• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘n to‘rtinchi rus–turk urushi kelib chiqadimi? Siyosatshunos Mixail Magid sharhlaydi

    Oxirgi paytlarda Suriyada yana Turkiya va Rossiya munosabatlari keskinlashgani kuzatilmoqda. Buning sababi nimada? Ixtilofda qanday kuchlar qatnashmoqda? Yaqin orada Rossiya Turkiya o‘rtasida to‘laqonli urush kelib chiqishi xavfi bormi? Rossiyalik siyosatshunos, Yaqin Sharq bo‘yicha ekspert Mixail Magid “Daryo” uchun tayyorlagan maqolasida bu savollarga javob beradi.

    Foto: Mixail Magid

    Suriyaning Idlib hududida va Halab shahri yaqinida janglar davom etmoqda. Turkiyaga yon bosuvchi sunniy jangari guruhlari va Bashar Asadga qarshi bo‘lgan muxolifat bir tarafdan, Asadning o‘z armiyasi ikkinchi tarafdan qatnashayotgan muhorabalarda, shuningdek, Rossiya, Eron va Turkiya mamlakatlarining ham ishtiroki mavjud. Eron Asad qo‘shinlarini “Hizbulloh” va shunga o‘xshash harbiylashgan shia tuzilmalari orqali quruqlikda qo‘llab-quvvatlayotgani, Rossiya ularga havodan ko‘mak berayotganini anchadan beri kuzatilayotgan oddiy hol deydigan bo‘lsak, Turkiyaning mazkur ixtilofga faol qo‘shilgani yangi faktor bo‘lmoqda.

    24-fevral kuni Asad hukumatiga tegishli harbiy-havo kuchlari Idlibdagi Ma’ret an-No‘mondan g‘arbroqda joylashgan turk qo‘shinlarining kuzatuv punktiga zarba berdi, natijada turklarning 13 nafar askari halok bo‘ldi. Endi Turkiya tomonidan Bosfor bo‘g‘ozining yopib qo‘yilishi ehtimolini hech kim istisno qila olmaydi. Chunki Montryo konvensiyasiga ko‘ra, urush holatida Turkiya bunga to‘la vakolatli bo‘ladi. Shu tariqa, turklar Rossiya flotining Qora dengizdagi bazalari va Suriyaning Tartus shahri bilan aloqasini uzib qo‘yishi tahdidi yuzaga chiqmoqda.

    Ayni vaqtda, aksilasad kayfiyatidagi jangarilarning oldinga siljish bilan bog‘liq harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Turkiya batareyalari ularning yo‘lini tozalashga yordam beradigan qilib o‘t ochmoqda, turk askarlari esa ularga yaqinlashayotgan rus harbiy samolyotlarini o‘qqa tutmoqda. Turkiya Idlibga kamida 4 ming dona harbiy texnika va 10 mingga yaqin harbiy kiritgan. Va bu hali boshlanishi. Turk harbiy texnikasining Suriya bilan chegara hududlariga tashlanishi davom etmoqda. Turkiya avval hech qachon Suriyada bu qadar yirik miqyosli harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko‘rmagan edi.

    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Asad qo‘shinlarining fevral oxiriga qadar Idlibdagi hujum harakatlarini to‘xtatishini va yuzlab turk askarlari qurshovda qolib ketgan 12 ta turk kuzatuv punktining qamalini to‘xtatib, Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi avvalgi kelishuvlarga binoan ko‘rsatilgan “Idlib deeskalatsiya hududi”ga qaytishini talab qilib chiqdi. Erdo‘g‘onga Asad va ittifoqchilarining Idlibdagi harakatlari mutlaqo ma’qul kelmaydi. Chunki bu harbiy harakatlar mazkur hudud xuddiki vulqon singari otilishiga olib keldi va buning oqibatida millionlab qochoqlardan iborat oqim Turkiya chegarasiga yopirildi. Turkiyaning o‘zida allaqachon 4 millionga yaqin suriyalik qochqinlar mavjud. Bu Turkiya uchun, xuddi bir muddat avval Yevropa boshiga tushgandek ijtimoiy tanazzulni keltirib chiqarmoqda. Faqat bu tanazzul Turkiya misolida yanada jiddiyroq namoyon bo‘ldi va Erdo‘g‘on 2019-yildagi munitsipal saylovda mag‘lubiyatga uchrashiga olib keldi. Erdo‘g‘onga Turkiya hududiga yopirilib kirishi mumkin bo‘lgan yangi qochoqlar oqimi kerak emas va u hali avval kirib olganlarni ham o‘z yurtiga qaytarishi kerak.

    Bashar Asad esa Erdo‘g‘on talab qilayotgan narsalarning birortasini bajarmoqchi emas. Asad hali biror marta jang orqali egallagan joylaridan shunchaki chekinmagan. U yuqorida qayd etilgan singari kelishuvlarga qaramasdan, Idlibdagidan boshqa hamma joydagi deeskalatsiya hududlarini yo‘q qilib tashladi va Idlibda ham qurollangan muxolafatni uzil-kesil yakson qilish orqali ishni oxiriga yetkazishni maqsad qilgan. Asadning ham o‘z argumentlari mavjud. Unga ko‘ra, Turkiya ham Suriyaning Asad tasarrufidagi yerlariga doimiy hujum uyushtirib, diversion harakatlarni amalga oshirayotgan Idlib jangarilarni qurolsizlantirishga oid majburiyatlarini bajarmay kelmoqda. Endi muammo shundaki, Suriya muxolifatini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan Erdo‘g‘on ham avval hech qachon o‘z tahdidlarini qaytib olmagan va ertami-kechmi aytgan gaplarni albatta amalga oshirgan.

    Turk askarlari Suriyada.

    Turk askarlari Suriyada.
    Foto: Sabah

    Erdo‘g‘on hozircha ko‘proq qattiq gaplar bilan tahdid qilyapti, amaliy harakatni kamroq qilyapti. Ayni paytda, Asad (yoki uning sheriklari) o‘ldirgan 13 nafar turk askari hayoti – ziddiyatning yangi sahifasi. Endi yoki Erdo‘g‘on bunga e’tibor qaratmay, o‘zini hech narsa bo‘lmagandek tutishi mumkin. Mabodo shunday bo‘lsa, unda Turkiya muxolifati uning o‘zini balchiqqa qorib tashlaydi. Yoki Erdo‘g‘on endi o‘zi avval ham qilgan tahdidlarni amaliy harakatlar bilan isbotlab qo‘yishi mumkin.

    Ehtimol, turk qo‘shinlari o‘z chegarasida katta guruh bo‘lib yig‘ilayotgani ularning bir musht bo‘lib kuchli zarba berishga tayyorgarlik qilayotganiga dalolat bo‘lishi mumkin. Javob hujumi kechikayotganiga shu narsa sabab bo‘layotgan bo‘lishi ehtimol. Yoki Erdo‘g‘on baribir fevral oxirini kutmoqda va mart boshida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Rossiya bilan yangi muzokaralarga tayyorlanmoqda deb ham taxmin qilish mumkin. Xo‘sh, mabodo tomonlar o‘shanda ham kelisha olmasa, unda ish Asadni quruqlik va havodan qo‘llab-quvvatlab turgan Rossiya armiyasi va Turkiya qo‘shinlarining o‘zaro to‘qnashuvigacha borib yetishi mumkinmi?

    Nima bo‘lganda ham, Erdo‘g‘on kuchli zarba qabul qilib oldi. Asad aviatsiyasi bir zarba bilan turk bazasidagi 13 ta turk askarini halok qila olsa va buning uchun jazolanmay qolaversa, unda ular endi 130 yoki 1 300 nafar turk harbiysini ham yo‘q qila olmasligini ham birov inkor qila olmaydi. Umuman olganda, Asad qo‘shinlari hali ham hujum harakatlarini davom ettirmoqda.

    Shunga qaramay, ayrim rus harbiy ekspertlarining fikriga ko‘ra, mazkur hududda Turkiya quruqlikda, suvda va havoda mutlaq harbiy ustunlikka ega. Suriyada joylashtirilgan rus qo‘shinlari miqdori esa turklarniki bilan taqqoslaydigan darajada emas.

    Asad armiyasi esa Turkiya qo‘shinlariga qaraganda ojiz va kuchsiz. Va bu borada gap faqat Turkiyaning harbiy qudrati, tashkiliy-taktik hamda texnik ustunligida emas. Suriya shimoli-sharqidagi janglar shuni ko‘rsatdiki, Asad qo‘shinlarining katta qismi turk armiyasi o‘t ochmasdan turib, shunchaki turklar yaqinlashgani zahoti tumtaraqay qocha boshlaydi. Umuman olganda, Turkiya armiyasi – qudrat jihatdan NATO tarkibidagi ikkinchi armiya bo‘lib, istasa, Asad qo‘shinlarini qog‘ozdek yirtib tashlashi mumkin.

    Suriyadagi rus armiyasi.

    Suriyadagi rus armiyasi.
    Foto: Pars Today

    Rossiya esa shu choqqacha biron marta kuchli armiyaga ega raqibga simmetrik javob qaytarmagan (Ukraina masalasida shoshmaslik kerak, chunki Kiyev harbiy jihatdan Rossiyadan ancha kuchsiz). Masalan, Rossiya urib tushirilgan harbiy samolyot uchun javoban Turkiyaga zarba bermagan; Isroil zenitchilari ham rus samolyotini urib tushirgan va bunga ham Rossiya indamadi; rossiyalik yollanma jangchilar ketayotgan harbiy kolonnani o‘qqa tutgan AQSh harbiylariga ham hech qanday javob qaytarilmadi. Bu shundan dalolatki, Rossiya rahbariyati kuchli armiyaga ega davlatlar bilan harbiy mojarolarga bormoqchi emas va bundan tiyilmoqda. Bu esa Rossiyaning harbiy to‘qnashuvlarga tayyor emasligini ko‘rsatib qo‘ymoqda. O‘z vaqtida rus samolyotini qo‘rqmay urib tushirgan Turkiya esa bunga tayyor bo‘lgan.

    Boshqa tarafdan, Turkiyaning maqsadi aslo Rossiyani kamsitish emas. Rossiya Turkiya bilan milliardlab dollarlik shartnomalar tuzmoqda, ularga AES qurib beryapti, Turkiya orqali butun Yevropaning energiya ta’minotini boshqara oladigan qilib gaz quvurlari tortyapti. Turkiya Rossiyadan yangi C-400 harbiy tizimlarini sotib olayapti. Bundan tashqari, Turkiya AQSh va Rossiya o‘rtasidagi tarozi pallasi o‘laroq har ikki tarafdan o‘zi uchun maqbul bo‘lgan qaror va yechimlarga erishib kelmoqda va bundan manfaatdor davlat sifatida o‘z mustaqilligi va harbiy qudratini mustahkamlamoqda. Turkiyaga ham Rossiya bilan harbiy to‘qnashuv kerak emas. Bu har ikki davlatning o‘zaro munosabatlarini uzoq muddatga tushovlab qo‘yishi tayin. Boz ustiga, Rossiya – kuchli armiya va yadro quroliga ega mamlakat va u bilan harbiy ziddiyatlarga kirishish xatarlidir.

    Shu sababli Turkiya va Rossiya o‘rtasida yuzaga kelgan ushbu ziddiyat tez orada tinch yo‘l bilan hal etilishi ehtimoli juda yuqori. Har ikki davlatga ham urush kerak emas. Biroq bunday kelishuv uchun uchinchi tomon yon berishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. O‘sha uchinchi taraf esa Asad bo‘lishi katta ehtimol. Suriyaning shimoli-g‘arbidagi kurdlar joylashgan hududlar va Asad egallab olgan joylarni Rossiya Turkiyaga yon bersa, katta ehtimol bilan albatta tinch kelishuvga erishiladi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.

    25.02.2020, 10:26   Izoh (0)   89057
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.