• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Natsistlarning ehtimoliy g‘alabasi, yadro qurolini xohlayotgan Eron, ustasi farang Lavrov. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” an’anaviy jahon matbuoti sharhi ruknini davom ettiradi.

    Yevropa natsistlar hukmronligi ostida qanday bo‘lar edi?

    The Brilliant Maps.com nashri Gitler Germaniyasi ikkinchi jahon urushida g‘alaba qilganida Yevropada qanday manzara hukm surgan bo‘lardi, deya Germaniyaning urushda g‘olib bolishi haqida noodatiy maqola tayyorladi. Tarix har doim “unday bo‘lmaganda, bunday bo‘lardi” kabi qiziqarli va shu bilan birga muqobil tarixni ham siz-u bizga oynadek tutaveradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Turli yozuvchilar va tarixchilar hozirga qadar agarda Gitler urushda g‘olib bo‘lganda nima bo‘lgan bo‘lardi savoli ustida bahslashishni xush ko‘radi. Aslida esa Germaniyaning Sovet Ittifoqiga qarshi ochgan urushi Gitlerning birinchi xatosi bo‘lgan bo‘lsa, AQShga qarshi urush uning ikkinchi xatosi edi. Chin tarixda Gitler Germaniyasi mag‘lub etildi. Ko‘plab qurbonlar berildi. Lekin shunday bo‘lsada, Gitler 1945-yilda g‘alaba qilganda nima bo‘lardi degan savolning javobi ham qiziq. Buning esa ikki muhim sababi bor deyishga asos bor.

    Avvalo, ikkinchi jahon urushi dunyo tarixida eng qonli va eng yirik urush harakatlaridan biri bo‘ldi. Bu urushning tugaganiga yetmish yildan oshgan bo‘lsada, o‘zining keng jo‘g‘rofiy hududda olib borilgani bilan Napoleon urushlari yoki AQShdagi fuqarolar urushidan farqli ravishda hali ko‘pchilikning yodidaligi bilan ham e’tiborli. Ikkinchidan, ikkinchi jahon urushi ijobiy va salbiy qahramonlar o‘rtasidagi kurash bilan ham ahamiyatga molik bo‘ldi. Har bir urush axloqsizlik nuqtai nazaridan qoralansada, natsizm e’lon qilgan urush eng axloqsiz urush sifatida tarixda qoldi.

    1962-yilda Filip Dikning muqobil tarix haqidagi “Baland qasrdagi odam” romani e’lon qilindi. Asarda yozuvchi Gitlerning ikkinchi jahon urushida g‘alaba qilganligi haqida muqobil tarix voqealarini 1962 yil bilan bog‘lagan holda bayon qiladi. Asarda Uchlar ittifoqi – Germaniya, Italiya va Yaponiya ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozonadi va dunyoni o‘z ta’sir doiralariga bo‘lib oladi. Asarda real hayotdagiga zid bo‘lgan voqea 1934-yilda AQSh prezidenti Franklin Ruzveltning otib o‘ldirilishi oqibatida mamlakat buyuk bo‘hron iskanjasidan chiqa olmay qoladi va o‘z kuchlarini Gitler Germnaiyasiga qarshi safarbar qila olmaydi. Shu tariqa natsistlar Buyuk Britaniya, Sovet Ittifoqini mag‘lub qiladi, Yaponiya bo‘lsa, AQShni tor mor qiladi.

    Robert Xarrisning “Faterlend” asari esa Gitlerning g‘alaba qozonishi ortidan nimalar sodir bo‘lishi borasidagi voqealarni o‘ziga xoslik bilan yoritib beradi. Roman 1992-yilda chop etilgan bo‘lsada, asardagi asosiy voqealar 1964-yilda Gitlerning 75 yillik yubileyi bilan boshlanadi. Asarda Yaponiya mag‘lubiyatga uchraydi, ammo sovuq urush AQSh va Germaniya o‘rtasida kechadi. Germaniya butun Yevropani va Ural tog‘larigacha bo‘lgan hududlarni bosib olgan bo‘lsada, chekka hududlarda Germaniyaga qarshi partizanlik urushlari davom etadi. Sharqiy Yevropaning asosiy qismi Reyxskommisariat tarkibiga kiritiladi va G‘arbiy Yevropada Yevropa Hamdo‘stligi tashkil topadi.

    Ikkala asardagi voqealar Germaniyaning ikkinchi jahon uruhida g‘olib bo‘lishi nimalarga olib kelishi-yu, nimalarni o‘zgartirishiga bohqacha nuqtadan nazar solish imkonini berar ekan, beixtiyor kitobxonda Gitlerning urushda g‘olib bo‘lish imkoni bormidi o‘zi degan savolni yuzaga chiqaradi. Germaniyaning urushda g‘olib bo‘lish imkoniyati esa deyarli yo‘q edi. Bunga sabab, avvalo, Germaniya hududining kichikligi ham urushning aslidagidek tugashiga olib keldi. Katta hududlarni boshqarish uchun Gitlerga katta qo‘shin ham kerakligiga ahamiyat berilsa, vaziyat oydinlashadi. Ikkinchidan, aholi soni. Germaniya aholisi 1939-yilda 70 millionni tashkil qilgan va uning aholisi Buyuk Britaniya, Fransiyanikidan ko‘p bo‘lsada, AQSh va Sovet Ittifoqiga qiyoslaganda kam edi. Qolaversa, nemislar irqchilik siyosatiga urg‘u berib, ko‘p aholini qirib yuboradi. Uchinchidan, iqtisod masalasi. Germaniya yalpi ichki mahsuloti1938-yilda 375,6 millard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, Britaniya yalpi ichki mahsulotining o‘zi1938-yilda 918,7 milliard dollarni tashkil qilardi. Urush avjiga chiqqan pallada Germaniya, Italiya va Yaponiyaning yalpi ichki mahsulotini (911 milliard dollar) qo‘shib hisoblaganda ham AQShnikidan (1 trillion) kam edi. Nihoyat, neft masalasi. Zamonaviy harbiy qo‘shinning neftga ehtiyoji ham yuqori bo‘ladi. 1941-yilda Germaniya zahirasida 9,5 million barrel neft bo‘lgan bo‘lsa, Britaniya va Sovet Ittifoqi qo‘l ostida 242 million barrel neft qazib olinardi. AQSh esa dunyo neft zahirasining uchdan ikki qismini qazib olardi. Neftga ehtiyoj ham Germaniyaning harbiy xarajatlari talablarini qondirish uchun yetarli emasdi. Gitler esa boz ustiga xatolikka yo‘l qoyishda davom etdi va natijada Germaniya urushdan mag‘lub bo‘lib chiqdi.

    Isroil harbiy razvedkasi qanday faktlari bilan e’tiborli?

    The Haarez nashrining Isroil harbiy razvedkasi hisobotlariga tayanib, e’lon qilgan maqolasida Eron keyingi ikki-uch yil mobaynida atom bombasini yaratish imkoniga ega bo‘lishi  haqida yozadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Isroil harbiy razvedkasi hisobotida Eronning atom bombasini yaratishi deyarli tayyor bo‘lganligi, buning uchun esa bir necha detallar yetmayotganligini ham tilga olinadi. Agarda Tehron 40 kilo uranni 90 foizga boyitishni uddasidan chiqa olsa, u holda Eron ham dunyoning navbatdagi yadro qudratiga ega mamlakatlar qatoriga kirishi mumkin va buning uchun 2-3 yil vaqt talab qilinadi. Eron ayni paytda atom bombasini portlatishga imkon beruvchi mexanizmlar va raketa tashuvchilar ustida ish olib bormoqda. Bu ikki masala ijobiy hal etilsa, Eron o‘z maqsadiga yetishi mumkin.

    Mutaxassislar nazarida, Eron yadroviy dasturining kechikishiga o‘tgan yilning noyabr oyida eronlik fizik yadroshunos Muhsin Faxrizodaning Isroil maxfiy xizmatlari tomonidan o‘ldirilishi sabab bo‘ldi. Faxrizoda Eron yadro dasturining barcha bosqichlariga yetakchilik qilib keldi va uning jismonan yo‘q qilinishi oqibatida ayni paytda Eron hukumati uning o‘rnini bosa oladigan mutaxassis topishda qiyinchiliklarga uchramoqda.

    O‘tgan seshanba kuni Eron tashqi ishlar vaziri Eron davlat televideniyesida chiqishi chog‘ida agarda g‘arb Eronga nisbatan e’lon qilingan iqtisodiy jazo choralarini bekor qilmaydigan bo‘lsa, Eron hukumati yadro qurolini yaratishda davom etishi mumkinligini bildirdi. Eron yadro bombasini qo‘lga kiritishga harakat qilayotgani Isroil uchun xavf tug‘diradi. Eronlik yuqori martabali shaxsning yadro dasturini o‘zgartirish borasidagi seshanba kungi chiqishi Eron siyosiy hayotida kamdan kam uchraydigan holatlardan biri. Shart esa Eronga nisbatan joriy qilingan xalqaro sanksiyalarning bekor qilinishidir.

    Baydenning hokimiyatga kelish arafasida matbuotda AQShning Eronga nisbatan diplomatiyasi o‘zgaradi degan mulohazalar ham urchidi, biroq AQSh hukumati yaqinda Eronni yadro dasturi borasida muzokaralar stoliga qaytarish uchun Eronga nisbatan qo‘llanilayotgan sanksiyalarni bekor qilmasligini ma’lum qildi. Eron esa anchadan beri mamlakatdagi yadro dasturi faqat tinch maqsadlarda foydalanilajagini bildirib keladi.

    Isroil razvedkasi esa Eron 2015-yildan beri imzolangan shartnomalarni buzib yoki bajarmasdan kelmoqda. Isroil harbiy razvedkasi general mayori Tamir Hayman fikricha, Eron hukumati yadro masalasidagi vaziyatdan mamlakatning ayni paytda boshidan kechirayotgan moliyaviy inqirozni bartaraf qilishda foydalanmoqchi va shu yo‘l bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga intilmoqda.

    Shunday ekan, 2021-yil Yaqin Sharq masalasida qandaydir strategik o‘zgarishlar bo‘lishiga umid beradi. Eron ham, Hizbulloh ham iqtisodiy jazo choralarini olib tashlanishidan umidvor bo‘lsa, Falastin Jo Baydenning quvvatlovidan umid qilmoqda.

    Lavrov haqida nimalarni bilishimiz kerak?

    El Mundo nashrining yozishicha, Sergey Lavrov sobiq Sovet Ittifoqining o‘tda toblangan diplomatlaridan biri bo‘lib, bo‘sh vaqtlarida “Beatles” guruhining va Frenk Sinatraning qo‘shiqlarini eshitishdan rohatlanishi bilan birgalikda, G‘arbga nisbatan ishonchsizlik bilan qaraydi va Rossiya manfaatlari chetga surilganda jahl otiga minib, mamlakatning manfaatlarini yaralangan sherday himoya qilishga otlanadi hamda sobiq Sovet Ittifoqining qudratli bo‘lgan davrlarini qo‘msaydi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Agarda Yevropa Ittifoqi kengashi diplomati Jozep Borrel Lavrovni yaxshi o‘rganganida edi, ehtimol u bugun Moskavaga safari muvaffaqiyatsiz tugaganidan xafa bo‘lmasa ham bo‘lardi. BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan Lavrov haqida gap ketganda Rossiya tashqi ishlar vazirini “zamonamizning hurmatga sazovor diplomatlaridan biri” sifatida ta’riflaganda adashmagandi. Rossiya tashqi ishlar vazirligiga2004-yilda kelgan Sergey Lavrov g‘arblik hamkasblari orasida e’tirozlarga ham sabab bo‘lgandi. Ayrim g‘arblik diplomatlar nazarida “Lavrov eshitishdan ko‘ra, tanqid qilishga va boshqalarning u yoki bu masaladagi siyosiy rejalarini buzishdan rohatlanishga” moyil siyosatchi hisoblanadi.

    Jozep Borrelning Yevropa Ittifoqining xavfsizlik va tashqi ishlar bo‘yicha vakili sifatidagi Rossiyaga tashrifi ikki tarafning matbuot konferensiyasi uyushtirilgan paytda eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Borrel ehtimol Lavrovning sovet “dinozavri” va hozirgi dunyo tashqi siyosatining “soxta xabarlar tarqatish borasidagi ustasi faranglaridan” ekanligini bilmaganidan xafa bo‘lishi bordir. Sergey Lavrov Borrel bilan muloqoti chog‘ida Navalniyni Ispaniya xohlamaydigan Kataloniyadagi ayirmachilar qatoriga qo‘shishga jur’at topa oldi. Borrel nazarida esa, Rossiya mustaqillik uchun harakat qilayotgan kuchlarni eng yoqlamaydigan davlatdir.

    Sergey Lavrov doim o‘z harakatlarida Sovet diplomatiyasi maktabi taomillariga rioya qilgan holda harakat qilib keladi. Shu sababdan, u hamisha o‘z prezidentini himoya qilgan holda, G‘arbning “deganlari va aytganlariga” ishonchsizlik ruhi bilan qarab keladi. Rossiya manfaatlarini himoya qilishda xalqaro masalalarda tuzoq qo‘yishni yaxshi uddalab kelmoqda. Sergey Lavrov g‘arb matbuotiga bergan intervyularidan birida “Ilgari g‘arb va sovet imperiyasi mavjud edi va ular uchinchi davlatlar hududida o‘z hisob-kitoblarini to‘g‘rilashar edi. Ular hech qachon o‘z hisob-kitoblarini o‘z hududi va chegaralariga yaqinlashtirmasdi va hattoki, jamoatchilikka atalgan nutq ham anchayin yumshoq ohangda olib borilardi. O‘sha paytda ikki qutb bir-birlarining chegaralariga yaqinlashmasdi. Bugun esa bu qoidalar barham topdi”, deya javob bergandi.

    Lavrov bir paytlar Nyu-Yorkda chekishga qarshi kurash avj olganda BMT binosida chekish taqiqlanishi borasida ham g‘azabga mingandi. Ukraina va Gruziya Rossiya ta’siridan chiqishga urinib “My way” qo‘shig‘iga raqsga tushayotganda esa Putin kabi bu jarayonlarga salbiy munosabat bildirgan diplomat sifatida tilga tushgandi.

    Erkinlik masalasi haqida gap ketganda Lavrov haqiqiy ustasi farang. Uydirma va haqiqatni shunday qorishtirib yuboradiki, natijada qayerda haqiqat tugab, qayerda yolg‘on boshlanishini bilib bolmay qoladi, deydi Lavrovni yaxshi tanigan siyosatchilar. Navalniy borasida ham shunday bo‘ldi. Rossiya nazarida Navalniy o‘z xalqiga dushman va zo‘ravon. Ruslarni adashishga majburlayotgan bir kuch. Kataloniyadagi vaziyat junbushga kelgan bir tarang siyosiy vaziyatda esa u sukut saqlab, voqealarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan diplomat bo‘ldi.

    2014-yil Rossiya bilan birgalikda Sergey Lavrov uchun mashaqqatli yil bo‘ldi. Rossiya Qrimni anneksiya qildi. Rossiya xalqaro munosabatlarda ihotalandi va Sergey Lavrov o‘zini haqiqiy rus yo‘lbarsidek ko‘rsatishiga tog‘ri keldi. U, hattoki, shunday bir tarang vaziyatda chekishni kuniga to‘rt dona sigaretgacha kamaytirgan diplomat sifatida BMT koridorlarida o‘ziga xos g‘iybatlarning markaziga aylandi.

    Segey Lavrov Rossiya tashqi ishlar vaziri bo‘lgunga qadar BMTda 1994-yilda to 2004-yilga qadar doimiy vakil bo‘lib ishladi. Kosovo va Iroqdagi siyosiy voqealarda AQShning harakatlarini tanqid qildi. Ta’kidlash joizki, Segey Lavrov o‘z hamkasblari orasida kuchli xotira egasi va bo‘layotgan siyosiy voqealarga tezkor javob qiladigan diplomat sifatida ham tilga tushgan.

    Segey Lavrov singal, ingliz, fransuz tillarida erkin muloqot qila oladi. 1950-yilda Moskva shahrida tug‘ilgan bu diplomat Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini 1972-yilda tamomlagan. O‘z ish faoliyatini dastlab Shri Lankada Sovet Ittifoqining elchixonasi xodimi sifatida boshlagan.1981—1988-yillarda Sovet Ittifoqining BMT vakolatxonasida katta maslahatchi xodim sifatida davom ettiradi. Sovet Ittifoqi parchalangach esa u Rossiya tashqi ishlar vazirligining turli lavozimlarida tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangunga qadar faoliyat yuritib keldi.

    13.02.2021, 19:34   Izoh (0)   75729
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bumble tanishuv xizmati asoschisi muvaffaqiyatga o‘z kuchi bilan erishgan eng yosh milliarder ayolga aylandi

    13.02.2021, 19:11

    Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 108 milliondan oshdi

    13.02.2021, 18:10

    Oq uy Jo Baydenning Guantanamodagi qamoqxonani yopmoqchi ekanligini tasdiqladi

    13.02.2021, 17:38

    Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 4 mln kishidan oshdi

    13.02.2021, 14:40

    Kubada telefon aloqasi va internet butun mamlakat bo‘ylab ikki soatga o‘chib qoldi

    13.02.2021, 12:34

    Italiyada koronavirusning yangi shtammi tufayli cheklovlar kuchaytiriladi

    13.02.2021, 10:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.