O‘zbekistonda 2024/25-yillar dasturlariga muvofiq 24 ta yer osti piyodalar o‘tish yo‘li qurilishi ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, 2024-yilda jami 7 ta yer osti piyodalar o‘tish yo‘llari foydalanishga topshirilgan. Jumladan: Toshkent viloyatida 6 ta, M39b “Toshkent halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 32—34 km qismida 2 ta, M39b Toshkent halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 34—36 km qismida 2 ta, 4R12 Bektemir—Chirchiq—G‘azalkent—Chorvoq avtomobil yo‘lining 73,5 km qismida 1 ta hamda 4R12 Bektemir—Chirchiq—G‘azalkent—Chorbog‘ avtomobil yo‘lining 31—34 km qismida 1 ta;
Toshkent shahrida 1 ta, M39b Toshkent halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 42—47 km qismida 1 ta yer osti piyodalar o‘tish yo‘li foydalanishga topshirilgan.
2025-yilda jami 18 ta yer osti o‘tish yo‘llari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Buxoro viloyatida 3 ta, Samarqand viloyatida 2 ta, Toshkent shahrida 4 ta yerosti o‘tish yo‘llari qurilmoqda.
O‘zbekistonda piyodalar yo‘laklaridan harakatlangan haydovchilar javobgarlikka tortiladi. Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno):
- BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga;
- xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etish BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Izoh (0)