• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    “Bolamni chap qo‘lida bo‘g‘ib, pichoq tiqib tashladi”. Toshkentda ro‘y bergan mudhish qotillik ishi sudda ko‘rilmoqda

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida 2024-yilning iyul oyida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir etilgan mudhish qotillik voqeasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

    Sudda aniqlashtirilishicha, 2024-yilning 9-iyul kuni Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan 31 yoshli erkak ushbu manzilda qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayoli bilan nizolashib, uning birinchi turmushidan tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga pichoq bilan tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Bola shifoxonaga yetmay, vafot etgan.
    Foto: “Daryo”

    Sudda so‘z olgan jabrlanuvchi ayol, marhum bolaning onasi N.N. bolasining qotilligida gumonlanayotgan eri bilan qotillik voqeasidan bir kun avval urishib qolib, uyiga ketib qolganini, eri onasiga yalinib ularni uyga qaytarganini aytdi.  

    Men yashamayman deb ketib qolgandim. Keyin u onamga telefon qilib, “bir onalik qiling, oxirgi marta bo‘ldi, endi hech qachon qizingizni xafa qilmayman” deb yolvorib, onamni ko‘ndirgan va bizning uyga qaytib kelishimizga sababchi bo‘lgandi. Yarim kechasi birlarda men uyga qaytib keldim. Ertasi kuni ertalab kir yuvib yurgan paytim bolam balkonda uxlayotgandi. Shu payt zalda orqamga o‘girilganimda u bolamning yoniga kirib, bolamni chap qo‘lida bo‘g‘di. Yugurib borib undan bolamni olgunimcha pichoq tiqib tashladi. Bolamni olishga uringanimda meni ham urdi. Pichoqni olib bolamni ololmaganimdan keyin men ko‘chaga yugurdim. Yugurganimdan keyin u mening orqamdan yugurib, bolani tashladi. Ungacha bolamni uning qo‘lidan olishga kuchim yetmadi. Ko‘chaga chiqib, yordam bering deb baqirdim. Qo‘shnilar baqir-chaqirni eshitgach, 102 ga xabar qilishgan ekan. Keyin bir necha xodimlar kelib, olib ketishdi. Hech qanday urush bo‘lgani yo‘q edi, shunchaki bizlar qaytib kelgandik. Kechiring deb yashay boshlagandim, dedi ayol qotillik voqeasi ro‘y bergan vaqtni yodga olar ekan. 
    Foto: “Daryo”

    Sudya jabrlanuvchi ona ko‘rsatmasidan keyin sudlanuvchiga yuzlanib, jabrlanuvchiga savollaringiz yoki voqea yuzasidan qo‘shimchalaringiz bormi, yuqorida aytilgan ayblovlarga iqrormisiz deya savol berdi. 31 yoshli sudlanuvchi savollari yo‘qligini, unga nisbatan aytilayotgan ayblovlarga iqrorligini bildirdi. 

    Shundan so‘ng sudda yana bir jabrlanuvchi, marhum bolaning haqiqiy otasi ham so‘z oldi va bilganlarini so‘zlab berdi. 

    Bu ayol bilan 2020-yilda tanishganman. Karantin bo‘lib qolgan paytda kvartirada birga yashab yurardik. Ijaraga kvartira olib berganman, o‘zim kelib-ketib yurardim. Shundan so‘ng sha’riy nikoh o‘qitdik va bola tug‘ildi. Bola tug‘ilgandan keyin biroz birga yashab, keyin oramiz ochildi. Munosabatlar yakunlanishiga janjallar sabab bo‘ldi. Lekin bolamning barcha ehtiyojlarini qondirib kelardim. Kasha, pampers — hamma narsasini o‘g‘lim uchun olib berardim. Kvartiraning pulini to‘lardim. Keyin ayrim sabablarga ko‘ra o‘zimda ham moddiy ahvol yaxshi bo‘lmay qoldi. Topayotgan pulim ham kamayib qolgani bois bunga “men endi kvartira pulini to‘lay olmayman. Uyingga borib yashanglar”, dedim. Shundan keyin shu tarzda yashab yurdik. Menga u qiziq bo‘lmay qoldi. Nima qilyapti, qayerda kim bilan yuribdi, umuman qiziqmas edi. Faqat o‘g‘lim qiziq bo‘lgani uchun kelib turardim, deydi marhum bolaning otasi. 

    Ota marhum o‘g‘lining dafn marosimini o‘zi o‘tkazganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo”
    O‘sha voqea bo‘lgan kuni ertalab ishxonaga keldim. Shunda sobiq ayolimning singlisidan menga sms kelgan ekan, ko‘rsam Salih o‘lib qoldi degan. Buning o‘ziga qaytib chiqsam o‘zi ko‘tarmadi. Singlisiga qilsam, singlisi O‘zbekistonda emas, qaysidir chet davlatda ekan. Keyin uning onasi yoki onasining qaysidir jiyani menga telefon qilib aloqaga chiqdi. Men o‘shangacha 102 ga xabar qilib, “bolam qayerda yotibdi, menga aniqlab beringlar”, dedim. Ular menga topib berishdi. Bilsam Yashnobodda morgda ekan. Borib bolamni olib, Uchtepada o‘zimizning mahalladagi qabristonga ko‘mdim, dedi u. 

    Sobiq er ayoli, marhum bolaning onasi ham psixotrop va narkotik moddalar iste’mol qilib kelganini, bolasiga e’tiborsiz bo‘lganini aytdi. Shuningdek, suddan ayolga ham chora ko‘rishni so‘radi.

    Hozir ham ekspertizaga olib borsangiz chiqadi. Men buni bilib yurardim. Tanish-bilishlar aytib berishardi. Buning hech qaysi gapiga ishonish kerak emas. Bir marta bolamni ko‘rishga borganimda bolam uyda bitta o‘zi o‘ynab yurgandi. Uyda hech kim yo‘q, ko‘chaning eshigi ochiq edi. Kirib buning uxlab yotganini ko‘rdim. Kayfdan qotib qolgan. Yuziga urib, tur desam ham turmagan. Keyin bolani olib ketganman. Olib ketganimda 102 ga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘limni olib ketayotganimni, ertaga o‘g‘irlab ketdi deganda o‘zimni himoyalash uchun aytayotganimni bildirganman. Bola menikida yaxshi yashab yurgandi. U yalinib uzr so‘rab, “bolamni ber, yashay olmayman, o‘lib qolaman”, degani uchun, qolaversa uyda qarashga odam bo‘lmagani uchun qaytarib bergandim. Ona bolaga javobgarda, shu sabab bunga ham chora ko‘ring, dedi jabrlanuvchi. 

    Sud 2024-yilning 18-noyabr kuni soat 16:00 ga qadar tanaffus e’lon qildi.

    15.11.2024, 19:22   Izoh (0)   14562
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #sud#sudya#qotillik#bola#Yashnobod

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Angliyada besh o‘smirning qotili vafot etdi. Uni yarim yil davomida dafn etishning imkoni bo‘lmadi

    06.11.2017, 08:01

    Real fojiaga asoslangan shedevr. “Amerika fojiasi” haqida

    05.08.2019, 20:43

    “Erim bir necha kishi tomonidan o‘ldirilgan, ammo prokuratura bir kishini ayblash bilan kifoyalanmoqda”. Eri pichoqlab o‘ldirilgan qashqadaryolik ayol adolat istam...

    28.09.2020, 18:13

    SSSR fuqaroligidan mahrum etilib, surgun qilingan Soljenitsin, Gaagada sudi boshlangan sobiq prezident Miloshevich va muzeydan o‘g‘irlab ketilgan “Qichqiriq”. Kun

    12.02.2023, 09:12

    Nyu-Yorkda terakt sodir etgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soyipov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

    14.03.2023, 12:01

    Germaniyada nohaq ayblanib, 13 yil qamoqda o‘tirgan erkak oqlandi

    08.07.2023, 14:00

    Britaniyada yetti chaqaloqni o‘ldirgan hamshira umrbodga qamaldi 

    21.08.2023, 21:37

    Ramzan Qodirovning tanqidchisi Germaniyadan boshpana oldi

    04.11.2023, 15:36

    AQSHda 71 yoshli erkak 48 yillik qamoqdan so‘ng sud tomonidan oqlandi

    21.12.2023, 11:35

    Niderlandiyada narkomafiya boshlig‘i umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

    28.02.2024, 14:14

    “Bu yerda meni zaharlashyapti” — Navalniyning sobiq advokati marhum siyosatchining xavotiri haqida gapirdi

    13.03.2024, 14:17

    “Daryo” dayjesti: 29-aprelning eng muhim xabarlari

    29.04.2024, 22:25

    Bishimbayevga umrbod qamoq jazosi tayinlanmagani sababi ma’lum qilindi

    14.05.2024, 09:05

    Rossiyalik “qonundagi o‘g‘ri” umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi 

    10.06.2024, 22:35

    Alek Bolduinga qo‘yilgan ehtiyotsizlikdan sodir etilgan qotillik ayblovi olib tashlandi. Aktyor sud zalida yig‘lab yubordi (video)

    14.07.2024, 11:57

    Farg‘onada blogerni sud zalidan chiqarib yuborgan sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

    23.10.2024, 18:54

    Navoiyda nogironligi bor shaxsga qamoq jazosi berilgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi

    24.10.2024, 10:15

    Qashqadaryoda sud raisini sudga bergan sobiq yordamchi ishi Kosonda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 

    28.10.2024, 11:25

    “To‘qqiz oy toza ishladim, hech qanday iltimosni bajarmadim”. Sudyalikdan nohaq ketkazilganini aytayotgan sobiq qozi 

    28.10.2024, 17:10

    “Sudyaning lavozimdan olinishi ukasiga doir jinoyat ishidagi ishtiroki bilangina bog‘liqmas”. Sudyalar oliy kengashi “Daryo”dagi maqolaga munosabat bildirdi 

    31.10.2024, 16:58

    Toshkent shahar sudlari “Xalq nazorati”dagi shikoyatga javob qaytardi

    02.11.2024, 12:10

    Singapur sudi ayolga ukasining xonasiga kirishni 8 yilga taqiqladi 

    02.11.2024, 22:10

    Qashqadaryoda qudalar o‘rtasidagi sud mojarosi kadastr xodimlari kirdikorini fosh qildi

    04.11.2024, 17:45

    Isitish mavsumining boshlanishi, Qashqadaryoda yoqalashgan o‘qituvchi va o‘quvchi, Namanganda ijaraga olingan mashinada avariya bo‘lgan maktab o‘quvchilari: 4-noya...

    04.11.2024, 22:54

    Qashqadaryo sudlarida ish yakuniy bosqichiga yetgach, tarkib to‘satdan o‘zgartirildi. Bu tashqi aralashuvlar bilan bog‘liqmi?

    06.11.2024, 14:33

    “Haqiqiy aybdorni jazolash uchun sudyalarimizda qat’iyat yetishmayapti” — Oliy sud raisi 

    09.11.2024, 23:15

    Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi zo‘rlangani aytilmoqda

    13.11.2024, 11:45

    Piskentda avtogreyder haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida 24 gektar intensiv bog‘ yonib ketdi

    13.11.2024, 15:33

    Pentagon maxfiy hujjatlarini oshkor qilgan yigit 15 yilga qamaldi 

    13.11.2024, 16:05

    Qashqadaryodagi muammoli sud ishi sudlov hay’ati raisining to‘satdan ta’tilga chiqishi sabab boshqa viloyatda ko‘riladigan bo‘ldi 

    13.11.2024, 19:04

    “Tolibon” qotillikda ayblangan shaxsni omma oldida qatl qildi  

    13.11.2024, 22:30

    “Yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish loyihasiga start berilishi, O‘zbekiston hududlarida yog‘gan qor, birjada boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatilgan Ai-...

    13.11.2024, 22:50

    Braziliyada erkak Oliy sud binosi yaqinida o‘zini portlatdi (video)

    14.11.2024, 11:50

    Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi

    14.11.2024, 14:50

    Pentagon AQSH harbiy sanoatiga 1 milliard dollar sarfladi

    14.11.2024, 18:47

    Eronda hijob o‘rash qoidalarini buzgan ayollar uchun maxsus “klinika” ochiladi

    15.11.2024, 09:20

    Xiva xonining hiylasi, Pyotr armoni: Sherg‘ozixon rus bosqinchilarini qanday mahv etgan?

    15.11.2024, 16:10

    AQSHda 10 mlrd dollarlik bitkoin o‘g‘irlagan xaker qamaldi

    15.11.2024, 15:56
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pingvinlar yer sayyorasini global issiqlikdan qutqarishi mumkin

    Layfstayl | 24 may, 18:55

    Eronda ilk havo taksisi ishga tushirildi

    Dunyo | 24 may, 18:40

    Buxorodagi propan zapravkada yong‘in sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 24 may, 18:20

    O‘zbekistonda 25-may kuni havo harorati 38 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 24 may, 18:00

    Tunda yopiq ko‘zlar bilan ham ko‘rish imkonini beruvchi linza yaratildi

    Layfstayl | 24 may, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.