Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final uchrashuvlar doirasidagi bir nechta o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

“Liverpul” safarda “PSJ”dan ustun kelgan bo‘lsa, “Barselona” Portugaliyada “Benfika”ni mag‘lub etdi. “Bavariya” esa o‘z maydonida “Bayer” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.
“Benfika”ga qarshi o‘yinda bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan “Barsa” kichik 1:0 hisobida raqibidan ustun keldi. Uchrashuvdagi yagona gol 61-daqiqada Rafinya tomonidan kiritildi. “PSJ” — “Liverpul” bahsi taqdirini ham 1 gol hal qildi. 87-daqiqada Elliot o‘yinda hisobni ochib, “mersisaydlikar”ga g‘alaba taqdim etdi. “Bavariya” esa Keynning dubli va Musialaning goli evaziga “Bayer”ni yirik hisobda taslim etdi.
Kunning yana bir uchrashuvi Niderlandiyada “Feyenord” va “Inter” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda milanliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Tyuram hamda Martines mualliflik qildi.
YCHL
5-mart, chorshanba
1/8 final bosqichi
“PSJ” — “Liverpul” 0:1
Gollar: 0:1 — 87, Elliot
“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Markiniyos, Pacho, Mendesh, Nevesh, Vitinya, Ruis (Emeri, 78), Barkolya (Due, 66), Dembele, Kvaratsxeliya (Ramush, 78).
“Liverpul”: Alisson, Arnold, Konate, Van Deyk, Robertson, Makallister, Gravenberx (Endo, 79), Soboslai, Dias (Jons, 67), Jota (Nunyes, 67), Saloh (Elliot, 86).
“Benfika” — “Barselona” 0:1
Gol: 0:1 — 61, Rafinya
“Benfika”: Trubin, Arauxo (Dal,57), Silva, Otamendi, Alvaro, Eurnes, Leonardo (Belotti, 70), Kyokchu (Sanches, 84), Kerem, Pavlidis (Kabral, 84), Andreas (Rego, 70).
“Barselona”: Shesni, Balde, Martines, Kubarsi, Kunde, Olmo (Arauxo, 28), De Yong (Kasado, 79), Pedri, Rafinya, Levandovski (Martin, 78), Yamal (Torres, 56).
Chetlatish: Kubarsi, 22
“Bavariya” — “Bayer” 3:0
Gollar: 1:0 — 9, Keyn, 2:0 — 54, Musiala, 3:0 — 75, Keyn (penalti)
“Bavariya”: Noyer (Urbig, 58), Laymer (Stanishich, 68), Upamekano, Kim (Dayer, 89), Devis, Kimmix, Goretska (Palinya, 89), Olise, Musiala, Koman (Sane, 68), Keyn.
“Bayer”: Kovar, Xinkapi, Ta, Ermoso, Grimaldo (Buendiya, 87), Jaka (Garsiya, 81), Palasios, Mukiele, Virts (Shik, 82), Frimpong (Artur, 81), Adli (Tapsoba, 68).
Izoh (0)