Nubia Magazine nashri 2025-yilda eng ko‘rkam turk aktyorlarining reytingini tuzdi. Biroq ko‘plab muxlislar bu reyting natijalariga uncha qo‘shilishmadi.
1. Yusuf Chim
Boshqa ko‘plab turk yulduzlari singari Yusuf ham kinematografiyaga modellikdan kirib kelgan. U 2011-yilda hatto “Turkiyaning eng yaxshi modeli” unvonini qo‘lga kiritgan. “Qulupnay hidi” seriali Chim uchun chinakam debyut va muvaffaqiyatli bo‘ldi. Burak roli unga katta kinematografiya olamiga yo‘l ochib berdi. Turk aktyori nafaqat ko‘plab filmlarda suratga tushadi, balki mashhur qo‘shiqchi va musiqachi ham. Yusuf Chim ko‘rinishi, did-farosati va jozibadorligi bilan muxlislarini maftun etadi. Aktyorning muxlislari uning har bir yangi loyihasi chiqishini ishtiyoq bilan kutishadi.
2. Engin Akyurek
“Elchining qizi” seriali yulduzini turdizi muxlislari anchadan beri eng sir saqlangan turk aktyorlaridan biri deb atab kelishadi. Engin nafaqat kinoda suratga tushadi, balki kitoblar ham yozadi, shuningdek, turli reklama kampaniyalarida ishtirok etadi. Akyurek hech qachon rollar ortidan quvmaydi — u uchun ssenariyning dastlabki satrlarini o‘qigandanoq his qila oladigan personajlarni ijro etish muhim. Xarizmatik, iste’dodli, yorqin tashqi ko‘rinishga ega bu aktyor nafaqat go‘zalligi, balki professionalligi bilan ham muxlislar qalbini zabt etadi.
3. Alp Navro‘z
35 yoshli turk aktyori millionlab muxlislarga ega. Uning yorqin qiyofasi, ma’noli ko‘zlari va xarizmasi ko‘plab tomoshabinlar qalbini zabt etgan. Alp o‘z ishini sevadi, ko‘p kitob o‘qiydi, she’rlar yozadi va hayotidagi eng muhim ayol sifatida onasini ko‘radi. Yaqinda turk aktyori sevgidan ko‘ngli qolganini aytib, endi butun e’tiborini karyerasiga qaratishga qaror qildi. Navro‘z haqiqiy hayotda ham ekrandagi qahramonlari kabi zamonaviy ko‘rinadi. Aktyor tashqi ko‘rinishiga juda katta e’tibor qaratadi — ovqatlanishini nazorat qiladi va sport zaliga muntazam qatnaydi.
4. Chag‘atoy Ulusoy
Muxlislar Chig‘atoyni betakror aktyor deb hisoblashadi. Aslida uning filmografiyasida muvaffaqiyatsiz asarlar yo‘q. Chig‘atoy ishtirok etgan barcha loyihalar tomoshabinlarini topadi, ularning ijodkorlari esa ko‘zlagan daromadlariga erishishadi. Aktyor kinoga modellik sohasidan kelgan, biroq ko‘plab hamkasblaridan farqli o‘laroq, o‘zining ideal vaznini saqlab qola olmagan. Chig‘atoy semirishga moyil. Bir necha yil oldin u qattiq parhezda bo‘lib, deyarli 25 kilogrammga ozgan. Hozirda aktyor sport zalida shug‘ullanib, sog‘lom ovqatlanishga harakat qilmoqda.
5. Berker Guven
Bu 30 yoshli turk aktyoriga “Zolim Istanbul” serialidagi Nedim roli shuhrat keltirdi. Bugungi kunda uning nomi Turkiyaning eng istiqbolli va iqtidorli yosh yulduzlari ro‘yxatiga kiritilgan. Guven ko‘p mehnat qiladi, reklama roliklarida suratga tushadi. Turdizi yulduzi rol tanlashda shoshilmaydi — u faqat o‘zi his qilgan qahramonni yaxshi ijro etish mumkinligiga ishonadi. Baland bo‘yli va kelishgan aktyor nafaqat yorqin tashqi ko‘rinishi, balki yuqori darajadagi kasb mahorati bilan ham turdizi muxlislarini o‘ziga maftun etadi.
6. Kerem Bursin
Aqlli, chiroyli, xarizmatik va ziyoli — Kerem Bursinning muxlislari uni aynan shunday deb bilishadi. Turk aktyor o‘zining xarizmasi va rollarga kirishish mahorati bilan hayratga soladi. Keremning ismi nafaqat eng kelishgan, balki eng talabgor va mashhur turk yulduzlari ro‘yxatiga kirgan. U xayriya va jamoat ishlarida faol qatnashadi, ammo shaxsiy hayotini iloji boricha yashirishga intiladi. Bursin muxlislarini yangi loyihalar bilan quvontirishni ma’qul ko‘radi. Ijtimoiy tarmoqlarda u tez-tez baxtli, go‘zal va mazmunli hayotini aks ettiruvchi turli suratlar va videolarni joylab turadi.
7. Kivanch Tatlitug‘
Bu turk aktyorining nomi butun dunyo turdizi muxlislariga juda yaxshi tanish. Kivanch o‘z qahramonining butun mohiyatini chuqur his qila oladi va aynan shu tufayli uning barcha tuyg‘ulari va hissiyotlarini tomoshabinlarga osonlik bilan yetkazadi. Tatlitug‘ kino olamiga modellik sohasidan kirib kelgan aktyorlar toifasiga mansub. Baland bo‘yli, baquvvat, kelishgan Kivanch Tatlitug‘ turk seriallari muxlislarining qalbiga yo‘l topmay qolmaydi. Hozirda aktyor ishdan qisqa tanaffus olgan — u o‘g‘li bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishga harakat qilmoqda.
8. Burak O‘zchivit
U Turkiyaning haqiqiy yulduzi va ko‘plab jahon brendlarining rasmiy elchisidir. O‘zchivitning nomi bir necha yildan buyon ketma-ket eng go‘zal, talabgir va badavlat turdizi yulduzlari ro‘yxatiga kiritilmoqda va bunga to‘la haqli. Burak juda ko‘p ishlaydi, ammo har bir bo‘sh daqiqasini oilasi — go‘zal xotini va ikki o‘g‘liga bag‘ishlaydi.
9. Jan Yaman
Jan Yaman hozirda jahon kinosini zabt etishga intilmoqda va “El Turko” serialida rol ijro etib, bu yo‘ldagi birinchi qadamini tashladi. Burak O‘zchivit kabi Jan ham bir necha yildan beri eng kelishgan va muvaffaqiyatli turk aktyorlari ro‘yxatiga kirib kelmoqda va bu hech kimni ajablantirmaydi. Yaman modellik va kino sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga erishdi, shuningdek, u xayriya ishlariga katta e’tibor qaratadi.
10. Burak Deniz
“Malikam, endi qara” seriali yulduzi o‘z faoliyati davomida birinchi marta shunday reytingga kiritildi. Odatda Burakni xarizmatik, ko‘p qirrali va betakror mimikaga ega aktyor deb ta’riflashadi. Aytgancha, u o‘zini kelishgan deb hisoblamaydi. Burak bir suhbatda uning uchun shunchaki chiroyli bo‘lishdan ko‘ra, mard va jozibador bo‘lish muhimroqligini aytgan.
Izoh (0)