“Barselona” vingeri Rafinya Dias Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining ilk uchrashuvidagi “Inter”ga qarshi bahsda golli uzatma amalga oshirdi. Shu tariqa braziliyalik futbolchi joriy mavsum Chempionlar Ligasida jamoasining 20 ta golidagi ishtirok etdi.

Hozirgacha braziliyalik futbolchining hisobida 12 ta gol va 8 ta assist bor. Bu orqali Rafinya Krishtianu Ronalduning rekordini takrorlashi mumkin. Futbolchi keyingi bahslarda yana bitta golda ishtirok etsa, portugaliyalik yulduzning natijasini takrorlaydi. Ma’lumot uchun, Ronaldu 2013/14-yilgi mavsum Madridning “Real” jamoasi safida YCHL doirasida 21 ta golli harakat (gol+assist) amalga oshirgan edi.
Ma’lumot uchun, “ko‘k-anorranglilar” 30-aprel kuni o‘z maydonida “Inter”ni qabul qilib, 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6-may oqshomida Milanda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)