Toshkentda erkak uch yashar bolani qasddan o‘ldirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 9-iyul kuni Yashnobod tumani, Yakkatol ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan 30 yoshli erkak ushbu manzilda qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayoli bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, ayolning birinchi turmushidan 2021-yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga pichoq bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.
Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan.
Mazkur holat bo‘yicha Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)