Hindistonning Kashmir vodiysini mamlakatning boshqa hududlari bilan bog‘lovchi dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi. Bu haqda bosh vazir Narendra Modi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Ko‘prik Chenob daryosi ustidan o‘tadi. U dengiz sathidan 359 metr balandlikda qurilgan. Inshootning umumiy uzunligi 1,3 kilometrdan ortiqni tashkil etadi.
Chenob temir yo‘l ko‘prigi dizayndagi ixtirochilik va qurilish mahoratini namoyish etadi. U aloqalarni mustahkamlaydi, shu tariqa savdo-sotiq, tijorat va turizmni rag‘batlantiradi, dedi Hindiston bosh vaziri.
6-iyun kuni ko‘prikdan ilk bor ikkita yo‘lovchi poyezdi o‘tgan. Mazkur ko‘prik 272 kilometrlik Udxampur—Srinagar—Baramulla (USBRL) temiryo‘l liniyasining bir qismi hisoblanadi. U Jammu va Kashmirning olis hududlarini Hindistonning qolgan qismi bilan bog‘laydi.
2003-yilda boshlangan qurilish ishlari Hindistonga 160 million dollarga tushgan. Ko‘prikda -10 darajadan +40 darajagacha bo‘lgan haroratga chidamli po‘lat materiallardan foydalanilgan.
Izoh (0)