“Persepolis” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov tehronliklar safini tark etishi mumkin. Bu haqida Perspolisnews nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati Eron terma jamoasi yarim himoyachisi Ali G‘olizoda bilan shartnoma imzolashga harakat qilmoqda. Agar bu transfer amalga oshsa, jamoa tarkibida katta o‘zgarish bo‘lishi mumkin.
G‘olizoda aynan o‘zbekistonlik yarim himoyachi bilan bir pozitsiyada to‘p suradi. Agar u “Persepolis” safiga qo‘shilsa, Oston zaxira futbolchisiga aylanib qolishi mumkin. Shu sabab O‘runovda jamoani tark etish ehtimoli bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, Tehron klubi Ostonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalardan tushayotgan takliflarni jiddiy ko‘rib chiqishga tayyor.
Avvalroq OAVda o‘zbekistonlik futbolchi Turkiya Superligasining “Beshiktosh” klubida davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun Oston O‘runov joriy mavsum “Persepolis” tarkibida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 1 golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 2,5 million yevroga baholamoqda.
Izoh (0)