonadi. Xitoyning rasmiy hukmdori Chan Kayshi o‘z tarafdorlari bilan Tayvan oroliga qochib ketishga majbur bo‘ladi.

    Keyin navbat Koreya yarimoroliga keladi. Bu yerda 1950-1953-yillar mobaynida fuqarolar urushi bo‘lib o‘tadi va oxir-oqibat yarimorol ikkiga bo‘linadi. Shimolda sovetlar ta’siri ostida bo‘lgan Koreya xalq demokratik respublikasi, janubda Amerikaning “etagini tutgan” Koreya respublikasi tashkil etiladi.

    Ana shunday sharoitda Yevropadagi qator mamlakatlar AQSH himoyasida yashashni qonuniylashtirib qo‘yish maqsadida harbiy blok tuzishga qaror qilishadi.

    NATOning tashkil topishi

    1948-yil martda Belgiya, Britaniya, Lyuksemburg, Niderlandiya va Fransiya “G‘arbiy Yevropa ittifoqi” nomlangan harbiy blog haqidagi kelishuvni imzolaydi. Ko‘p o‘tmay bu ittifoqqa AQSH va Kanada ham qo‘shilish xohishini bildiradi. Ko‘p o‘tmay ittifoq G‘arbiy Yevropadagi boshqa davlatlarda ham qiziqish uyg‘otadi.

    Oradan bir yil o‘tgach, 1949-yil 4-aprel kuni Yevropaning o‘nta, Shimoliy Amerikaning ikkita davlatidan kelgan vakillar kollektiv xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiy blok shartnomasini imzolashadi.

    Yevropadan Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Fransiya, Shimoliy Amerikadan AQSH va Kanada tomonidan tashkil etilgan bu blokga NATO (North Atlantic Treaty Organization) – Shimoliy Atlantika harbiy tashkiloti deb nom beriladi.

    NATOni tuzgan ilk 12 ta davlat ko‘k rangda ko‘rsatilgan

    NATOning 14ta bo‘limdan iborat nizomi bor. Nizomda 6-bo‘lim eng muhim hisoblanib, unda “Tashkilotga a’zo davlatlardan biriga hujum qilinsa, bu holat tashkilotning boshqa a’zolariga ham agressiya qilingan deb baholanadi va javob choralari ko‘riladi”, deb yozilgan.

    NATO asosan SSSR agressiyasiga qarshi tuzilgan. Tashkilot bosh kotiblari yoki G‘arb davlatlari buni hech qachon sir tutishmagan va bu haqda ochiq gapirib kelishgan.

    Jumladan, 2009-2014-yillarda NATO bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritgan daniyalik siyosatchi Anders Fog Rasmussen alyans SSSRning Yevropaga ehtimoliy tajovuzlari oldini olish uchun tashkil etilgani haqida gapirib, shunday degandi:

    “NATO dunyodagi vaziyat ancha xavfli bo‘lib turgan paytda tuzilgan edi. SSSRning Yevropaga ta’siri kuchayib borar ekan, o‘shanda o‘n ikkita davlat nafaqat xavfsizlik uchun, balki insoniyat uchun eng asosiy qadriyatlar – erkinlik, demokratiya, inson huquqlari kafolatlari, qonun ustuvorligini himoya qilish uchun birlashdi”.

    NATO shtab-kvartirasi Belgiya poytaxti Bryussel shahrida joylashgan. Tashkilotning o‘nlab bo‘limlari bo‘lib, uni asosan bosh kotib boshqaradi.

    2024-yil ma’lumotlariga ko‘ra NATOga a’zo davlatlarda jami 3 mln 368 ming nafar harbiy xizmatchi bor. Tashkilotning eng qudratli davlati AQSH hisoblanadi va bu davlat armiyasi tarkibida qariyb 1,5 mln nafar harbiy xizmatchi bor. Shuningdek, AQSH armiyasi eng zamonaviy qurollar, harbiy samolyotlar va kemalarga ega.

    NATOdagi eng yirik armiyaga ega ikkinchi davlat – bu Turkiya. Bu davlatda 350 mingdan oshiq harbiy xizmatchi bor. Polsha va Fransiyada – 200 ming, Britaniya – 185 ming, Germaniya – 181 ming harbiy xizmatchi bor.

    Tashkilotga a’zo davlatlar orasida eng kam harbiy xizmatchi Lyuksemburgda – 1 000 kishi. Islandiyada esa harbiy xizmatchi umuman yo‘q.

    Bryusseldagi NATO bosh qarorgohi

    NATOning kengayishi

    Tarkibida dastlab o‘n ikki davlat bo‘lgan NATOga 1952-yil 18-fevralda Gretsiya va Turkiya a’zo bo‘lib kiradi. Gretsiyaning tashkilotga a’zo bo‘lishi “Turkiyadan bo‘layotgan xavf” tufayli edi. Turkiya esa SSSR tomonidan uyushtirilayotgan bosimlarga javoban NATOga a’zo bo‘ladi.

    1955-yil may oyida Germaniya NATO a’zosiga aylanadi. Urushdan keyin hozirgi Germaniya ikkiga bo‘lingan, uning sharqiy qismida sovetlar ta’siri ostida bo‘lgan Germaniya demokratik respublikasi, g‘arbiy qismida Germaniya federativ respublikasi tashkil etilgandi.

    O‘sha paytlarda hatto Berlinni ham ikkiga bo‘lib olgan sovetlar GDRda juda katta armiyaga ega edi va GFRga doimiy ravishda bosim o‘tkazardi. Natijada GFR Shimoliy Atlantika harbiy blogiga qo‘shilishga majbur bo‘ladi. 1982-yil 30-mayda Ispaniya NATOga a’zo bo‘ladi va shu tariqa tashkilot a’zolari soni 16 taga yetadi.

    1991-yilda SSSR tarqab ketgach, Sharqiy Yevropadagi davlatlar zo‘ravonlik ustiga qurilgan sotsialistik tuzumdan voz kechib, G‘arbga yuzlanishadi. So‘ng birin-ketin NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshira boshlashadi.

    Tashkilot endi o‘ziga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan davlatlarga bir qator shartlar qo‘ya boshlaydi va ularni bajarganlarni navbati bilan o‘z safiga qo‘shadi.

    Jumladan, 1999-yil 12-martda Vengriya, Polsha, Chexiya, 2004-yilda Bolgariya, Latviya, Litva, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Estoniya NATOga qo‘shiladi.

    Oradan o‘n yil o‘tgach, 2009-yil 1-aprelda Albaniya va Xorvatiya 2017-yil 5-iyunda Chernogoriya, 2020-yil 27-mart kuni Shimoliy Makedoniya tashkilot safiga qo‘shiladi. Shu tariqa dastlab 12 ta davlat ishtirokida tuzilgan alyans a’zolari soni 30 taga yetadi.

    Yuqoridagi davlatlar orasida Makedoniyaning NATOga qo‘shilishi biroz murakkab kechadi. Buning o‘ziga xos sabablari bor edi.

    Tashkilotga a’zo bo‘lishning muhim shartlaridan biri unga a’zo davlatlarning barchasidan alohida rozilik olish hisoblanadi. Makedoniya 2008-yilgacha ariza topshirib bo‘lgan va aksariyat davlatlar roziligini olgandi. Biroq 2008-yil Buxarestda o‘tkazilgan sammitda qo‘shni Gretsiya Makedoniyaning NATO a’zosi bo‘lishiga qarshi chiqadi va bir nechta shart qo‘yadi.

    Ana shu shartlardan eng asosiysi – greklar Makedoniyadan o‘z rasmiy nomini o‘zgartirishni talab qilishadi. Ular Makedoniya nomi tarixan greklarga tegishli ekanini va mamlakat shimolidagi viloyatlar Makedoniya deb nomlanishini aytishadi.

    Uzoq yillar davom etgan bahslardan so‘ng, Makedoniya o‘z nomini Shimoliy Makedoniya deb o‘zgartiradi va shundan so‘ng Gretsiya bu davlatning NATOga a’zo bo‘lishiga rozi bo‘ladi. Oxir-oqibat 2020-yil 27-mart kuni Shimoliy Makedoniya tashkilot safiga qabul qilinadi.

    So‘ngi kengayish

    2022-yil 24-fevral kuni Rossiya armiyasi Ukrainaga bostirib kirdi va qisqa vaqtda qo‘shni davlatning ancha hududini bosib oldi.

    Rossiyaning Ukrainaga bosqini davom etar ekan, u bilan chegaradosh bo‘lgan Finlyandiyada xavfsizlik masalasi asosiy o‘ringa chiqadi.

    Shuningdek, Skandinaviyada joylashgan va uzoq yillar davomida betaraf davlatlardan biri hisoblanib kelgan Shvetsiya ham tashqi siyosatini o‘zgartiradi.

    Har ikki davlat o‘z xavfsizligi uchun NATOga a’zo bo‘lishga qaror qiladi va tashkilotga ariza bilan murojaat qiladi.

    A’zo davlatlarning roziligini olish Finlyandiya uchun osonroq kechadi va 2023-yilda bu davlat Shimoliy Atlantika blogiga qo‘shiladi.

    Shvetsiyaning arizasini Turkiya bir muddat qanoatlantirmay turadi va shvedlar oldiga bir qator shartlar qo‘yadi. Oxir-oqibat shvedlar Turkiyaning shartlariga rozi bo‘ladi va 2024-yilda tashkilot a’zosiga aylanadi. Shu tariqa NATO a’zolari soni 32 taga yetadi.

    NATOning boshqa davlatlar bilan hamkorligi

    Bugun NATO dunyoning eng qudratli harbiy tashkiloti sifatida ko‘plab davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Jumladan, tashkilot 1994-yildan boshlab dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi asosida o‘zaro muloqot olib bormoqda.

    Bu dastur bo‘yicha hamkorlik qilinadigan davlatlar bir necha guruhga bo‘linadi. Masalan, Bosniya va Gersogovina “A’zolik uchun harakat” guruhiga kirsa, Ukraina va Gruziya “O‘zaro muloqotni jadallashtirish” doirasida hamkorlik qiladi.

    Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Moldaviya va Serbiya bilan “Yakka tartibdagi hamkorlik” rejasi bo‘yicha hamkorlik qilinadi.

    “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” yo‘nalishidagi umumiy guruhda esa Avstriya, Belarus, Irlandiya, Qirg‘iziston, Malta, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Shveysariya davlatlari bilan hamkorlik qilinadi.

    O‘zbekiston va NATO o‘rtasida “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” bitimi 1994-yil 13-iyulda imzolangan. O‘shandan buyon O‘zbekiston ham NATO bilan o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda. Biroq so‘nggi yillarda bu hamkorlik juda passiv ko‘rinishga kelib qoldi.

    Islom Karimov va NATO bosh kotibi Anders Fog Rasmussen
     

    Yangi nomzodlar

    Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan avval yana uch davlat – Bosniya va Gersogovina, Ukraina hamda Gruziya NATOga a’zo bo‘lish uchun murojaat qilgandi.

    Biroq bu uch davlatning tashkilotga a’zo bo‘lishi yaqin yillarda amalga oshmasa kerak. Sabablari qo‘yidagilar:

    Bosniya. Bu davlat Bosniya va Gersogovina federatsiyasi, Serb respublikasi va Brchko okrugidan iborat. Mamlakatning nasroniy serblar yashovchi qismi bo‘lgan Serb respublikasi Bosniyaning NATOga qo‘shilishini xohlamaydi. Shu sababli bu davlatning tashkilotga a’zo bo‘lishi hozircha so‘roq ostida.

    Gruziya. Bu davlatga tegishli bo‘lgan Abxaziya va Janubiy Osetiya 1990-yillar boshlarida o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan. O‘shandan buyon bu ikki respublika rasmiy Tbilisi nazoratida emas. Ana shu omil Gruziyaning NATOga qo‘shilishiga aks ta’sir ko‘rsatadi.

    Agar kelajakda Gruziya Abxaziya va Janubiy Osetiyaga nisbatan da’volaridan kechsa, balki NATOga qo‘shilishi oson kechar. Biroq gruzinlar ikkita “o‘zboshimcha” respublikadan voz kechmoqchi emas. Demak, hozircha Gruziyaning NATOga a’zo bo‘lishi bo‘lishi imkonsiz.

    Ukraina. 2014-yilda Yanukovich Yevropa Ittifoqi bilan Ukraina o‘rtasidagi interatsiya haqidagi shartnomani imzolashdan bosh tortdi. Natijada ukrainlar uni ag‘darib tashlashdi va Yanukovich Moskvaga qochdi.

    Shundan so‘ng Rossiya Ukraina sharqida qurolli mojaro keltirib chiqardi va rus ayirmachilarini har tomonlama qo‘llab, Donetsk va Luganskni alohida bo‘lishiga yordamlashdi. Kamiga soxta referendum o‘tkazib, Qrimni bosib oldi.

    Bunday holatda Ukraina ichki muammolarni bartaraf qilmasdan, NATOga qo‘shila olmasdi. Kamiga 2022-yil 24-fevral kuni Rossiya armiyasi Ukrainaga bostirib kirdi va keng ko‘lamli urush boshlandi. Oqibatda Ukrainaning muammolari ko‘paydi va bu davlat yaqin yillarda NATOga qo‘shila olmasa kerak.

    NATOning kengayishiga SSSR va Rossiyaning munosabati

    Yuqorida yozdik, NATO tashkil etilganidan so‘ng 1991-yil SSSR parchalanib ketgancha tashkilotga bor-yo‘g‘i uch davlat qo‘shilgan va ulardan faqat bir nafari – Turkiya sovetlar bilan chegaradosh bo‘lgan.

    Shunday bo‘lsa ham SSSR tashkil etilgan kunidan boshlab NATOni o‘ziga jiddiy xavf deb bilgan va bunga qarshi chora ko‘rishga kirishgan.

    Jumladan, 1955-yil 14-may kuni sovetlar o‘z qo‘l ostidagi “sotsialistik lager”ga kiruvchi davlatlar: Albaniya, Bolgariya, Vengriya, GDR, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya bilan birgalikda harbiy ittifoq tuzadi. Bu ittifoq “Varshava shartnomasi tashkiloti” deb nomlanadi.

     
    SSSR tuzgan harbiy blokka aʼzo davlatlar

    “Varshava shartnomasi tashkiloti” tuzilgandan so‘ng SSSR unga a’zo davlatlardagi harbiy kontingenti sonini sezilarli oshiradi. Tashkilot 36 yil faoliyat olib boradi va SSSR parchalanishidan biroz avval, 1991-yil 1-iyul kuni tarqatib yuboriladi.

    SSSR parchalangach, Sharqiy Yevropa davlatlarining NATOga qo‘shilishi Rossiyaga uchun jiddiy signal edi. Biroq G‘arbning yetakchi davlatlari rahbarlari Rossiya rahbari Yelsinni xavotirga o‘rin yo‘qligini, NATO hech qachon Rossiyaga hujum qilmasligini ta’kidlab kelishgan.

    Rossiya “taxti”ga Vladimir Putin kelgach vaziyat o‘zgara boshlaydi. Ayniqsa, 2008-yil 8-avgust kuni Rossiya “o‘z fuqarolarini himoya qilish maqsadida” Gruziyaga bostirib kirgach keskinlik ortadi.

    Biroq o‘shanda na NATO va na G‘arbning qaysidir davlati Gruziyaga yordam berishga botina olmaydi. Oqibatda Rossiya Gruziya shaharlarini bombalaydi, quruqlikdagi qo‘shinlar poytaxt Tbilisiga qarab harakatlanadi.

    Rossiya armiyasi Tbilisiga yaqinlashib qolganda Gruziya prezidenti Mixail Sakashvili Gruziya taslim bo‘lgani haqidagi hujjatga imzo chekishga majbur bo‘ladi.

    Oradan olti yil o‘tgach, Rossiya Ukraina sharqiga bostirib kiradi va Donetsk hamda Luganskni, so‘ng Qrimni Ukrainadan tortib oladi. NATO bu mojaroga ham aralashmaydi.

    O‘shanda 2014-yil 25-dekabrda Vladimir Putin yangi harbiy doktrinani tasdiqlaydi va unga ko‘ra NATOning Rossiya chegaralari tomon kengayib kelishi mamlakat uchun jiddiy xavf deb hisoblanishi qayd etiladi. Bu NATO va Rossiya munosabatlarining yanada sovuqlashishiga olib keladi.

    2016-yilda NATO va Rossiya munosabatlari biroz izga tushadi. Tomonlar o‘zaro muloqotni qayta tiklaydi. Biroq 2018-yilda munosabatlar yana taranglashadi. Oqibatda Rossiya o‘zining NATOdagi vakilini Moskvaga chaqirib oladi.

    2022-yil 24-fevral kuni Rossiya armiyasi Ukrainaga bostirib kirgach, NATO va rasmiy Moskva munosabatlari batamom izdan chiqadi. To‘g‘ri, NATO Ukrainaga qo‘shin yubormaydi. Lekin unga a’zo davlatlar ukrainlarga individual tarzda yordam bermoqda va Ukrainaga qurol-yarog‘ jo‘natmoqda.

    Rossiya har doim NATOning sharqqa kengayishi tufayli o‘z xavotirlarini bildirgan. Ukrainaga bosqinni ham bu davlatning NATOga a’zo bo‘lishining oldini olish uchun boshlaganini aytadi.

    Biroq ruslarning bu ishi teskari effekt berdi va Rossiya bilan juda katta hududda chegaraga ega bo‘lgan Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga olib keldi.

    Kelajakda nima bo‘lishini aytish qiyin, biroq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi dunyodagi tartibni buzib yubordi. Bugun NATO Rossiyani janubda va shimolda to‘liq o‘rab turgan bo‘lsa, kelajakda Yevropa tomondan butunlay o‘rab olish ehtimoli ham bor. Buni vaqt ko‘rsatadi.

    Tramp NATOda qisqartirish qilmoqchi

    Ma’lumki, NATO harbiylarining, harbiy texnikalarining va moliyaviy manbalarining asosiy qismi AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi. Biroq 2024-yil kuzda AQSHda o‘tkazilgan saylovda Donald Tramp g‘alaba qozongach, vaziyat o‘zgarmoqda.

    2025-yil 20-yanvar kuni Tramp AQSH prezidenti vazifasiga kirishgach, tashqi siyosatda ko‘plab o‘zgarishlarni amalga oshirishini ma’lum qildi.

    Jumladan, u AQSHning Yevropada joylashgan harbiy kontingenti sonini keskin qisqartirishini va bundan buyog‘iga Amerika “Ko‘hna qit’a” xavfsizligiga e’tibor qarata olmasligini ma’lum qildi.

    Yana u NATOga a’zo davlatlardan tashkilot xarajatlarini moliyalashtirish uchun YAIM hajmining 5 foizigacha mablag‘ ajratishlarini talab qildi. Hozirda bu ko‘rsatkich 1-2 foizni tashkil etadi.

    AQSH prezidentining bu gaplari Yevropa davlatlarida xavotirlar keltirib chiqardi. Shundan so‘ng NATO alyans mudofaasi uchun Germaniyadan yettita brigada, taxminan 40 min askar taqdim etishni so‘radi.

    Tramp NATO sammitida

    Ma’lumot uchun, NATOda hozir brigadalar soni 80 ta, tashkilot kelajakda ularning sonini 120-130 tagacha oshirishni rejalashtirmoqda. Biroq AQSH Yevropadagi qo‘shinlari sonini keskin kamaytirsa, bu oson bo‘lmaydi.

    Bu orada Tramp Rossiyani NATO va Yevropa ittifoqi uchun tahdid deb hisoblashdan bosh tortdi. AQSH yetakchisining bu qarashi Rossiyani Yevropa va NATO uchun tahdid sifatida ko‘radigan G‘arb yetakchilari uchun kutilmagan ish bo‘ldi.

    Trampning NATO va uni moliyalashtirish haqidagi gaplaridan so‘ng Yevropa davlatlari kelajakda agar AQSH NATOni moliyalashtirishni kamaytirsa bunga tayyor turish va tashkilotni umumyevropa miqyosida moliyalashtirishni muhokama qilmoqda.

    Umuman olganda Donald Tramp AQSH prezidentiga aylangach NATOdagi birdamlik putur yetganday tuyulyapti. To‘g‘ri, Trampdan boshqalarning fikri hozircha bir joydan chiqib turibdi. Biroq tashkilotni asosan Amerika moliyalashtirib kelayotgani inobatga olinsa, bundan buyog‘iga NATOni avvalgi holatida ushlab turish oson bo‘lmaydi. Balki, Trampdan keyin keladigan prezident barchasini yana o‘z o‘rniga qo‘yar. Buni vaqt ko‘rsatadi.

    G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi

    26 iyun, 20:31   Izoh (0)   1065
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #NATO#AQSH#Yevropa#harbiy tashkilot#Ukraina#SSSR

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 13 yoshli bola 3 yashar ukasini sho‘xligi uchun OLX’da sotuvga qo‘ydi (foto)

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:45

    Toshkentda uyida 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlayotgan fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 26-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:01

    Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:45

    Markaziy Afrikada transformator portlashi oqibatida 29 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyun, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev Belarusga yetib bordi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:22

    Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlanishi oqibatida qariyb yarim mlrd so‘m zarar yetkazildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:10

    Superliga. “Andijon” kambek qilib, “Xorazm”ni mag‘lub etdi

    Sport | 26 iyun, 22:10

    Tramp Netanyaxuga qarshi ishni darhol to‘xtatishni talab qildi

    Dunyo | 26 iyun, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.