• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar Salomatlik

    Bir qarashda zararsiz ko‘rinsa-da, ammo sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan kundalik buyumlar

    Kundalik hayotda ishlatiladigan narsalardan foydalanayotganimizda, ular qanday xavf tug‘dirishi mumkinligini o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Ba’zida ular jiddiy sog‘liq muammolarini keltirib chiqarishi va ahvolimizni yomonlashtirishi mumkin.

    Plastik idishlar

    Ko‘pchilik ovqat, ayniqsa maktab tushliklari uchun plastik idishlardan foydalanadi. Ammo bu bolalarga ham, kattalarga ham zararli bo‘lishi mumkin. Plastik idishlardagi ovqatni iste’mol qilish ichki a’zolar faoliyatining buzilishi va ayrim kasalliklarning rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

    Qizdirilganda plastmassa mayda zararli zarrachalar ajratib chiqaradi, ular ovqatga, so‘ngra esa tanaga o‘tadi. Bu gormonlar ishlab chiqarilishining buzilishiga, o‘rganish qobiliyatining pasayishiga, xotira zaiflashishiga, shuningdek, miya, yurak, jigar, o‘pka va buyraklarning jiddiy shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, organizmda mikroplastika mavjudligi yurak xurujlari va insult xavfini 50 foizgacha oshiradi.

    Sulfatli shampunlar

    Sulfatlar shampunlarda ko‘pik hosil qiluvchi kimyoviy moddalar bor. Biroq ularning tarkibi bosh terisi va sochlarga zarar yetkazishi mumkin. Sulfatlar sochlarni tabiiy yog‘lardan mahrum qiladi, natijada bosh terisi quruqlashadi, ta’sirlanadi va shikastlanadi. Agar teringiz sezgir bo‘lsa, sulfatlar ta’sirida qichish va achishish paydo bo‘lishi mumkin. Bo‘yalgan sochlar uchun ham bu moddalar to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular bo‘yoqning tez yuvilib ketishiga sabab bo‘ladi.

    Quyoshdan himoyalovchi oksibenzonli kremlar

    Quyoshdan himoyalovchi kremlar tarkibidagi oksibenzon bolalar va kattalar terisi uchun zararli. U DNKni shikastlaydigan va teri saratoni xavfini oshiradigan xavfli A turdagi ultrabinafsha nurlaridan samarali himoya qilsa-da, ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, oksibenzonning o‘zi ham organizmga zarar yetkazishi mumkin. Bu modda teriga oson singib, gormonal buzilishlar va ba’zan allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Bolalar uchun bu modda ayniqsa xavfli, chunki ular kimyoviy moddalar ta’siriga ko‘proq ta’sirchan bo‘ladi.

    Soch tekislash vositalari

    Formaldegid soch tekislash vositalarida eng ko‘p uchraydigan faol moddalardan biri. U ayollar salomatligiga zarar yetkazishi mumkinligi aniqlangani bois hatto uni taqiqlash masalasi ham ko‘tarilgan edi. Biroq bunday vositalar tarkibida boshqa xavfli moddalar ham bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, soch tekislash vositalaridan yiliga to‘rt martadan ortiq foydalangan ayollarda bachadon saratoni, ulardan umuman foydalanmaganlarga nisbatan ikki barobar ko‘proq aniqlanmoqda.

    Aspartamli gazlangan ichimliklar

    Gazli ichimliklar tarkibidagi aspartam bolalar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu kaloriyasiz shirinlashtiruvchi bolalarda shirinroq ovqatga bo‘lgan ishtiyoqni qo‘zg‘atadi, bu esa o‘z navbatida tana vazni va umuman sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi mutaxassislar 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun aspartamli ichimliklardan butunlay voz kechishni tavsiya qiladi. Aspartam, shuningdek, mumkin bo‘lgan kanserogen deb ham ataladi, ammo bu mavzu bo‘yicha yakuniy xulosalar chiqarish uchun ko‘proq tadqiqotlar talab etiladi.

    Antibakterial sovun

    Ko‘pincha antibakterial sovunga triklozan qo‘shiladi. Tadqiqotchilar ushbu modda qo‘shilgan sovun ishlab chiqaruvchilardan uning oddiy sovundan ko‘ra samaraliroq ekanligini isbotlashni talab qilishgan, biroq bunday dalillar topilmagan. Muammo shundaki, triklozanli sovundan tez-tez foydalanish natijasida bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi rivojlanishi mumkin, bu esa davolash samaradorligini pasaytiradi.

    Bundan tashqari, antibakterial sovun soxta xavfsizlik hissini uyg‘otishi mumkin, oqibatda odam qo‘llarini yaxshilab yuvmay qo‘yadi. Shuningdek, triklozan qo‘l terisini quritadi va foydali bakteriyalar miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi.

    Sintetik materiallardan tayyorlangan va bo‘yoqlar qo‘shilgan choyshablar

    Tabiiy matolardan tayyorlangan choyshablardan foydalangan ma’qul. Masalan, neftdan olinadigan poliester tarkibida polietilentereftalat mavjud. Poliester teri ta’sirlanish, allergiya, haddan tashqari terlash va hatto erkaklar va ayollarning nasl qoldirish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Poliesterni bo‘yash tabiiy matolarga nisbatan murakkab ish. Bo‘yash jarayonida ko‘pincha dispers bo‘yoqlar, o‘yuvchi natriy va natriy gidrosulfit qo‘llaniladi. Bu moddalar ter kabi suyuqlik bilan aloqaga kirganda zaharli bo‘lishi mumkin, bu esa matoning xavfli mikrozarrachalar ajratib chiqarishiga olib keladi.

    Uchuvchi organik birikmali havo xushbo‘ylagichlar

    Biz odatlanib qolgan havo xushbo‘ylagichlar aslida unchalik zararsiz emas. Ular tarkibida qattiq yoki suyuq moddalardan gaz holida ajralib chiqadigan uchuvchan organik birikmalar (UOB) mavjud. UOB ba’zi tozalash vositalari, yangi mebel yoki gilamlardan ham ajralib chiqishi mumkin. UOB konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan xonada uzoq vaqt bo‘lish sog‘liqqa qisqa va uzoq muddatli salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu ko‘z, burun va tomoq ta’sirlanishi, bosh og‘rig‘i, muvozanatni yo‘qotish, ko‘ngil aynishi, shuningdek, jigar, buyrak yoki markaziy asab tizimining zararlanishiga olib keladi. Ba’zi UOB turlari saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.

    Mutaxassislar havo xushbo‘ylagichlardan foydalanmaslikni maslahat beradilar. Buning o‘rniga, allergenlar va chang miqdorini kamaytirish uchun muntazam ravishda changyutkich bilan tozalash, ventilyatsiya filtrlarini almashtirish va choyshablarni tez-tez yuvish tavsiya etiladi.

    25 iyun, 13:03   Izoh (0)   1127
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #salomatlik#maslahatlar#buyum#sog‘liq#plastik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Siz va farzandingiz uchun xavfli bo‘lgan uydagi narsalar

    22.11.2020, 14:58

    Takror ishlatish mumkin va kerak bo‘lgan bir martalik buyumlar

    29.11.2020, 13:47

    Yillar davomida uyda saqlanib keladigan eng keraksiz 11 ta narsa

    01.06.2022, 16:42

    Pul emas, sog‘liq muhim: pul tejash tavsiya qilinmaydigan buyumlar ro‘yxati

    19.11.2022, 11:56

    Wi-Fi router qurilmasi yaqinida saqlash tavsiya etilmaydigan 10 ta buyum

    11.01.2023, 11:52

    Sunʼiy gullarning ko‘pchilik bilmaydigan 3 xavfi

    14.11.2023, 15:25

    “O‘tirib ishlash Alsgeymer kasalligiga chalinish ehtimolini oshiradi” — olimlar

    13 iyun, 12:55

    Stomatolog ogohlantirdi: tish muammolari ortiqcha vaznni keltirib chiqaradi

    12 iyun, 23:50

    Issiqda muzdek ichimlik ichish tishlardagi plombalar holatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    13 iyun, 18:32

    Ko‘zoynak tanlashda eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan 7 ta jihat

    16 iyun, 10:10

    Insonning o‘zi bo‘lgan haddan ziyod talabchanligi qanday muammolarni keltirib chiqaradi?

    14 iyun, 17:15

    Yuz terisi qizarib qolganida qo‘l keladigan layfxaklar

    16 iyun, 16:55

    Chempionlar odati: salomatlik va ichki xotirjamlik uchun professional sportchilardan tavsiyalar

    16 iyun, 14:40

    Uyqudan avval smartfonga qaramay yotishni qanday o‘rganish mumkin?

    17 iyun, 20:20

    Quyoshga allergiya nima va uni kuygan teridan qanday ajratish mumkin?

    18 iyun, 15:55

    Shifokor surunkali stress asab tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi

    20 iyun, 12:58

    Dunyoning eng badavlat modeli Kendall Jenner sarvqomat bo‘lish uchun qanday nonushta qiladi?

    20 iyun, 18:45

    Ijtimoiy tarmoqlar bolalarda depressiyani keltirib chiqarishi mumkin — tadqiqot

    20 iyun, 13:49

    Diyetolog yurak uchun foydali top-7 yozgi meva va sabzavotlarni sanab o‘tdi

    20 iyun, 14:06

    Endokrinolog B guruhi vitaminlari onkologiya xavfini oshirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

    20 iyun, 16:59

    Buyuk Britaniyada o‘limga yordamlashish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullandi

    21 iyun, 20:20

    “Miya issiqni yomon ko‘radi” — neyropsixolog olim

    23 iyun, 13:12

    Bel og‘rig‘ining bepul davosi: mutaxassislar oddiy usulni tavsiya qilmoqda

    23 iyun, 16:46

    Yangi qon guruhi rasman eʼlon qilindi — u Yer yuzida faqat bir odamda mavjud

    24 iyun, 15:35

    Global isish uyquda nafas olishning to‘xtab qolishini oshirmoqda — tadqiqot

    24 iyun, 13:27

    Nima uchun quyoshga uzoq vaqt qarash mumkin emas?

    24 iyun, 17:55

    Nima uchun choyni shakar bilan ichish kerak?

    24 iyun, 20:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.