Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
-_Is5ALvh.avif)
“Toshkent shahrida Gretsiya elchixonasining ochilishini olqishlaymiz va bu qadam mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi, deb ishonamiz”, deb yozdi vazir.
Ma’lum qilinishicha, Paraskevi Tzevelek ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Vazir undan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Baxtiyor Saidovning qayd etishicha, uchrashuv davomida elchi bilan siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, madaniy va ta’lim sohalarida hamkorliklarni kengaytirishni muhokama qildi.
Paraskevi Tzevelek Gretsiyaning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lgan Yekaterina Nassika o‘rnini egalladi. Undan avval Andreas Friganas elchi bo‘lgan.
Gretsiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yilda o‘rnatilgan. Ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasi mavjud bo‘lmagani sababli elchilar Moskvadagi elchixonadan faoliyat yuritib kelgan.
Izoh (0)