Amanjol Ayapov Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda 15-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u 2020-yildan buyon O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktori lavozimida faoliyat yuritayotgandi. Undan avval 2017-yil noyabridan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlagan. Qoraqalpog‘iston O‘rta maxsus kasb ta’limi boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Ayapov Amanjol Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga 2024-yil fevralidan rahbarlik qilib kelgan Batirbek Kaipbergenov o‘rnini egalladi.
Izoh (0)