• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    Razvedka har doim urushlar va qurolli to‘qnashuvlarda g‘alabani taʼminlovchi asosiy omillardan biri bo‘lib kelgan. Hozirda dunyoning yetakchi davlatlari bu amaliyotni sunʼiy yo‘ldoshlardan tashqari, yuqori balandlikda parvoz qiluvchi samolyotlar va dronlar yordamida olib boradi. Ayniqsa, ikkinchisi ancha murakkab texnologiya hisoblanadi. Ular 20-25 kilometrdan yuqori balandlikda uchishi, aloqa signallari yoki navigatsiya maʼlumotlarini uzatishi lozim.

    U-2

    Yuqori balandlikdan razvedka maʼlumotlari to‘plovchi samolyotlarni ilk bor Qo‘shma Shtatlar ishlab chiqardi. Mamlakat 1957-yildan boshlab Lockheed U-2 razvedkachisi bilan Sovet Ittifoqidagi obyektlarni kuzata boshlagan. Taxminan 20 kilometr balandlikda parvoz qilgan samolyot uzoq vaqtga qadar ana shu davr qiruvchilari hamda havo mudofaa tizimlari uchun daxlsiz bo‘lgan.

    U-2 Dragon lady samolyoti
    U-2 Dragon lady samolyoti
    Foto: Lockheed Martin

    Yaʼni sovetlar uning mavjudligini bilar, biroq urib tushira olmasdi. Bu 1960-yilning 1-may kuniga qadar davom etdi. O‘shanda samolyot ilk bor zenit-raketa kompleksi tomonidan Sverdlovsk yaqinida urib tushirildi. Hodisa natijasida uchuvchi F. Pauers asir olinib, KGBning Qo‘shma Shtatlardagi josusi bilan almashtirildi. Keyinroq voqea haqida “Josuslar ko‘prigi” nomli mashhur film suratga olindi.

    Josuslar ko‘prigi filmidan epizod
     
    “Josuslar ko‘prigi” filmidan epizod
    Foto: Tarmoqdan

    Samolyotning U-2S Dragon Lady modifikatsiyasi hozirga qadar ham xizmat qilmoqda. AQSH qurolli kuchlari ulardan Meksika bilan chegarani kuzatishda foydalanyapti. Havo bortlarini 2026-yildan boshlab xizmatdan chiqarish ko‘zda tutilgan.

    U-2 yuqori balandlikda parvoz qiluvchi razvedkachi samolyotlar ichida pioner hisoblanadi. Shundan so‘ng SR-21 Blackbird nomli yana bir samolyot ishlab chiqarildi. Yuqori tezligi sabab uni na havo mudofaa tizimlari, na qiruvchi samolyotlar tutib ololmagan.

    SR-71 Blackbird samolyoti
    SR-71 Blackbird samolyoti
    Foto: Military Magazine

    RQ-4 Global Hawk

    Texnologik taraqqiyot inson tomonidan boshqariladigan samolyotlarni dronlarga almashtirish imkonini berdi. Dastlabki namunalar Vyetnam urushi vaqtida qo‘llanila boshlagan bo‘lsa-da, ularni soha uchun blitskrig deb bo‘lmasdi. Biroq o‘tgan asr oxiriga kelib RQ-4 Global Hawk strategik razvedkachi droni namoyish etildi. Uni ishlab chiqish bilan Northrop Grumman kompaniyasi shug‘ullandi. Dastlabki namuna 1998-yili sinovdan o‘tdi.

    Global Hawk’ning asosiy vazifasi – ISR (Intelligence, Surveillance, Reconnaissance), yaʼni razvedka, kuzatuv va maʼlumot yig‘ish hisoblanadi. U 18 ming metr balandlikka ko‘tarilishi, 32 soat davomida havoda havoda qolishi mumkin. Parvoz masofasi 22 kilometrni tashkil qiladi.

    MQ-4 Global Hawk droni
    MQ-4 Global Hawk droni
    Foto: AF.mil

    Dron ektro-optik kamera, infraqizil kamera va radarlar sharofati bilan Kaliforniya shtatiga teng hududni kuzatishi, 200-300 km uzoqlikdagi harakatlanayotgan obyektlarni aniqlashi mumkin. Qolaversa u 500 km radiusdan taralayotgan elektromagnit nurlanishni tahlil qilish xususiyatiga ega.

    U ilk bor 2001-yili Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlarda qo‘llanildi. Keyinchalik drondan Iroq, Liviya, Suriya va Rossiyani kuzatishda foydalanildi. Bundan tashqari, qurilma tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarni baholash uchun BMT missiyalariga ham jalb etilgan.

    Uchuvchisiz uchish qurilmasining yuqori texnologik imkoniyatlariga qaramay, AQSH ularni bosqichma-bosqich xizmatdan chiqarmoqda. Uning o‘rnini yanada ilg‘orroq, eng muhimi “stels” xususiyatiga ega dronlar egallayapti.

    RQ-180

    RQ-180 Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan yana bir strategik razvedkachi dron hisoblanadi. U haqida maʼlumot kam. Boisi tadqiqot bosqichidan konveyrga qo‘yishga qadar jarayon yuqori maxfiylikda olib borilgan. Northrop Grumman ko‘plab tafsilotlarni jamoatchilikdan yashirgan.

    RQ-180 droni F-35 qiruvchisi bilan qiyoslanganda
    RQ-180 droni F-35 qiruvchisi bilan qiyoslanganda
    Foto: The War Zone

    Uchuvchisiz uchish qurilmasining ilk prototipi 2010-yilning 3-avgust kuni Nevadaning “51-Zona” harbiy aerodromidan havoga ko‘tarildi. Ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, dastlabki namuna 2017-yili xizmatga topshirilgan. RQ-180 loyihasi AQSH harbiy havo kuchlarining maxfiy byudjeti orqali moliyalashtirilgan. Northrop Grumman kompaniyasining hisobotlariga ishonilsa, loyiha qiymati qariyb 2 milliard AQSH dollariga teng.

    Mazkur dronning asosiy afzalligi uning stels xususiyatida. Yaʼni qurilma radarlarda ko‘rinmaslik uchun maxsus korpus va tuzilishga ega. Ayniqsa aerodinamik sxema avvallari faqat sport planerlari uchun xos bo‘lgan shaklda qurilgan. Bu unga raqib havo mudofaa tizimlari mavjud bo‘lgan hududlarda ham parvoz qilish, dushman hududiga chuqur kirib borish imkonini beradi.

    RQ-180, shuningdek, o‘zining yuqori tezligi bilan mashhur SR-71 razvedkachi samolyotining missiyalarini ham o‘z zimmasiga olgan bo‘lishi mumkin. Biroq qurilma haqida maʼlumot kamligi bois bu ekspertlarning kuzatuvlariga asoslangan taxmindan boshqa narsa emas. Biroq dron chindan ham yuqori tezlik va stels xususiyatlarini mujassamlashtira olgan bo‘lsa, bu uni havo mudofaa tizimlari uchun haqiqiy muammoga aylantiradi.

    The RQ-180 Drone Will Emerge From The Shadows As The Centerpiece Of An Air  Combat Revolution

    Taxminlarga ko‘ra, RQ-180 razvedka olib borishning faol va passiv vositalariga ega. Bundan tashqari, u elektron urush olib tizimlari bilan ham qurollangan. Bu dronga “havo-havo” raketalari hamda zenit raketa tizimlarining hujumidan himoyalanish uchun zarur.

    Qurilma, shuningdek, B-2, B-21 bombardimonchilari, F-22 va F-35 qiruvchi samolyotlari uchun aloqa retranslyatori sifatida xizmat qilishi mumkin. RQ-180 bir sutka davomida havoda qolishi, 24 ming kilometrgacha masofani bosib o‘tishi aytiladi. Uning narxi taxminan 100 million AQSH dollariga baholanadi.

    WZ-7 Soaring dragon

    Xitoy o‘z texnologik yutuqlaridan harbiy sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, jumladan strategik balandlikda parvoz qiluvchi dronlar ishlab chiqarishda foydalandi. Biroq mutaxassislar dastlabki namunani unikal deb atashdan o‘zini tiyadi. Boisi u Qo‘shma Shtatlarning RQ-4 Global Hawk tizimini yodga solib yuboradi. Uning nomi Chengdu WZ-7 Xianglong (Soaring dragon) bo‘lib, allaqachon seriyali ishlab chiqarishga olingan.

    WZ-7 Soaring Dragon
    WZ-7 Soaring Dragon
    Foto: TWZ

    Dron uzunligi 14,3 metrni, qanotlari kengligi esa 25 metrni tashkil qiladi. U 650 kilogrammgacha bo‘lgan og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarishi mumkin. Turboreaktiv dvigatel sharofati bilan qurilma o‘z tezligini 950 km/soatgacha oshirishi mumkin. Uchish masofasi esa 7000 kilometrni, maksimal balandligi esa 18 ming metrni tashkil qiladi. WZ-7 taxminan yarim ming kilometr uzoqlikni kuzatib, razvedka maʼlumotlari to‘plashi mumkin.

    G‘arbda qurilmani Soaring Dragon, yaʼni parvozdagi ajdaho deb atashadi. Ishlab chiqaruvchi Xitoyning Chengdu Aircraft Industry Group kompaniyasi hisoblanadi. U ilk bor 2009-yili maket holida ko‘rsatilgan. 2021-yildan boshlab esa xizmatga qabul qilingan. Xitoyliklar mazkur modeldagi dronlardan Janubiy Xitoy dengizi va Tayvan bo‘g‘ozida razvedka maʼlumotlari to‘plash uchun foydalanmoqda.

    WZ-8

    Biroq xitoyliklar izlanishlarni shu bilan to‘xtatib qo‘ygani yo‘q. 2019-yilgi harbiy paradda aerodinamik tuzilishi Lockheed D-21 va NASA X-43 uchuvchisiz uchish qurilmalarini yodga solib yuboradigan yana bir dron namoyish etildi. Uning modeli WZ-158 bo‘lib, gipertovushli strategik razvedkachi drondir. U ilk bor 2019-yilda Pekindagi harbiy paradda ommaga namoyish etilgan va gipertovush tezligida parvoz qilishi mumkin deb ishoniladi. Qolaversa, u o‘ziga xos aerodinamik dizayn — delta qanot sxemasi, ingichka fyuzelyaj hamda vertikal stabilizatorlar bilan ajralib turadi.

    Maʼlumotlarga ko‘ra, WZ-8 olti max (7380+ km/soat) tezlikka erishishi, maksimum 50 km balandlikka chiqishi mumkin. Eʼtiborlisi, u havoga mustaqil ko‘tarilmaydi. Qurilma H-6M strategik bombardimonchi samolyotidan ishga tushiriladi.

    WZ-8 dronlari Pekindagi harbiy paradda
    WZ-8 dronlari Pekindagi harbiy paradda
    Foto:Tarmoqdan

    WZ-8 Xitoy harbiy qudratining oshib borishida o‘zi uchun xavf ko‘radigan davlatlarda xavotirni kuchaytirdi. G‘arbning ayrim tahlilchilari qurilmani SR-71 Blackbird samolyotining dron versiyasi sifatida baholagan. Agar rasmiy maʼlumotlarga ishonilsa, xitoyliklar droni Qo‘shma Shtatlarning RQ-4 Global Hawk va RQ-170 Sentinel uchuvchisiz uchish qurilmalaridan texnologik ustunlikka ega.

    Biroq u amerikalik raqiblaridan farqli, hali real jangovar sharoitda sinovdan o‘tkazilmagan. Bundan tashqari, WZ-8 dronlarining stels xususiyati, aloqa uzatish imkoniyati va boshqa jihatlari haqida ko‘plab javobsiz savollar mavjud.

    Saetbyol-4

    Qo‘shma Shtatlarning RQ-4 Global Hawk dronidan faqat xitoyliklar ilhomlangan deyish xato bo. Uning texnologiyasiga asoslangan, balki nusxa ko‘chirgan yana bir davlat KXDR hisoblanadi. Pxenyan tomonidan ilk bor 2023-yili namoyish qilingan qurilmaning tuzilishi AQSH dronidan deyarli farq qilmaydi. Uning nomi Saetbyol-4 bo‘lib, “Sohil yulduzi” degan maʼnoni anglatadi. 

    China assists North Korea in copying American RQ-4 Global Hawk drone with  Saetbyol-4 – Global Defense Corp

    Biroq Saetbyol-4 dronining texnik ko‘rsatkichlari nomaʼlum. Shunga qaramay, uning misli ko‘rilmagan sanksiyalar sharoitda ishlab chiqarilgani ko‘pchilikning eʼtiborini tortgan. Baʼzi taxminlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya dronga oid texnologik chizmalarni Erondan olgan bo‘lishi mumkin. Boisi Eron Qo‘shma Shtatlarning RQ-4 Global Hawk dronini 2019-yili Hormuz bo‘g‘ozida urib tushirgan edi.

    Hozir razvedka olib borishning eng qimmat, shu bilan birga eng samarali usuli sunʼiy yo‘ldoshlar hisoblanadi. Biroq qurolli mojaro kelib chiqqan taqdirda, ular raqib tomon uchun ustuvor nishonga aylanadi. Qolaversa, sunʼiy yo‘ldosh orqali uzatilgan axborotlarda qisman kechikish yuz berishi mumkin. Shu bois ham strategik balandlikka ko‘tarila oladigan razvedkachi dronlar hanuz diqqat markazida turibdi.

    3 iyun, 20:40   Izoh (0)   2533
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#Rossiya#Sovuq urush
    Humoyun Tojiddinov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniya qirollik oilasi Keyt Middlton o‘limi ehtimoliga reja ishlab chiqdi

    Dunyo | 5 iyun, 14:55

    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi

    Reklama | 5 iyun, 15:00

    Lamin Yamal “Real”da o‘ynaydimi?

    Sport | 5 iyun, 14:50

    O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy—Mo‘g‘uliston koridorida birinchi yuk tashuvi amalga oshirildi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 14:40

    Ismi ortidan milliardlab dollar topadigan jahon yulduzlari

    Layfstayl | 5 iyun, 14:35

    Hajda issiq haroratga qarshi choralar ko‘rilmoqda

    Dunyo | 5 iyun, 14:25

    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

    Reklama | 5 iyun, 13:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.