“Barselona” bosh murabbiyi Hansi-Diter Flik Kataloniya klubidan ketganidan so‘ng murabbiylik faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Avvalroq “Barselona” Flik bilan shartnomani 2027-yilgacha uzaytirishga kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Manbaga ko‘ra, Hansi-Diter bir necha bor murabbiylik faoliyatini uzoq davom ettirish niyati yo‘qligini bildirgan. Sababi u oila a’zolariga yaqinroq bo‘lishni, ular bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni istayotganini aytgan, shu bois “Barselona”dagi faoliyatidan so‘ng katta ehtimol bilan murabbiylik karyerasini yakunlaydi. Hozircha nemis mutaxassisi o‘zida kuch va motivatsiya borligini ta’kidlamoqda, chunki uning boshqaruvida jamoa yaxshi natija ko‘rsatmoqda.
Flikning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u klub bilan ikki sovrinni — Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)