AQSH o‘zining uchuvchisiz apparatlarga qarshi havo hujumidan mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi. Bu haqda Pentagon rahbari Piter Xegset Fox telekanali efirida ma’lum qildi.

Men hafta davomida Kongressdagi tinglovlarda bo‘ldim. “Siz haqiqatan ham uchuvchisiz apparatlarga qarshi havo mudofaasi tizimlaringizning bir qismini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdingizmi?” degan savol berishdi. Men “Ha, biz shunday qildik”, deb javob berdim, dedi Xegset.
U zamonaviy urush, xuddi mamlakat mudofaasi kabi, o‘zgarganini va AQSH nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda o‘z fuqarolarini himoya qilish uchun barcha mavjud resurslarni ishga solishga intilayotganini tushuntirdi.
U “kichik tizimlar” jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligiga qaramay, Qo‘shma Shtatlar bunga maksimal darajada tayyor ekanini ta’kidladi.
Ha, urush konsepsiyasining o‘zi ko‘z o‘ngimizda o‘zgarmoqda: dronlarga qarshi texnika — bu haqiqatan ham qo‘rqinchli. Ammo joylarda bizning kerakli odamlarimiz bor, dedi Xegset.
AQSH Ukrainaga berilishi kerak bo‘lgan raketa qurilmalarini Yaqin Sharqqa yubordi
The Wall Street Journal nashrining 5-iyun kungi xabariga ko‘ra, AQSH mudofaa vaziri buyruq berganidan so‘ng, Ukrainaga topshirilishi rejalashtirilgan maxsus raketa portlovchi qurilmalari AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy-havo kuchlariga yo‘naltirilgan.
Pentagon rahbari bu qarori haqida Kongressni ogohlantirgan. Senatning qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasiga yuborilgan xabarnomada AQSH harbiylari bu portlovchi qurilmalarga “mudofaa vaziri tomonidan aniqlangan shoshilinch ehtiyoj” sifatida muhtoj ekani aytilgan.
Oradan ko‘p o‘tmay, 8-iyun kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH tomonidan Ukrainaga va’da qilingan 20 mingta dronlarga qarshi raketa Yaqin Sharqqa yuborilganini ma’lum qilgan. Bu raketalar avvalgi prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan Ukrainaga berilishi kerak edi.
Izoh (0)