• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    SSSR fuqaroligidan mahrum etilib, surgun qilingan Soljenitsin, Gaagada sudi boshlangan sobiq prezident Miloshevich va muzeydan o‘g‘irlab ketilgan “Qichqiriq”. Kun xronologiyasida 12-fevral

    12-fevral sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan SSSR fuqaroligidan mahrum etilib, surgun qilingan Soljenitsin, Gaagada sudi boshlangan sobiq prezident Miloshevich hamda muzeydan o‘g‘irlab ketilgan “Qichqiriq”qa oid faktlar o‘rin olgan.

    SSSR fuqaroligidan mahrum etilib, surgun qilingan Soljenitsin

    1974-yil 12-fevral kuni yozuvchi Aleksandr Soljenitsin o‘z kvartirasida hibsga olingan edi. Lefortova qamoqxonasida birmuncha vaqt saqlangach, u sovet fuqaroligidan mahrum etilgan va mamlakatdan majburan chiqarib yuborilgan. “GULAG arxipelagi” muallifini Germaniya qabul qilishga rozi bo‘ladi.

    Foto: AP Photo

    Bundan 49 yil oldin SSSRda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati va ashaddiy antikommunist Aleksandr Soljenitsin atrofida yirik mojaro boshlanadi. Hukumatning g‘azabiga davlatning jazo mashinasi mexanizmini fosh etgan “GULAG arxipelagi”ning G‘arbda nashrdan chiqqani sabab bo‘lgan. Avvaliga Soljenitsin o‘z asarini 1975-yildan keyin chop etishni rejalashtirgan: u sovet tuzumini tanqid qilish oilasiga ofat olib kelishini tushungan, shu sababli oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yish niyatida bo‘lgan.

    Ammo yozuvchining yordamchisi Yelizaveta Voronyanskaya “KGB” xodimlarining bosimi ostida qo‘lyozmaning bir nusxasi qayerda saqlanishini aytib, o‘z joniga qasd qilishi Soljenitsinning rejalarini o‘zgartirib yuborgan. Sodir bo‘lgan voqeadan keyin 1973-yil avgustda publitsist kitobini G‘arbda chop etishga kirishgan.

    Yozuvchi bunday harakatidan keyin hibsga olinishi mumkinligini bilgan va har ehtimolga qarshi maxsus bayonot ham tayyorlab qo‘ygan. “Men rus adabiyotiga, uning birgina kitobiga, har qanday rus muallifiga qarshi har qanday jinoiy sud jarayonini layoqatsiz deb e’lon qilaman. Agarda menga nisbatan shunday sud o‘tkazilsa, unga o‘z oyog‘im bilan bormayman, meni qo‘llarimni qayirib, ko‘tarib olib borishadi”.

    Bu vaqtda Soljenitsinning tarafdorlari va unga hamfikr bo‘lganlar SSSRda qo‘lyozma nusxalarini bir-biriga tarqata boshlaydi. 1974-yil yanvar boshida “GULAG arxipelagi” bilan Andrey Saxarov hamda uning rafiqasi Yelena Bonner tanishib chiqqan. Bir necha kundan keyin mashhur fizik Soljenitsinni hujumlar va ta’qiblardan himoya qilishni talab qilgan jamoaviy arizaga qo‘shilgan.

    Foto: AP Photo

    Asarning tarqalishi shu qadar keng ovoza bo‘ladiki, 7-yanvar kuni Soljenitsin bo‘yicha Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi hatto butun boshli yig‘ilish o‘tkazadi. Unda mojaroli muallifning “sovetlarga qarshi faoliyatiga barham berish” choralari muhokama qilinadi.

    “KGB” raisi Yuriy Andropov Soljenitsinni ma’muriy tartibda mamlakatdan chiqarib yuborish taklifini beradi: sovet rahbariyati ijod ahli vakillariga nisbatan bunday jazo turidan 1920-yillarda keng foydalangan edi.

    Andropovning taklifini bo‘lajak mudofaa vaziri Dmitriy Ustinov, Moskva shahar qo‘mitasining birinchi kotibi Viktor Grishin kabi qator amaldorlar qo‘llab-quvvatlaydi. Bosh kotib Leonid Brejnev, Vazirlar kengashi raisi Aleksey Kosigin, tashqi ishlar vaziri Andrey Gromiko, Oliy kengash prezidiumi raisi Nikolay Podgorniy kabi boshqa guruh vakillari esa uni hibsga olish taklifini ma’qul ko‘radi. Yakunda Soljenitsinni sud javobgarligiga tortishga qaror qilinadi. Ammo oxir-oqibat Siyosiy byuro a’zolarining aksariyatining fikriga qaramay, Andropov pozitsiyasi g‘olib chiqadi.

    8-fevral kuni Soljenitsinga prokuror oldiga borishi bo‘yicha chaqiruv qog‘ozini berishmoqchi bo‘lishgan, ammo yozuvchi uni qabul qilishdan bosh tortgan. 11-fevral kuni SSSR prokuraturasi Soljenitsinga qarshi jinoyat ishini qo‘zg‘atgan. Shu kunning o‘zida Soljenitsin prokuraturaga chaqirilgan. 12-fevral kuni esa SSSR Oliy kengashi Prezidiumi qaror qabul qilgan: “Soljenitsin SSSR fuqaroligiga mansub bo‘lishga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakatlarni muntazam ravishda sodir etishini, dushmanona qarashlari bilan SSR Ittifoqiga zarar etkazishini hisobga olib, Prezidium qaror qiladi — Aleksandr Soljenitsin SSSR fuqaroligidan mahrum etilsin va mamlakatdan chiqarib yuborilsin”.

    Foto: “TASS”

    Shu kuni soat 17:00 da katta adliya maslahatchisi Zvereyev boshchiligidagi 8 kishi Soljenitsinning kvaritasiga kelgan. Yozuvchiga uni prokuraturaga olib kelish haqidagi qaror taqdim etilgan. Operatsiya ishtirokchilaridan biri uning tezda qaytishini bildirgan. Soljenitsin olib ketilgan, biroq uning kvartirasida “KGB”ning ikki xodimi qolgan.

    Soat 21:00 da “GULAG arxipelagi” muallifi hibsga olingani ma’lum bo‘ladi. 13-fevralga o‘tar kechani u Lefortova qamoqxonasida nozirlar bilan gaplashmasdan va ovqatlanishdan bosh tortgan holda o‘tkazgan. U yerga SSSR bosh prokurorining o‘rinbosari Mixail Malyarov kelib, Soljenitsin vatanga xiyonatda ayblangani to‘g‘risidagi hukmni o‘qib eshittirgan.

    Malyarov Soljenitsinga u fuqarolikdan mahrum qilinganini aytgan va bir necha soatdan keyin yozuvchi kuch bilan Germaniyaga jo‘natib yuborilgan. Uni nemis hamkasbi, 1972-yilda Nobel mufokotini qo‘lga kiritgan Genrix Bell qabul qilishga rozi bo‘lgandi.

    Miloshevich ishining Gaaga Xalqaro tribunalida ko‘rib chiqishning boshlanishi

    2002-yil 12-fevral kuni Gaagada sobiq Yugoslaviyadagi harbiy jinoyatlar bo‘yicha Xalqaro tribunalda Slobadan Miloshevichga nisbatan ayblovlarni ko‘rib chiqish boshlangan edi. Oradan to‘rt yil o‘tagach, 2006-yil 11-mart kuni Miloshevich Gaagadagi qamoqxonada vafot etgan. Rasmiy versiyaga ko‘ra, siyosatchining o‘limiga infarkt sabab bo‘lgan. Uning tarafdorlari va qarindoshlari esa Miloshevich zaharlanganini iddao qiladi.

    Foot: Global Look Press

    64 yoshli siyosatchining o‘limi ko‘plab mish-mishlar tarqalishiga sabab b‘lgan. O‘z vatanidagi va dunyodagi ko‘pchilik Miloshevich o‘limining rasmiy versiyasiga ishonmagan. Sud jarayonining asosiy figurantining sirli o‘limiga qadar ish jarayonlari to‘rt yil davom etgan. 295 nafar guvoh so‘roq qilingan. Sud eshituvlarining o‘zi 466 kunni tashkil etgan. Xalqaro tribunal bosh prokurori Karl del Pontega ko‘ra, sudning yakunlanishiga 50 soatgina qolgan edi. Uning aytishicha, Miloshevich “insoniyatga ma’lum eng dahshatli jinoyatlarni sodir etishda” ayblangan.

    Gaaga mahbusini oxirgi marotaba 2006-yilning 10-mart kuni soat 16:30 da tirik ko‘rishgan. U bir kun oldin akasi Borislav bilan telefon orqali suhbatlashgandi. Suhbat davomida kichik Miloshevich sog‘lig‘idan shikoyat qilmagan. Shu bilan birga, 2005-yil dekabrda u Gaagada tibbiy yordam yetishmayotganini aytib, davolanish uchun Moskvaga vaqtincha borib-kelishga ruxsat so‘ragan. Rossiyalik shifokorlar siyosatchining iltimosini qo‘llab-quvvatlagan edi.

    Biroq Xalqaro tribunal Miloshevichning qon tahlillari natijalariga tayanib, uning talabini qanoatlantirmagan. 11-mart kuni soat 09:30 da soqchi jonsiz yotgan Miloshevichga duch kelgan. Qamoqxona nozirlari unga sun’iy nafas berib, yuragini massaj qilgan, ammo bularning barchasi hech qanday ijobiy natija bermagan. Tez orada qamoqxona majmuasining bosh shifokori Paul Feke ayblanuvchining o‘limini tasdiqlagan. Kamera muhrlangan, ammo dam olish kuni bo‘lgani sabab ish juda sekin kechgan. Bir necha soatdan keyin Xalqaro tribunal vakili o‘lim haqidagi guvohnomani imzolagan va Miloshevichning jasadi sud ekspertizasi institutiga yuborilgan. Patologoanatomlar sobiq prezidentning o‘limi soat 07:30 va 08:00 oralig‘ida yurak xuruji sabab yuzaga kelgan, degan xulosani bergan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Miloshevichning yaqinlari Moskvada qayta ekspertiza o‘tkazilishini talab qilgan. Uning advokati Zdenko Tomanovichning ta’kidlashicha, siyosatchi o‘limidan bir necha kun oldin kimdir unga qanaqadur dorilar berib, zaharlamoqchi bo‘layotganini aytgan. Marhumning bevasi Mira Markovich esa “Tribunal erimni o‘ldirdi”, degan. Sobiq prezidentning Amsterdam aeroportiga yetib kelgan o‘g‘li Marko ham shunday da’voni ilgari surgan: “Otam o‘lmadi, uni o‘ldirishdi”.

    Tribulan raisi Fausto Pokarning ko‘rsatmasiga muvofiq ayblanuvchining o‘lim holatini aniqlashga kirishilgan. Sudya Kevin Parker maxsus guruhga boshchilik qilgan. Toksikologik ekspertiza Miloshevichning organizmida zaharlanish alomatlarini topa olmagan.

    Miloshevich va to‘rt nafar yuqori martabali Yugoslaviya rahbari insoniyatga qarshi beshta jinoyat – qotillik, siyosiy, irqiy va diniy ta’qib, deportatsiya va urush qonunlari va urf-odatlarini buzishda ayblangan. Ayblov xulosasida qayd etilishicha, yuqorida nomlari ko‘rsatilgan shaxslar yuqori qo‘mondonlik mavqei tufayli xalqaro gumanitar huquq normalarini buzganliklari uchun shaxsan javobgar bo‘lgan.

    Ayblov xulosasida aytilishicha, 1999-yilning 1-yanvaridan may oyining oxirigacha mamlakat qurolli kuchlari va politsiya bo‘linmalari, Serbiya politsiyasi va ayblanuvchilar nazorati ostidagi Serbiya harbiylashtirilgan kuchlari birgalikda Kosovoda bir qator keng ko‘lamli hujumlarni amalga oshirgan. Sudlanuvchilar 750 mingga yaqin etnik albanlarning Kosovodan chiqarib yuborilishi uchun javobgar hisoblangan — bu mintaqadagi barcha alban aholisining deyarli uchdan bir qismini tashkil qilardi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Bundan tashqari, minglab albanlar Kosovaning o‘zida qurolsizlantirilgan va ularning ma’qul qismi o‘ldirilgan. Miloshevich va mamlakatning boshqa rahbarlari ayblov ilovasida ism-shariflari ko‘rsatilgan aniq 340 kishini o‘ldirishda ayblangan.

    Muzeydan o‘g‘irlangan “Qichqiriq”

    1994-yil 12-fevral kuni Norvegiya milliy muzeyidan Edvard Munkning “Qichqiriq” kartinasi o‘g‘irlab ketilgan edi. Oradan bir necha oy o‘tgan u yana o‘z joyiga qaytarilgan. Ekspressionizm asoschilaridan biri bo‘lgan rassom o‘z kartinasida nimani tasvirlangan edi?

    Foto: Getty Images

    Edvard Munk san’ati butunlay ramzlar va allegoriyalardan iborat bo‘lib, uning sevimli mavzulari — sevgi va yolg‘izlik haqidagi xira fikrlar. Munkning eng mashhur ishi “Chinqiriq” bo‘lib, uning 1893-yildan 1910-yilga qadar chizilgan to‘rtta nusxasi bor. Avvaliga kartina “Umidsizlik” deb atalgan. Suratdagi dahshatga tushgan inson dunyo san’atidagi eng mashhur obrazlardan biri hisoblanadi. Xususiy kollektsionerlarda kartinaning bitta varianti qolgan xolos; u 2012-yil 2-may kuni Sothebey’s auksioni orqali 119,9 million dollarga sotilgandi. O‘sha vaqtda bu ochiq auksion orqali sotilgan eng qimmatbaho kartina hisoblangan.

    “Qichqiriq” tarixiy ekspressionistik voqea bo‘lib, dunyodagi eng mashhur rasmlardan biridir. Unda tasvirning ikki talqini mavjud: dahshat orasida qolgan qahramon unsiz baqirib, qo‘llari bilan quloqlarini yopmoqda; yoki qahramon atrofdagi qichqiriqdan quloqlarini berkityapti. Munk “Qichqiriq”ning to‘rtta versiyasini chizgan va ushbu versiya — rassomning o‘zi aziyat chekkan manik-depressiv psixozning mevasidir. Klinikada davolanishdan qaytgan Munk polotno ustida ishini davom ettirmagan.

    1978-yilda Munk ijodining taniqli bilimdoni Robert Rozenblyum kartinadagi bosh qahramon 1889-yilda Parijda ko‘rgazmaga qo‘yilgan Peru mo‘miyosining tasviri bo‘lishi mumkin. Embrion ko‘rinishidagi holatga keltirilib, qo‘llari bo‘yniga bog‘langan holda mo‘miyolangan inson Munkning do‘sti Pol Gogenni hayratga solgan edi. U Gogenning “Inson qayg‘usi” kartinasida markaziy figuraga aylangan.

    “Qichqiriq” birinchi marta 1994-yilda o‘g‘irlab ketilgandi. O‘g‘rilar Oslodagi Milliy galereyaga Norvegiyada qishki Olimpiada o‘yinlarining ochilish kunida tushgan. Jinoyatchilar muzeyga osonlikcha kirib olgan: ular narvon yordamida derazadan oshib o‘tgan. Kartinani o‘g‘irlashga 50 soniya vaqt ketgan xolos.

    Foto: Getty Images

    “Qichqiriq”ni bir necha oy davomida qidirishgan, o‘g‘rilar kartinani sotishga uringan vaqtda qo‘lga olingan. O‘shanda Skotlend-Yard xodimlari o‘zlarini xaridor sifatida tanishtirgan edi. Ular mehmonxonada uchrashishga kelishgan va jinoyatchilar hibsga olingan.

    Ikkinchi o‘g‘irlik 10 yildan keyin sodir bo‘lgan: 2004-yilda Munk muzeyidan “Qichqiriq” va yana bitta kartina olib ketilgan. 22-avgust kuni niqob taqib olgan va pistolet bilan qurollangan ikki erkak muzeyga kirib, tashrif buyuruvchilarning ko‘z o‘ngida ikkita kartinani ko‘tarib chiqib ketgan. Jinoyatchilar qora Audi avtomolida osonlikcha voqea joyidan yashiringan.

    Oradan ikki yil o‘tgach, tafsilotlari hozirga qadar ma’lum bo‘lmagan maxfiy operatsiyada ikkala kartina ham qaytarilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha uch nafar gumonlanuvchi 4—8 yilga qamalgan.

    12.02.2023, 09:12   Izoh (0)   8707
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSHda josusligi uchun qatl etilgan er-xotin Rozenberglar, Misr prezidenti Husni Muborakning ag‘darilishi va 27 yillik qamoqdan ozod etilgan Mandela. Kun xronologi...

    11.02.2023, 09:31

    “Daryo kundaligi”da 10-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar 

    10.02.2023, 23:55

    O‘zbekiston Afg‘onistonga va’da qilingan miqdorda elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi

    10.02.2023, 23:44

    Odamlarning Marsga parvoz qilishi imkoniyati baholandi. Ilon Maskning fikri rad etildi

    10.02.2023, 23:17

    “Qizimga uy emas, qabr sotib oldim”: Turkiyadagi zilzilada mo‘jizaviy tarzda tirik qolganlar va halok bo‘lganlar hikoyasi

    10.02.2023, 22:05

    Ukrainadagi urush yozgacha tugashi mumkin: ekspert bunga ishora qiluvchi omillarni aytdi

    10.02.2023, 20:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirlarini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.