• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroil yoki Falastin: Mojaroda qaysi davlatlar kimni qo‘llab-quvvatlamoqda?

    7-oktyabr kuni ertalab HAMAS kuchlari Isroilga hujum boshladi. HAMAS a’zolarining aytishicha, “Al-Aqsa to‘foni” operatsiyasi davomida Isroil shaharlariga besh mingta raketa uchirilgan, bir necha o‘nlab qurolli kuchlar Isroilning G‘azo sektori bilan chegaradosh aholi punktlariga kirib borgan. Bu harakatlarga javoban Isroil ham G‘azo sektoriga aviazarbalar berdi. 

    Oxirgi maʼlumotlarga ko‘ra, Falastindan qurbonlari soni 400 nafardan oshgan, jarohatlanganlar esa 2200 nafarni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, Isroildan 800 dan ortiq kishi halok bo‘ldi va 2000 dan oshiq kishi yaralandi.

    Isroilni qaysi davlatlar qo‘llab-quvvatlamoqda?

    Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar qatoriga AQSH, shuningdek, Yevropaning bir qator davlatlari, jumladan, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya va Germaniya kiradi, ularning yuqori martabali rasmiylari HAMAS harakatining Isroilda amalga oshirgan amaliyotini qoraladi.

    AQSH prezidenti Jo Bayden Isroilning qo‘shimcha harbiy yordam bo‘yicha so‘rovini ko‘rib chiqdi va yordam berish bo‘yicha qaror qabul qildi.

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “hozirda Isroilga qarshi amalga oshirilayotgan terrorchilik hujumlarini” qoralashda davom etishini ta’kidladi. Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli va Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Baerbok Isroil va uning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatladi.

    Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi ham HAMAS hujumini qoralab, “zudlik bilan o‘t ochishni va zo‘ravonlikni to‘xtatishni” talab qildi. Gruziya parlamenti spikeri Shalva Papuashvili gruzin xalqi “qardosh Isroilni tajovuzga qarshi kurashda” qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, tajovuzni “asossiz, shafqatsiz va g‘ayriinsoniy” deb atadi.

    Ukraina Tashqi ishlar vazirligi HAMASning Isroilga hujumini qoralab, Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlab, “Isroilga qilingan terror hujumlarini, jumladan, Quddus va Tel-Avivdagi tinch aholi punktlariga raketa hujumlarini” qoraladi.

    BAA HAMASning Isroilga hujumi va odamlar garovga olinganini qoraladi. “Tinch aholi vakillari hamisha xalqaro gumanitar qonunlarga muvofiq to‘liq himoyaga ega bo‘lishi va hech qachon mojaro obyektiga aylanmasligi kerak”, deyiladi BAA TIV bayonotida.

    Falastinni qaysi davlatlar qo‘llab-quvvatlamoqda?

    Eron HAMAS jangchilarining Isroilga hujumini qo‘llab-quvvatlashi va bu harakatlarini “bosqinchilar”ga qonuniy qarshilik deb bilishini ma’lum qildi.

    “Eron Islom Respublikasi Falastin xalqining qonuniy mudofaasini qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi Eron prezidenti Ibrohim Raisiy.

    Shuningdek, Suriya Isroil bilan urushda HAMASni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

    Bundan tashqari, bir qator arab davlatlari mojaroda Isroilni ayblab chiqishdi. AFP agentligi taʼkidlashicha, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Iroq, Qatar va Ummon o‘z bayonotlarida HAMAS hujumi “davom etayotgan okkupatsiya va Falastin xalqini qonuniy huquqlaridan mahrum qilish natijasi” ekanini taʼkidlagan.

    Tolibon harakati ham Falastinni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va mintaqa davlatlari hamda xalqaro hamjamiyatni Isroil zo‘ravonligining oldini olishga, mojaroni Falastinliklarga qonuniy huquqlarini berish orqali hal qilishga chaqirdi.

    O‘zbekiston TIV bayonoti

    O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Falastin—Isroil mojarosi hududida tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgan va butun Yaqin Sharqdagi vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtirgan holat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirdi.

    “Biz kurashayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqiramiz”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

    “O‘zbekiston TIV so‘nggi voqealar munosabati bilan halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi va barcha jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi”, — deyiladi xabarda.

    Rossiyaning pozitsiyasi qanday?

    Rossiya Isroil va Falastinni urushni to‘xtatishga chaqirdi: Moskva mojaro paytida yuzlab isroillik va falastinliklarning halok bo‘lishidan xavotirda ekanini ma’lum qilgan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi.

    Markaziy Osiyo davlatlari Isroil— Falastin mojarosiga qanday munosabat bildirdi?

    Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy hujjatida shunday deyiladi:

    “Qirg‘iziston Respublikasi ko‘plab qurbonlar va vayronagarchiliklarga olib kelgan Isroil—Falastin mojarosidagi vaziyatning jiddiyligidan chuqur xavotir bildiradi.

    Biz mojaroning barcha tomonlarini tinchlikka erishish, tinch aholi xavfsizligini taʼminlash va Yaqin Sharq mintaqasida vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga va imkon qadar tezroq siyosiy va diplomatik muloqotni boshlashga chaqiramiz”.

    Qozog‘iston

    “Daryo”ning Qozog‘istondagi muxbiri Tashqi ishlar vazirligining haftalik brifingida qatnashib, mamlakatning rasmiy pozitsiyasi haqida ma’lumot oldi.

    “Biz tomonlarni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun siyosiy vositalarni izlashga va nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi, balki butun Yaqin Sharqdagi vaziyatning yanada keskinlashishiga olib keladigan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz”, — deyiladi Qozog‘iston TIV bayonotida.

    Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi quyidagicha bayonot bilan chiqdi:

    “Yaqin Sharqdagi keskinlik kuchayib, tinch aholi orasida katta qurbonlik, uy-joy va ijtimoiy infratuzilmalarning vayron bo‘lishiga olib kelgani Tojikistonda katta xavotir bilan qabul qilinmoqda.

    Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi zo‘ravonlik harakatlarini keskin qoralab, tomonlarni zo‘ravonlikka zudlik bilan chek qo‘yishga va vaziyatni normallashtirish uchun muloqot boshlashga chaqiradi”.

    09.10.2023, 20:20   Izoh (0)   43824
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Medvedev: “Ukrainaga berilgan qurollar Isroilda faol qo‘llanilmoqda”

    09.10.2023, 20:05

    Misr Isroil va Falastin o'rtasida asirlarni almashish uchun o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishni taklif qildi

    09.10.2023, 19:50

    AQSH prezidentligiga nomzod Nikki Xeyli: “Ularni yo‘q qilib tashlang, Netanyaxu!”

    09.10.2023, 19:27

    Netanyaxu: “Isroilning HAMASga javob zarbasi Yaqin Sharq qiyofasini o‘zgartirib yuboradi”

    09.10.2023, 18:54

    Isroil Mudofaa vazirligi rahbari G‘azo sektorini blokada qilishga buyruq berdi

    09.10.2023, 17:13

    Iqtisod bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti sovrindori e’lon qilindi

    09.10.2023, 15:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeff Bezosning rafiqasi “Jeyms Bond” filmida suratga tushishi mumkin

    Kino | 15 avgust, 17:20

    Pokistonda otishma va mushakbozlik oqibatida 100 dan ortiq odam jarohatlandi

    Dunyo | 15 avgust, 17:05

    Yovuz qahramonlarni mahorat bilan gavdalantiradigan Gollivud aktyorlari (foto)

    Kino | 15 avgust, 16:45

    Ukraina qurol-yarog‘ ortilgan Rossiya kemasiga hujum qildi

    Dunyo | 15 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:13

    UFC prezidenti Oq uyda o‘tadigan musobaqada qaysi sportchilar jang qilishi mumkinligini ochiqladi

    Sport | 15 avgust, 16:08

    “Bu O‘zbekistonsiz amalga oshmagan bo‘lardi”. Germaniya fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi yordam uchun minnatdorlik bildirdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.