Daryo

Farg‘onada Damas kanalga tushib ketdi

Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ham bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish11 670 ko‘rishlar0 izoh0

Kecha, 19-oktyabr kuni soat 17:07 da Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Damas ehtiyotsizlik oqibatida Farg‘ona kanaliga tushib ketganligi haqida tuman FVBga xabar berilgan. Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga asosan qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olgan.

Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ham bo‘lgan. Ular  avtomashina suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Avvalroq Chirchiq shahrida haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida Spark kanalga tushib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar