Toshkent viloyati Piskent tumanida inson hayoti saqlab qolindi, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.
Unga ko‘ra, bugun, 15-aprel kuni soat 04:49 da Toshkent viloyati FVBga A-373 avtomobil yo‘lining Piskent tumani hududidan o‘tgan qismida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgani va uning oqibatida haydovchi avtomobil saloni ichida qisilib qolgani, unga amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, tezkor harakatlar natijasida haydovchi qutqarilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifokorlarga topshirilgan.
Sirdaryoda qutqaruvchilar ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan inson hayotini saqlab qolgan edi. Shu bilan birgalikda, FVV qutqaruvchilari Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yong‘inda qolgan ikki nafar bolani deraza orqali qutqarib qolgandi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida 40 metrli quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarilgan edi. Samarqandda esa hojatxonadan chaqaloq qutqarilgan.
Izoh (0)