• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Putin birorta maqsadiga erishmadi”: Bayden tashqi siyosatini sarhisob qildi

    AQSH prezidenti lavozimini tark etayotgan Jo Bayden yakuniy nutqida tashqi siyosatni sarhisob qildi. Siyosatchi asosiy natijalaridan biri Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshilik ko‘rsatish, Ukrainani muvaffaqiyatli qo‘llab-quvvatlash bo‘lganini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

    Foto: Reuters

    “Putin Ukrainaga bostirib kirishni boshlaganida, u Kiyevni bir necha kun ichida bosib olaman deb o‘ylagandi. Aslida esa urush boshlanganidan keyin Kiyevning markazida u emas, aynan men bo‘ldim. Putin hech qachon bunday qilmagan. Bu haqda o‘ylab ko‘ring! Amerika kuchlari nazorati ostida bo‘lmagan harbiy harakatlar zonasiga tashrif buyurgan yagona oliy bosh qo‘mondonga aylandim.

    Biz Putinni to‘xtatishda Ukrainaga yordam berdik. Va hozir, uch yildan so‘ng, Putin o‘zining strategik maqsadlaridan birortasiga ham erisha olmadi. U hozircha Ukrainani o‘ziga bo‘ysundira olmadi. NATOning birligini buzishga ham muvaffaq bo‘lmadi. Shuningdek, katta hududiy yutuqlarga erisha olmadi”, dedi Bayden AQSH Davlat departamentidagi chiqishida.

    AQSH prezidenti bu boradagi ishlar hali tugamagani, tashlab qo‘yilmasligini qayd etdi. Bayden 2023-yilning fevralida, ya’ni keng ko‘lamli urush boshlanganidan deyarli bir yil o‘tgach, Kiyevga tashrif buyurgandi.

    Foto: Getty Images

    Kiel Jahon iqtisodiyoti instituti ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan 2024-yil oktyabr oyi oxirigacha AQSH tomonidan Kiyevga ko‘rsatilgan yordam hajmi 88 milliard dollardan oshgan (Ukraina Yevropadan qariyb 125 milliard yevro olgan yoki olishi kerak).

    Respublikachilarning aksariyati Baydenni Ukrainaga yirik miqdordagi Amerika yordamini yuborishga qaror qilgani uchun tanqid qilib keladi. U prezidentning harakatlari Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkinligini aytgandi.

    Ba’zi ukrainalik va g‘arblik ekspertlar esa aksincha fiklaydi. Ularga ko‘ra, Bayden haddan tashqari ehtiyotkorlik ko‘rsatib, Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimoli sababli Kiyevga zarur harbiy yordamni o‘z vaqtida yubormagan.

    Xitoy va Yaqin Sharq. Bayden bu borada nimalar dedi?

    Bayden o‘z faoliyatining tashqi siyosiy yakunlarini sarhisob qilar ekan, hozir AQSHning barcha dushmanlari uning hukmronligidan oldingiga qaraganda zaiflashganini aytdi.

    “Biz bu maqsadlarga erishish uchun urush boshlaganimiz yo‘q”, dedi AQSH prezidenti.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika global maydondagi asosiy o‘yinchilar o‘rtasidagi raqobatda g‘alaba qozonmoqda. Uning iqtisodiyoti dunyodagi eng qudratli bo‘lib qoladi va Xitoy uni ortda qoldira olmaydi.

    Political risks from US-China trade war lead to increased firm exits, study  finds | KU News

    “Esingizdami, ekspertlar Xitoy iqtisodiyoti muqarrar ravishda biznikidan o‘zib ketadi, deb taxmin qilgandi. Ko‘plab prognozlarga ko‘ra, bu 2030-yilga kelib yoki undan sal keyinroq sodir bo‘lishi kerak edi. Ammo biz “yo‘q” dedik. O‘zimizga sarmoya kiritishga, ishchilarimiz va texnologiyalarimizni himoya qilishga qaror qildik. Bunday bo‘lmaydi. Xitoyning hozirgi yo‘nalishi haqidagi so‘nggi bashoratlarga qaraganda, ular hech qachon bizdan o‘zib keta olmaydi. Tamom”, dedi Bayden.

    U, shuningdek, AQSH Eron va u qo‘llab-quvvatlayotgan HAMAS hamda “Hizbulloh” guruhlarini zaiflashtirishga yordam berganini ta’kidladi. U Suriyada Tehronning yana bir mintaqaviy ittifoqchisi Bashar Asad rejimi qulashini ham eslatib o‘tdi.

    “Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Eronning bugungi mavqeyi o‘nlab yillar ichidagi eng zaif holatda. Shubhasiz, bizning harakatlarimiz bunda muhim rol o‘ynadi” dedi Bayden.

    AQSH prezidenti Isroil hukumati bilan Falastinning HAMAS guruhi o‘rtasida isroillik garovga olinganlarni qaytarish va G‘azo sektorida yarash bitimi tez orada imzolanishiga umid bildirdi.

    Foto: Belal Khaled
    “Kelishuv garovdagilarni ozod qilishga, jangovar harakatlarni to‘xtatishga, Isroil xavfsizligini ta’minlashga va urush oqibatida dahshatli azoblarni boshdan kechirgan falastinliklarga gumanitar yordamni sezilarli darajada oshirishga olib keladi”, dedi siyosatchi.

    Falastinliklarning huquqlari uchun kurashuvchi faollar Baydenni HAMASning Isroil hududiga hujumi va G‘azodagi urush boshlanganidan keyin ham Isroilga qurol yetkazib berishni davom ettirgani uchun tanqid qilmoqda.

    HAMASning hujumi oqibatida 1200 dan ortiq isroillik halok bo‘ldi, 250 dan ortiq odam asirga olindi. Isroilning G‘azoga hujumi tufayli esa 46 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Sektorning katta qismi vayron bo‘ldi, aksariyat aholi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
    14 yanvar, 11:15   Izoh (0)   4331
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Bayden#Putin#Ukrainadagi urush#Tramp

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya endi nimalarga qodir? Xitoy va Eronning maxfiy kelishuvi. Jahon matbuoti sharhi

    04.07.2020, 22:07

    Donald Tramp unutilmas AQSh prezidenti ekanligini isbotlovchi 30 ta surat

    08.11.2020, 19:40

    Rossiya va Amerika yetakchilarining uchrashuvlari shu paytgacha qanday o‘tgan? Fotogalereya

    16.06.2021, 14:36

    Putin Kiyevni 3-4 kun ichida egallashni rejalashtirgan. Washington Post Putinning Ukrainadagi rejalarini fosh qildi

    17.08.2022, 10:01

    Bayden Putinni yana diktator deb atadi

    19.09.2023, 12:24

    Falastinliklar qirg‘ini qachongacha davom etadi?

    16.10.2023, 15:12

    Jo Bayden Ukraina va Isroildagi mojarolar dunyoga taraqqiyot olib kelishiga ishonmoqda 

    19.11.2023, 14:37

    “Shols Erdo‘g‘onni ko‘ndirgan bo‘lishi mumkin” – ekspert

    21.11.2023, 20:00

    Putin Rossiya yadroviy urushga tayyorligini e’lon qildi

    13.03.2024, 08:37

    Bayden va Tramp o‘rtasidagi teledebatning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi

    28.06.2024, 10:20

    “Dunyo ustimizdan kulmoqda”: Kamala Harris va Donald Tramp ilk debatda nimalar dedi?

    11.09.2024, 09:20

    Tramp uchinchi jahon urishi yaqin oylarda boshlanishini aytdi

    13.10.2024, 11:55

    Dunyo AQSHdagi saylovlardan nima kutyapti? 

    25.10.2024, 10:21

    Tramp va Putin muloqotga tayyorligini e’lon qildi

    08.11.2024, 13:35

    Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi urush kuchaygani munosabati bilan shoshilinch topshiriq berdi 

    22.11.2024, 08:45

    “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”: Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi

    22.11.2024, 09:40

    “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin” Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi

    22.11.2024, 12:05

    “Uchinchi jahon urushi boshlandi” — Zalujniy

    22.11.2024, 14:25

    Medvedev yadroviy qurol texnologiyasini “AQSH dushmanlariga” berishni taklif qildi

    24.11.2024, 21:56

    “Bayden bildirmasdan Netanyaxudan o‘ch olmoqda”. Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vazirini jazoga torta oladimi?

    25.11.2024, 17:30

    Kim Chen In Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi 

    30.11.2024, 21:50

    Ukrainalik bolalarni deportatsiya qilishda Putinning samolyotlari va mablag‘laridan foydalanildi — hisobot 

    03.12.2024, 23:59

    “Juda kam, juda kech”— YI va Ukraina Baydenni Kiyevga o‘z vaqtida yordam bermaganlikda aybladi

    20.12.2024, 23:34

    Bayden Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni topshirdi

    26.12.2024, 10:35

    Rossiya Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha Trampning taklifini qabul qilmadi

    29.12.2024, 22:50

    “AQSH Rossiyani Ukraina bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga ko‘ndirishi kerak” — Makron 

    6 yanvar, 22:30

    Tramp Baydenni Ukrainadagi mojaroda aybladi 

    7 yanvar, 22:55

    AQSH Ukrainaga 500 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qilishi kutilmoqda — OAV

    8 yanvar, 23:55

    Trampning maxsus vakili Ukrainadagi urushni tugatish muddatini aytdi

    9 yanvar, 14:12

    Bayden yong‘inlar tufayli so‘nggi xorijiy safarini bekor qildi 

    9 yanvar, 18:40

    FT: Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroni hal qilish rejasini o‘zgartirmoqda 

    9 yanvar, 23:45

    “Gazpromneft”ning Markaziy Osiyodagi sho‘ba korxonalari AQSH sanksiyalariga uchradi

    10 yanvar, 22:15

    Los-Anjelesdagi yong‘inlarning ehtimoliy sababchisi qo‘lga olindi 

    11 yanvar, 17:30

    Bayden 15-yanvar kuni xalqqa xayrlashuv nutqi bilan chiqishi kutilmoqda 

    11 yanvar, 18:45

    Los Anjelesdagi yong‘in boy-u kambag‘alni birlashtirdi: Sheron Stoun yuk mashinalarida oziq-ovqat tarqatdi, Jeymi Li Kertis 1 million dollar xayriya qildi (foto)

    13 yanvar, 15:40

    Bayden G‘azoda o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi 

    13 yanvar, 16:25

    Sukerberg Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi 

    13 yanvar, 18:49

    Axios: Isroil HAMASdan bir sutka ichida kelishuv bo‘yicha javob kutmoqda 

    13 yanvar, 19:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52

    Samarqandga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik xonadonidan o‘lik holda olib kelindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 09:17

    Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 08:12

    Linkoln imzolagan qullikni bekor qilish hujjati 12 mln dollarga sotildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:50

    Xitoyda 300 ming yillik sirli yog‘och qurollar topildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.