Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 84,40 so‘mga pastlab, 12 591,71 so‘m bo‘ldi;
- yevro 153,86 so‘mga tushib, 14 821,70 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,38 so‘mga pastlab, 160,18 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi besh kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 12 676,11 so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursi so‘nggi marta 20-iyunda 12 600 so‘mdan pastlagandi.
17-iyundan boshlab dollar kursi ketma-ket bir necha kun pastlab borgandi. 24-iyunda ushbu valyuta rasmiy kursi 12 410,99 so‘mni tashkil etdi. Ayrim iqtisodchilar dollarning bunday keskin pastlaganini valyuta mustahkamlanishi emas, dollar global miqyosda qadrsizlanishi ekanini aytdi. Jumladan, Yuliy Yusupov bu holatni so‘m mustahkamlanishi sifatida baholash noto‘g‘ri ekanini, chunki bunda so‘m qadri ortmayotgani, balki dollarning xalqaro miqyosda zaiflashuvi kuzatilayotganini bildirdi.
Izoh (0)