“Barselona” klubi “Bayer” himoyachisi Alexandro Grimaldoni transfer qilishga jiddiy kirishgan. Bu haqda Sky Sport DE xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” sport direktori Deku 29 yoshli ispaniyalik futbolchining ashaddiy muxlisi sanaladi va uni jamoaga olib kelishni istamoqda. Biroq Leverkuzen klubi o‘z yetakchisini 30 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Joriy mavsumda Grimaldo barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning “Bayer” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
Izoh (0)