• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sobiq fransuz prezidenti d’Estyenning o‘limi, Yaqin Sharqda kutilayotgan siyosiy mojarolar, AQSh-Xitoy munosabatlarining kelajagi. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tib borayotgan haftada dunyo matbuotida e’lon qilingan va muhokama markazida bo‘lgan maqolalar sharhi bilan tanishtiradi.

    Kremlning do‘sti va G7 tashkilotchisi Valeri Jiskar d’Estyen haqida

    Fransiyaning sobiq prezidenti Valeri Jiskar d’Estyen koronavirusdan vafot etdi, deb yozadi BBC nashri. Parijning 16-okrugidagi katta kvartirasida tarixning izi ko‘rinardi. Kvartiradagi Fransiya tarixiy shaxslarining portretlari, fransuz madaniyatining haykaltaroshlik namunalari, italyancha uslubdagi qadimiy mebel jihozlari uning o‘zi bilan birgalikda chorshanba kuni tarixga aylandi.

    Jiskar d’Estyen va Gelmut Kol

    Jiskar d’Estyen va Gelmut Kol
    Foto: Getty Images

    Jiskar d’Estyen fransuz prezidentlari orasida eng uzoq umr ko‘rgan prezident sifatida ham tarixda qoldi. 94 yosh – salkam bir asr Jiskar d’Estyenning o‘zini ham tarixga aylantirdi. Fransuzlar uni “eks” – “sobiq” deya ataganlarida gap kim haqida ketayotganini anglab olsa bo‘lardi.

    Jiskar d’Estyen Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, 1957-yilda Rim shartnomasini imzolab, bugungi Yevropa Ittifoqini vujudga kelishiga hissa qo‘shgan tarixiy shaxslardan biri sifatida xotirlanadi. Uning siyosiy qarashlari asosan konservativlikka moyil bo‘lsa-da, sobiq prezident umrining oxirigacha fikrlashining tiniqligi bilan fransuz siyosatdonlari orasida fikri tosh bosadigan sobiq prezident sifatida e’tirof etib kelindi.

    Parij-Bon o‘qi tashkilotchisi 1926-yilning 2-fevral sanasida Germaniyaning Koblents shahrida dunyoga keldi. Jiskar d’Estyenning oilasining kelib chiqishi nemis muzofotiga to‘g‘ri kelib qolgani nemislarga yoqmasa-da, dadasi ANTANTA tarafidan ishg‘ol qilingan Reyn viloyati boshqarmasida faoliyat yuritardi. Jiskar d’Estyenning onasi Burbon sulolasining uzoq qarindoshi edi.

    Jiskar d’Estyen 36 yoshida Fransiyaning eng yosh moliya vaziri sifatida ish boshlaydi va bu lavozimni de Goll va Jorj Pompidu prezidentligi davrida umumiy hisobda to‘qqiz yil davomida egallab keladi. Raqamlarni xushlamaydigan de Goll undan iqtisoddagi raqamlar haqida so‘rashganda, “Jiskardan so‘rang, uning xotirasi yaxshi va siz xohlagan ma’lumotni beradi”, deya javob qaytarardi. Ittifoqchilar qo‘shinlari Normandiyaga desant tushirgan paytda Jiskar d’Estyen de Goll armiyasiga ixtiyoriy tarzda qo‘shiladi va fransuz hamda amerikalik harbiylarning bir qator urushda ko‘rsatgan qahramonligi uchun medallari bilan taqdirlanadi.

    Urushdan keyingi davrda Jiskar d’Estyen Fransiyaning eng nufuzli Milliy politexnika maktabi va Milliy boshqaruv maktabini tamomlaydi. 29 yoshida Milliy kengashning deputati bo‘lib saylanadi. Yosh vazir xonasida AQSh prezidenti Jon Kennedining surati turar, jurnalistlar yosh vazir prezident bo‘lish niyati bormi, deb so‘rashganda, Jiskar d’Estyen “Ha” deb javo berardi. 1974-yilga kelib, Jiskar d’Estyenning azaliy orzusi ro‘yobga chiqdi. Prezidentlik saylovlarida u Fransua Mitteranni kichik hisobda mag‘lub etib, Fransiya prezidenti bo‘ldi.

    Jiskar d’Estyenning prezidentlik davri Fransiya tarixida ulkan qurilishlar davri bo‘ldi: temiryo‘llar qurildi, atom elektrostansiyasi bitkazildi, aholining turmush darajasi farovonlashdi, saylov yoshi 18 etib belgilandi, Yevropa va okeanorti munosabatlari ancha barqarorlashdi. Jiskar d’Estyen prezidentlik davrida nemis hamkasbi Xelmut Kol bilan til topa oldiki, bu hozirga qadar Yevropa Ittifoqi rahbarlari orasida iliq xotiralar bilan esga olinadi.

    Jiskar d’Estyen va Jak Shirak siyosiy ittifoqchilar.

    Jiskar d’Estyen va Jak Shirak siyosiy ittifoqchilar.
    Foto: Getty Images

    Uning tashabbusi bilan 1975-yilda Katta yettilik davlatlari rahbarlari Fransiyadagi Rambuya shahrida ilk marta uchrashuv o‘tkazdi. 2001-yilda Jiskar d’Estyen katta siyosatdan ketganiga 20 yil bo‘lganiga qaramasdan, Yevropa Ittifoqi rahbarlari sobiq prezidentdan Yevropa Ittifoqi konstitutsiyasini ishlab chiqishda bosh bo‘lishini iltimos qildi. Fransuz saylovchilari mazkur loyiha uchun ovoz bermagan bo‘lsa-da, bu loyiha 2009-yilga kelib Lissabon shartnomasi nomi ostida amaliyotga tatbiq qilindi.

    Jiskar d’Estyen Yevropani birlashtirgani uchun Jan Mone fondi oltin medali, Buyuk Karl premiyasi va de Goll-Adenauer jamg‘armasi mukofotlariga sazovor bo‘ldi. So‘nggi paytlarda u Brekzit atrofidagi tortishuv va bahslar haqida fikr bildirar ekan, “Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishi unchalik ham katta yo‘qotish emas, chunki Britaniya azaldan Yevropa siyosatidan ayro ish tutib kelgan”, degan fikrlarni bildirgandi. Shuningdek, Jiskar d’Estyen de Gollning antiamerikacha kayfiyatini yoqlamasdan, Fransiyada NATO kuchlari bo‘lishi kerak, degan g‘oyani ilgari surib kelgan bo‘lsa-da, uning g‘oyalari 2009-yilga kelib amalga oshdi.

    Sobiq prezidentning Sovet Ittifoqi bilan ham aloqalari o‘ziga xos edi. Boshqa g‘arb davlatlariga solishtirganda Jiskar d’Estyen hattoki Leonid Brejnev bilan o‘z sog‘lig‘i borasidagi axborotlar bilan fikr almashardi. Fransuz prezidenti Moskvada 10 dan ortiq tashrif bilan bordi. Qrim borasida esa Jiskar aylanma va mavhum javoblar berishi bilan ham mashhur. Uning nazarida, Qrimdagi vaziyatni bartaraf qilish uchun o‘lkada takroriy referendum o‘tkazish eng maqbul yo‘l sifatida baholanadi.

    1985-yilda Jiskar d’Estyen ikkinchi muddatga prezident sifatida nomzodini ko‘rsatdi, ammo azaliy raqibi Fransua Mitteranga saylovlarda mag‘lub bo‘ldi. U Napaleonning Moskvaga qadam qo‘yishi va “Malika va prezident” asarlari muallifi hisoblanadi. Uning ikki o‘g‘li va ikki qizi bor. 61 yoshli o‘g‘li Lui hozirda Estyenlar shaharchasining hokimi sifatida faoliyat yuritadi.

    Muhsin Faxrizodaning o‘limi Yaqin Sharq diplomatiyasiga qanday ta’sir qiladi?

    Eronlik fizik olim Muhsin Faxrizodaning o‘ldirilishi Isroil va Jo Baydenning Yaqin Sharqdagi diplomatiyasiga qanday ta’sir qilishi bir qator muammolarni yuzaga keltirib chiqaradi, deb yozadi Turkiye nashri.

    O‘tgan hafta Eron uchun katta yo‘qotishlar haftasi bo‘ldi. Mamlakat yadro fizikasi otasi bo‘lmish Muhsin Faxrizoda Tehrondan uncha uzoq bo‘lmagan joyda o‘ldirildi. Bundan avval esa Qosim Sulaymoniy AQSh tarafidan o‘ldirilgan edi. Eron hukumatining Faxrizoda o‘limi yuzasidan Isroilga qanday javob berishi ancha qiziq.

    Foto: Getty Images

    Qiziq jihati shundaki, Qosim Sulaymoniy va Muhsin Faxrizodaning o‘ldirilishi Isroilning xavfsizlik kuchlari Mossad bilan aloqador. Dunyo matbuoti bu ikki  o‘limda Isroil xavfsizlik kuchlari AQSh va boshqa ittifoqchi davlatlarining ma’lumotlarini sinchiklab o‘rganganini iddao qilib xabar tarqatdi.

    Faxrizodaning qotilligi bir qator savollarni yuzaga chiqardi. Avvalo Yaqin Sharqdagi siyosiy qotillik so‘nggi paytlarda qotillik, iqtisodiy jazo choralari va terrorizm yordamida amalga oshirilmoqdami, Eron va Isroil o‘rtasidagi adovatni hisobga olgan holda, so‘nggi paytlarda bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda Isroil tarafi provakatsion usullardan foydalanib, Eronga zarba berishni istamoqdami va Faxrizodaning o‘limi bir tarafdan Eron, ikkinchi tarafdan Isroil va Bayden boshchiligidagi AQSh munosabatlariga qayt tarzda ta’sir qiladi kabi savollarga javob berish talab etiladi.

    Qotillik Eronda kuzatilgan yagona hodisa emas, bundan avval ham Isroil xavfsizlik kuchlari eronlik olimlarni jismonan yo‘q qilishda bir qator harbiy amaliyotlar o‘tkazgan. Misol uchun, 2010-yilda Imom Husayn universiteti professori Mas’ud Ali Muhammadiy Tehron yaqinida yuz bergan terakt natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Harakatga keluvchi bomba Mas’ud Ali Muhammadiy avtomobili yonidagi mototsiklga joylashtirilishi natijasida portlagan va professor hayotdan ko‘z yumgan edi. Keyinroq esa Behishti universitetining fizik olim professori Majid Shahriyori va Faridun Abbosi ham terakt qurbonlariga aylandi. Faridun yengil tan jarohati olib, sog‘ayib ketdi.

    2012-yilning yanvar oyida Tehron sharqida Natanz yadro tadqiqot institutining professori Mustafo Ahmad Ravshaniy terakt qurboniga aylandi. Mototsiklda harakatlanayotgan ikki noma’lum shaxs Ravshaniy avtomobiliga portlovchi uskunani uloqtirib, voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan edi. Eron hukumati mazkur voqeada ham Isroil hukumatini ayblab chiqdi. 2012-yil may oyida Tehrondagi Evin qamoqxonasida Majid Jamol Foshiy eronlik fizik olimlarga suiqasd uyushtirganlikda ayblanib qatl qilindi.

    Bu yilgi Eronda inqilobiy kuchlarga daxldor bo‘lgan namoyondalarning o‘ldirilishi, jumladan, Qosim Sulaymoniyning qotilligi-yu Muhsin Faxrizodaning o‘limi xalqaro huquq normalarining qo‘pol ravishda buzilishi, Erondagi maxfiy qo‘poruvchilik amaliyotlari va yong‘inlar, AQShning Eronga nisbatan kiritgan iqtisodiy jazo choralari – hammasi Eronga nisbatan nomlanmagan ayovsiz kurash ochilganidan dalolat.

    Qiziq jihati shundaki, Eron raqiblari o‘z dushmanlarini bir qadam ortda qoldirmoqda. Rasmiy Tehron esa o‘z raqiblari Tel-Aviv va Vashingtonga javob qaytarishda qiynalib qolmoqda. Bu esa Isroilni Eronga nisbatan yangi hujum va hamlalarga rag‘batlantirmoqda. Tehron bu qadami orqali yangi prezident Jo Bayden hukumati bilan yangi imzolanadigan shartnomalardan umidvor bo‘layotgan bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas.

    Foto: “Khamenei.ir”

    Eron Isroilga qarshi javob choralarini ham ko‘rishi mumkin, biroq AQSh Isroil tarafini olishi rasmiy Tehronni o‘z harakatlarini paysalga solishga undayotgani taxmini ham mavjud. AQShdagi yahudiylarning lobbisi esa nafaqat Trampni, balki Baydenni ham Tehronga nisbatan o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiluvchi omil bo‘la oladi.

    Eron ham “Hizbulloh” guruhi orqali Isroildagi vaziyatga “aralashishi” mumkin, biroq Eronning Isroildagi harakatlarini amalga oshiradigan zaxira mavjud emas. Isroil esa radikal qadamlari bilan Bayden hukumatini Eronni jilovlash borasida turli vositalardan foydalangan holda o‘z o‘qi atrofiga olmoqchi ko‘rinadi. Netanyaxuning asosiy maqsadi esa Eronni kutilmagan xatoga yo‘l qo‘yishga undash orqali, Vashingtonni Eronga qarshi keskin choralar ko‘rishga majbur qilish bo‘lib qolmoqda. Isroil uchun Baydenning Eron bilan yadro kelishuvi borasida imzolangan shartnomani qayta ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Eron esa sabrli bo‘lishga mahkum.

    Yomonlashgan AQSh-Xitoy munosabatlarini Bayden qanday qilib yaxshilaydi?

    Donald Tramp prezidentligi Xitoy va AQSh munosabatlarining eng yomonlashgan davri sifatida tarixda qoldi. Savdo urushlari, iqtisodiy jazo choralari, xitoylik amaldorlar uchun tatbiq qilingan AQShga kirib chiqish borasidagi cheklovlar ikki mamalakt o‘rtasidagi munosabatlarni ancha yomonlashtirdi, deb yozadi “Lenta.ru” nashri.

    Sovet Ittifoqi parchalangach, hozirda Xitoy AQShning eng asosiy raqibiga aylandi. Nashr muallifi fikricha, Xitoy va AQSh munosabatlarining sovuq urush holatiga kelishida amaldagi prezident Donald Tramp aybdor. Tramp Jo Baydenning Xitoyga nisbatan kayfiyatini bilgandek Vashington va Pekin o‘rtasidagi munosabatlarni yanada boshi berk ko‘chaga kirib qolishini istayotgandek harakat qilmoqda. Jo Bayden AQSh va Xitoy munosabatlarini qay tarzda yaxshilay olishi mumkin, degan savol esa barchaga qiziq.

    2001-yilda Bayden Shinjondagi uyg‘urlar huquqlarining poymol qilinishi, repressiyalarga ko‘z yumgan holda Xitoy rahbariyatini “dunyo iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasini” olqishlab chiqqandi. Bu esa Baydenning nozik raqiblar bilan qanday til topisha olishidan bir namuna ham bo‘lgandi.

    Oradan yigirma yil o‘tdi va Xitoy dunyo iqtisodiyotining yuragiga aylanishga ulgurdi, ammo o‘z tizimini demokratlashtirish yoki g‘arb andozalarini qabul qilish borasida bir qadam ham tashlamadi. Xitoy uchun innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bosh maqsadga aylandi. AQSh va g‘arbning inson huquqlarini poymol qilish borasidagi ayblovlari Xitoyni chetlab o‘tmoqda. Qolaversa, Tramp aytganidek, Xitoyning JSSTdagi ishtiroki “AQSh uchun halokatli” ta’sirga ega bo‘lmoqda.

    Foto: Getty Images

    Sobiq AQSh prezidenti Xitoy haqida fikr bildirar ekan, “2008-yildagi iqtisodiy inqiroz davrida Xitoyga nisbatan savdo urushi olib borolmasligini” ma’lum qildi. Obamanng kechikkan savdo urushini Tramp amalga oshirdi. Tramp Si Szin Pinni “buyuk shaxs” deb atagan bo‘lishiga qaramasdan, ikki gigantlarning munosabatlari ancha keskinlashdi. Biznesmen prezident hisob qilib ko‘rsa, osiyolik do‘sti AQShda yiliga 300–400 milliard dollar pul ishlab olmoqda, amerikaliklar esa Xitoyda buncha pul topishdan mahrum. Biznesmen prezident darhol Xitoyni siquvga olishga kirishib ketdi.

    Tramp o‘z ishini Xitoy mahsulotlariga boj to‘lovlarini oshirishdan boshlab yubordi. Sekin-asta boshqa cheklovlar ham tatbiq qilindi. 2020-yil boshlarida ikki mamlakat munosabatlarni hal qilib olish borasida muzokara o‘tkazishga urinib ko‘rdi-yu, ammo muzokaralar oxiriga yetmay to‘xtab qoldi. Tramp Xitoyni koronavirusni tarqatganlikda ayblay boshladi va COVID-19 ni Xitoy virusi deb atab oldi. Vaziyat shu darajaga borib yetdiki, AQSh Xitoyni Shinjondagi uyg‘ur xalqining huquqlarini buzganlikda, Xitoy texnologik kompaniyalarining noqonuniy xatti-harakatlari, rasmiy Pekinning Tayvan, Gongkong va Janubiy Xitoy dengizidagi agressiv harakatlarda ayblay boshladi va hattoki Xyustondagi Xitoy konsulligi yopilishini e’lon qildi.

    Bayden esa Xitoy borasida qanday siyosat tutishini sobiq siyosatchi Genri Kissinjerning mazkur gaplari ham isbotlaydi. U bir nutqida “Agar Xitoy bilan munosabatlar qayta tiklanmasa, dunyo hamjamiyati Birinchi jahon urushiga borib qoladi… Natijada, inqiroz yuz beradiki, bu inqirozni hech qanday dialog bilan to‘g‘rilab bo‘lmaydi, dunyo nizo yoqasiga kelib qoladi”, degan edi. Xitoy bilan AQSh siyosatini qayta ko‘rib chiqish borasida fikr bildirmoqda. Biroq Xitoydagi siyosatchilar nazarida Jo Bayden davrida AQSh va Xitoy munosabatlari Obama davridagidek bo‘lmasligiga ko‘proq ishonadi. Ayrim xitoylik siyosatshunoslar esa Bayden va rasmiy Pekin munosabatlari ko‘p tomonlama hamkorlik asosiga qurilishi haqida fikr bildirmoqda.

    Bayden o‘z saylovoldi kampaniyasining shioridan kelib chiqqan holda ish yuritadi (Build back better). Bu shior Tramp davrida ikki qutbga bo‘linib ketgan amerikaliklarni birlashtirish va AQShdagi ilmiy tadqiqot institutlarini samarali moliyalashtirishdan iborat. Bu siyosat esa o‘z-o‘zidan AQSh va Xitoy o‘rtasidagi raqobat davom etajagidan dalolat.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    05.12.2020, 10:13   Izoh (0)   47807
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farer orollarida dunyodagi birinchi suvosti avtomobil yo‘li bog‘lanmasi qurildi

    05.12.2020, 09:22

    Erdo‘g‘on koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanishga tayyorligini bildirdi

    05.12.2020, 08:10

    Germaniyada COVID-19’ga qarshi vaksina olish bepul va ixtiyoriy bo‘ladi

    05.12.2020, 07:08

    OPEK+ mamlakatlari neft qazib chiqarishni kuniga 500 ming barrelga oshirishga kelishdi. Dastlab bundan 4 marta ko‘proq oshirish rejalashtirilgan edi

    04.12.2020, 22:26

    Daniya 2050-yilga borib Shimoliy dengizda uglevodorodlarni qazib olishni to‘liq to‘xtatish niyatida

    04.12.2020, 21:21

    Moderna vaksinasi COVID-19’dan qancha vaqt himoyalashi ma’lum qilindi

    04.12.2020, 20:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.