Futbol bo‘yicha UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining dastlabki uchrashuvida “Barselona” “Benfika”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindagi yagona golni kataloniyaliklar vingeri Rafinya kiritdi.

Shu tariqa, 28 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum Chempionlar Ligasida gol+pas tizimi bo‘yicha 13 ochko to‘pladi (9 gol, 4 assist). Bu musobaqada barcha futbolchilar orasida eng yuqori natija hisoblanadi.
Bundan tashqari, 2024 yil boshidan beri Rafinya Chempionlar Ligasida 17 (12 gol, 5 assist) ochko to‘pladi. Bu natijaga erishish uchun unga atigi 13 o‘yin kerak bo‘ldi.
Rafinya Ispaniya chempionatida ham samaradorlik bo‘yicha yetakchilardan biri. U gol+pas tizimi bo‘yicha 20 ochko jamg‘argan va bu borada faqat jamoadoshi Robert Levandovskidan ortda qolmoqda (23 ochko).
Ma’lumot uchun, “Barselona” — “Benfika” jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 12-mart kuni Kataloniyadagi “Kamp-Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)