• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Oskar”ga loyiq ko‘rilmagan bo‘lsa-da, shedevrga aylangan filmlar

    Kinoda shunday kuchli asarlar borki, ularning “Oskar” olmaganiga ishonish qiyin. Bu filmlarni tomoshabinlar yoddan biladi, tanqidchilar maqtaydi, ammo Akademiya mukofotiga ega bo‘lmaydi. 

    “Murvatli apelsin”

    • Yil: 1971
    • Rejissyor: Stenli Kubrik
    • IMDb reytingi: 8.2
    • Asl nomi: A Clockwork Orange
    Foto: Filmdan kadr

    Afsonaviy rejissyor Stenli Kubrik tomonidan suratga olingan “Murvatli apelsin” XX asrning eng bahsli filmlaridan biri hisoblanadi. Eksperimental psixologik usullar yordamida “qayta tarbiyalash”ga urinilayotgan ruhiy kasallik Aleks (Malkolm Makdauell ijrosida) haqidagi hikoya hamon qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

    Film 1972-yilda 44-“Oskar” mukofotining to‘rtta nominatsiyasida nomzod etib ko‘rsatilgan edi. O‘sha yili boshqa filmlar g‘alaba qozondi: “Tomdagi skripkachi”, “Oxirgi kinoseans” va ayniqsa, Uilyam Fridkinning “Fransuzcha munosabat”. Aynan so‘nggi film “Murvatli apelsin”ni deyarli barcha yo‘nalishlarda ortda qoldirdi va undan eng yaxshi film, rejissyura, moslashtirilgan ssenariy va montaj nominatsiyalarida g‘alaba qozondi.

    Eng achinarlisi, Malkolm Makdauell nomzodlar ro‘yxatiga ham kiritilmagan. Vaholanki, uning Aleks roli kino tarixidagi eng kuchli va esda qolarli ijrolardan biridir.

    “Taksichi”

    • Yil: 1976
    • Rejissyor: Martin Skorseze
    • IMDb reytingi: 8,2
    • Asl nomi: Taxi Driver
    Foto: Filmdan kadr

    49-“Oskar” marosimidan bir yil oldin Martin Skorseze “Taksichi” filmini suratga olgan edi — zamonaviy Amerikaning begonalashuvi, yolg‘izligi va xunukligi fonida asta-sekin aqldan ozayotgan Vyetnam urushi faxriysi Travis Bikl (Robert De Niro) haqidagi fojia.

    Film bor-yo‘g‘i to‘rtta nominatsiyani qo‘lga kiritdi. O‘sha paytda mukofotning eng kuchli nomzodlari “Rokki” (10 nominatsiya) va “Telekanal” edi.

    Robert De Niro va Ayris rolini ijro etgan 12 yoshli hamkasbi Jodi Foster eng yaxshi erkak bosh roli va ikkinchi darajali ayol roli uchun “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ldi. Biroq ikkalasi ham “Telekanal” aktyorlariga — Piter Finch va Beatris Straytga yutqazib qo‘ydi.

    “Taksichi” “Eng yaxshi film” nominatsiyasida ham mag‘lubiyatga uchradi, unda “Rokki” g‘olib chiqdi. Martin Skorseze esa “Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyasiga kiritilmadi ham.

    “Sug‘ur kuni”

    • Yil: 1993
    • Rejissyor: Harold Ramis
    • IMDb reytingi: 8.0
    • Asl nomi: Groundhog Day
    Foto: Filmdan kadr

    “Sug‘ur kuni” eng yaxshi komediyalardan biri va Bill Myurrey hamda rejissyor Garold Ramis ijodiy hamkorligining cho‘qqisi hisoblanadi. Ammo aynan shu film ularning uzoq yillik do‘stligiga nuqta qo‘ygan. Ular faqat Ramis 2014-yilda vafotidan ozgina oldin yarashishgan.

    Bir kunni qayta-qayta yashaydigan ob-havo muxbirining ichki o‘zgarishi haqidagi hikoya mayda-chuydasigacha o‘ylangan. Myurrey bir xil sahnalarni qayta-qayta suratga olinishidan qiynalan, shu bois bu kadrlar chindan ham ishonarli ko‘rinadi. 

    Biroq Akademiya filmni butunlay e’tiborsiz qoldirdi: 1994-yildagi “Oskar”da unga hech qanday nominatsiya berilmadi. O‘sha yili “Shindler ro‘yxati” yettita mukofot oldi.

    Fil obrazi — oddiy komediya emas, balki dramatik va psixologik sayohat bo‘lib, u Tom Henksning “Filadelfiya”dagi “Oskar” olgan roli bilan teng ahamiyatga ega. Denni Rubin va Garold Ramisning ssenariysi esa kino tarixidagi eng original va ta’sirli asarlardan biri sifatida tan olingan.

    “Shoushenkdan qochish”

    • Yil: 1994-yil
    • Rejissyor: Frank Darabont
    • IMDb reytingi: 9.3
    • Asl nomi: The Shawshank Redemption
    Foto: Filmdan kadr

    “Shoushenkdan qochish” ilk bor prokatga chiqqanida, kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Umid, iroda kuchi haqidagi hikoya keng auditoriyani qiziqtirmadi. Ammo yillar o‘tib, film kino tarixidagi eng sevimli va hurmatli asarlardan biriga, shuningdek, millionlab tomoshabinlar fikricha Stiven Kingning eng yaxshi filmiga aylandi.

    Kinoakademiya uni butunlay e’tiborsiz qoldirmadi — 1995-yilgi 67-“Oskar”da film yetti nominatsiya, jumladan, “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi erkak roli” (Morgan Friman) va “Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” bo‘yicha taqdim etildi.

    Biroq 1994-yil kuchli premyeralar yili bo‘ldi: “Forrest Gamp”, “Jinoiy asar”, “Qirol sher” va “Tezlik”. Natijada “Shoushenkdan qochish” asosiy nominatsiyalarda yutqazdi. “Forrest Gamp” esa “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” va “Eng yaxshi erkak roli” kabi mukofotlarni oldi.

    Ajablanarlisi shundaki, filmni suratga olgan va ssenariysini yozgan Frenk Darabont “Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyasiga ham kiritilmadi.

    “Oltinchi tuyg‘u”

    • Yil: 1999
    • Rejissyor: M. Knight Shyamalan
    • IMDb reytingi: 8.2
    • Asl nomi: The Sixth Sense
    Foto: Filmdan kadr

    M. Nayt Shyamalanning “Oltinchi tuyg‘u” filmi — 90-yillardagi eng kuchli filmlardan biri bo‘lib, “Oskar”da “Eng yaxshi film”, “Rejissyura” va “Original ssenariy” kabi oltita nominatsiyaga qo‘yildi, biroq birortasida g‘alaba qozona olmadi.

    O‘sha kechaning asosiy g‘olibi Sem Mendesning “Amerikacha go‘zallik” bo‘ldi. 11 yoshli Xeyli Joel Osment “o‘liklarni ko‘radigan” bola roli bilan hayratga solgan bo‘lsa-da, “Eng yaxshi ikkinchi plandagi erkak roli”da Maykl Keynga yutqazdi, Toni Kollett esa ushbu nominatsiyada Anjelina Joliga boy berdi. Montaj bo‘yicha esa “Matritsa” ustun keldi.

    “9-hudud”

    • Yil: 2009
    • Rejissyor: Nil Blomkamp
    • IMDb reytingi: 7.9
    • Asl nomi: District 9
     
    Foto: Filmdan kadr

    Nil Blomkampning “9-hudud” fantastik janrdagi filmi “Oskar” mukofotining noodatiy nomzodi bo‘lib, 2010-yilda “Eng yaxshi film” nominatsiyasi bilan birga to‘rtta nominatsiyani qo‘lga kiritdi. O‘zga sayyoraliklar haqidagi hujjatli film uchun bu g‘ayritabiiy yutuq hisoblanadi.

    Biroq “Avatar” va “Bo‘ron hukmdori” filmlari namoyish etilgan yilda kartinaning g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘q edi. Maxsus effektlar “Avatar”ga, montaj va bosh sovrin Ketrin Bigelou filmiga, “Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” esa “Xazina” dramasiga nasib etdi.

    Shunday bo‘lsa-da, “9-hudud” 2010-yillarning eng yorqin ilmiy-fantastik asarlaridan biri sifatida qoldi. Film o‘zga sayyoralik metafora orqali irqchilik, ksenofobiya va insonparvarlik masalalarini ko‘tarib chiqdi. Bu andozalardan voz kechib, tomoshabinni fikrlashga undaydigan kinoasardir.

    15 avgust, 12:12   Izoh (0)   701
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda kreditni to‘lashda qiynalayotganlarga yengillik yaratiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 15:01

    Indoneziyada prezidentning bepul ovqat dasturidan 350 dan ortiq odam zaharlandi

    Dunyo | 15 avgust, 14:45

    Elit OCHL musobaqasiga qur’a tashlandi. “Nasaf” “Al-Hilol” bilan Qarshida, “Al-Ittihod” va “Al-Ahli” bilan safarda o‘ynaydi

    Sport | 15 avgust, 14:39

    Latviyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 14:25

    Ommaviy tozalash: Telegram 20,9 mln dan ortiq kanallarni o‘chirib tashladi

    Layfstayl | 15 avgust, 14:05

    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

    Reklama | 15 avgust, 13:30

    17-avgust kuni Yer yaqinidan xavfli asteroid uchib o‘tadi (video)

    Dunyo | 15 avgust, 13:23

    OCHL 2 musobaqasiga qur’a tashlandi. “Andijon”ga Qatar, Bahrayn va Turkmaniston klublari raqiblik qiladi

    Sport | 15 avgust, 13:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.