O‘zbekistonda dam olish kuni havo harorati yana pasayadi.

“O‘zgidromet” prognozlarga ko‘ra, 15—16-avgust kunlari mamlakat hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda 16-avgust kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati 15—16-avgust kunlari asosan 30-35 daraja, janubda 38 darajagacha bo‘ladi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda, havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 17-avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 15—16-avgust kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, 17 avgust, yakshanba kuni havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 19-21 daraja, kunduz kunlari 15—16-avustda 32-35 daraja, 17-avgustda 28-30 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)