Buyuk Britaniya politsiyasi terrorizmga qarshi kurash doirasida yetti nafar Eron fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda The Independent xabar berdi.

Mamlakatning turli hududlarida ikkita alohida operatsiya o‘tkazilib, jami sakkiz kishi ushlangan. Ularning yetti nafari Eron fuqarosi hisoblanadi. Ular aniq bir obyektga hujum qilishga tayyorgalik ko‘rganlikda ayblanmoqda. Politsiya tergov manfaatlaridan kelib chiqib na obyekt manzilini, na gumonlanuvchilar shaxsini oshkor qilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim shaxslar London va uning atrofida, boshqalari Manchester va uning chekkalarida, yana biri esa Svindon shahrida qo‘lga olingan. Hozirda bir nechta manzilda tintuv ishlari davom etmoqda.
Skotland Yardning terrorizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Dominik Myorfining so‘zlariga ko‘ra, tergov hozircha dastlabki bosqichda va politsiya gumonlanuvchilar qo‘lga olinganidan keyin fuqarolarga tahdid saqlanib qoladimi yoki yo‘qligini aniqlashga harakat qilmoqda.
Izoh (0)