Jizzax shahrida piyoda yo‘lni kesib o‘tish uchun panjara ostidan o‘tayotgani aks etgan suratlar tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, Jizzax shahrining Mustaqillik ko‘chasida joylashgan Markaziy buyum bozori ro‘parasidagi yo‘lning o‘rtasi qismiga temir panjaralar o‘rnatilgan. Shuningdek, tartibga solingan piyodalar o‘tish qismidagi svetoforlar demontaj qilingan.
Yo‘lni kesib o‘tish uchun yer osti yo‘lagi tashkil etilib, yo‘ldagi svetoforlar olib tashlangan.
“Lekin shunga qaramasdan maxsus belgilangan yer osti yo‘lni kesib o‘tmasdan ayrim piyodalar tomonidan yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tib, ushbu panjarali to‘siqdan oshib tushish yoki pastki qismidan o‘tish holatlari kuzatilmoqda”, deyiladi xabarda.
Piyodalardan yo‘lning piyodalar uchun belgilangan yer osti qismlaridan o‘tishi so‘ralgan.
Jizzaxda avtobus va yo‘l tozalaydigan maxsus transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan edi. Shuningdek, Jizzaxda katta tezlikda ikki qizchani urib, ularning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qilgandi. Bundan tashqari, Jizzaxda rulda uxlab qolgan Matiz haydovchisi yuk mashinasiga urilishi oqibatida halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)