O‘zbekiston Superligasi 8-turidagi so‘nggi bahs G‘uzordagi “Markaziy” satdionda bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida bellashuvda “Dinamo” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi.

Garchi bahsning birinchi bo‘limida jamoalar bir nechta vaziyat yaratgan bo‘lsa-da, darvozalar ishg‘ol qilinmadi. Lekin ikkinchi taym boshida samarqandliklar hisobda oldinga chiqib oldi. Gol muallifi — Mirjahon Mirahmadov. Keyin g‘uzorliklar hisobni tenglashtirish uchun bir qancha o‘zgarishlarni amalga oshirdi.
Ikkinchi bo‘limning oxirlarida “Dinamo” futbolchisi Xislat Halilov jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Oybek O‘rmonjonov hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
90+8-daqiqada “Sho‘rtan” hisobni bittaga qisqartirdi. Ulug‘bek Xudoyberdiyev “Dinamo” darvozasini ishg‘ol qilib, uchrashuv 1:3 natijasi bilan yakunlanishini ta’minladi.
Mazkur g‘alabadan keyin samarqandliklar hisobidagi ochkolar 15 ballni tashkil qildi va ular Superliga turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Sho‘rtan” esa 1 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qoldi.
O‘zbekiston Superligasi
8-tur
4-may, yakshanba
“Sho‘rtan” — “Dinamo” 1:3
Gollar: 0:1 — Mirjahon Mirahmadov (49), 0:2 — Xislat Halilov (90), 0:3 — Oybek O‘rmonjonov, 1:3 — Ulug‘bek Xudoyberdiyev
Izoh (0)