• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Dunyo Markaziy Osiyo

    AQSH va O‘zbekiston Markaziy Osiyo xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlamoqchi

    Donald Tramp administratsiyasi Markaziy Osiyo bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ya boshlagach, O‘zbekiston strategik hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi. “Amerika ovozi” ikki tomonlama aloqalardagi asosiy masalalar haqida ma’lumot berdi.

    Foto: Missisipi Milliy gvardiyasining “Eng yaxshi jangchi” musobaqasi ishtirokchilari orasida O‘zbekistondan ham bor / MSNG

    AQSH 2021-yilda afg‘on harbiy uchuvchilari “Tolibon”dan qochib, O‘zbekistonga olib o‘tgan yettita Black Hawk vertolyotini qaytarib oldi. Amerika rasmiylariga ko‘ra, ushbu transfer va so‘nggi bir oy ichidagi boshqa ikki tomonlama almashinuvlar Toshkentni Vashingtonning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori ekanini yana bir bor tasdiqladi. Biroq tahlilchilar harbiy munosabatlarni asosan manfaatga asoslangan va geosiyosiy murakkabliklar hamda mintaqaviy ziddiyatlar ta’sirida shakllangan, deb hisoblamoqda.

    Diplomatlar o‘rtasidagi suhbat

    AQSH davlat kotibi Marko Rubio 21-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan telefon orqali muloqotda AQSHning mamlakat mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus ma’lum qildi.

    Ular qariyb 10 yil oldin AQSH va Markaziy Osiyoning beshta respublikasi o‘rtasida boshlangan C5+1 diplomatik platformasi orqali qo‘shma sa’y-harakatlarni muhokama qildi. Tramp ma’muriyati ushbu platformadan “tinchroq va farovonroq Markaziy Osiyoni” qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanishga qiziqish bildirmoqda.

    Saidov esa suhbatni “samarali” deb ta’rifladi, uning maqsadi “yaqin hamkorlikni davom ettirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida mustahkam ko‘priklar barpo etish, har ikki yo‘nalishda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Markaziy Osiyo va undan tashqarida farovon taraqqiyotni taʼminlash” deb atadi.

    Pentagon bilan hamkorlik, Missisipi bilan aloqalar

    Elchi Furqat Siddiqov qo‘shma mashg‘ulotlar va Pentagon homiyligidagi kasbiy almashinuvlarga asoslanib, O‘zbekiston harbiy kuchlari “Missisipi Milliy gvardiyasi bilan yelkama-yelka turganini” ta’kidladi.

    Biz mintaqada AQSHning ishonchli hamkorimiz, dedi Sidiqov 31-yanvar kuni elchixonadagi qabulda.

    U mudofaa sohasidagi islohotlar va O‘zbekiston qurolli kuchlarining jihozlanishidagi takomillashuvlarga e’tibor qaratdi. Tadbirda Missisipi shtati Milliy gvardiyasi general-adyutanti general-mayor Bobbi Ginn ishtirok etdi. U 2012-yildan buyon hamkorlik AQSH va O‘zbekiston harbiylari o‘rtasida 170 dan ortiq o‘zaro aloqalarni amalga oshirib, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish va harbiy tayyorgarlikni mustahkamlaganini aytdi.

    O‘zbekistonning mintaqaviy barqarorlikka sodiqligi hamda terrorizmga qarshi kurash va chegara xavfsizligiga qo‘shgan hissasi uning qurolli kuchlari qudratini namoyish etadi, dedi Ginn.

    Qabulda ishtirok etgan Pentagonning Yevrosiyo bo‘yicha bosh direktori vazifasini bajaruvchi Devis Florik ham Toshkentga AQSH samolyotlarini “saqlagani” va Amerika bilan o‘zaro manfaatli yechim yo‘lida astoydil ishlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. U yettita Black Hawk vertolyotlari Afg‘onistondan keltirilgan flot tarkibiga kirishini tasdiqladi.

    Pentagonning yana bir yuqori lavozimli amaldori, kontr-admiral Erin Osborn ham shu yig‘ilishda so‘zga chiqib, O‘zbekistonni AQSHning Afg‘onistondagi harbiy kampaniyasining dastlabki yillarida o‘z havo hududi va aviabazasini taqdim etgan “muhim ittifoqchi” sifatida maqtadi. Shuningdek, respublika Pentagonning Shimoliy tarqatish tarmog‘i tarkibida bo‘lib, qo‘shni mamlakatda jang olib borayotgan xalqaro koalitsiyaga harbiy bo‘lmagan yuklarni yetkazib bergan.

    Osbornning ta’kidlashicha, o‘zaro ishonch va anglashuv “salohiyatni oshirish tashabbuslari hamda umumiy tahdidlarga qarshi kurashish uchun razvedka ma’lumotlarini almashishda” o‘z aksini topgan.

    U AQSH O‘zbekiston bilan “uning barqarorligi va suverenitetini, shuningdek, butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqarorligi va suverenitetini ta’minlash maqsadida” hamkorlik qilishga sodiqligini aytdi.

    “Tolibon” va Afg‘oniston omili

    Elchixona tadbirida vertolyotlarning AQSHga qaytarilgani ma’lum qilingan bo‘lsa-da, “Tolibon” buni qoralagan va AQSHdan ularni qaytarishni talab qilgan.

    ♦ 2021-yilda ham AQSHning 18 ta samolyoti Tojikistonga olib o‘tilgandi, biroq Vashington va Dushanbe haligacha bu masalani hal qilgani yo‘q.

    ♦ 2022-yil iyun oyida mintaqaga tashrifi chog‘ida AQSH Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Kurilla samolyotlar Afg‘onistonga qaytarilmasligini aytdi. Chunki ular “Tolibon”ga tegishli emas. Aviatexnikalar AQSH hukumati puliga sotib olinib, Afg‘oniston sobiq hukumatiga vaqtinchalik foydalanishga topshirilgandi.

    Vashington tahlilchilari O‘zbekistonni AQSHning mintaqadagi eng faol harbiy hamkori deb baholamoqda. Ular buni Qozog‘istonning Arizona bilan, Tojikistonning Virjiniya bilan, Qirg‘iziston va Turkmanistonning Montana bilan hamkorligiga qiyoslamoqda.

    Shunga qaramay, ular Toshkent-Vashington xavfsizlik munosabatlarini strategik emas, balki ko‘proq manfaatga asoslangan deb ta’riflamoqda.

    “O‘zbeklar trenirovka va qurol-aslaha xohlaydi. Biz ulardan nimani istaymiz? Mintaqada ishonchli hamkorni”, dedi Markaziy Osiyoda katta tajribaga ega bo‘lgan AQSHning sobiq amaldori. U kasbiy faoliyati sababli ismi ochiqlanishini xohlamagan.

    AQSH o‘zbek uchuvchilariga topshirilgan samolyotlarni boshqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni o‘rgatgan, ammo davomli hamkorlik uchun Kongress tomonidan bir necha million dollarlik moliyalashtirishni davom ettirish juda muhim hisoblanadi.

    Albatta, Kongressdan savollar tug‘iladi. Hozirgacha keltirilgan asosiy dalil shuki, bu mablag‘lar Afg‘onistondan keladigan ekstremistlarga qarshi kurashishda yordam beradi, dedi sobiq amaldor.

    Toshkentdagi ekspertlar O‘zbekistonning “Tolibon”ga nisbatan ehtiyotkorona yondashuvini qo‘llab-quvvatlamoqda. Rasmiylar O‘zbekiston Afg‘onistonni kim boshqarsa, o‘sha bilan munosabat o‘rnatishini ta’kidladi.

    Garchi “Tolibon” rasman tan olinmasa-da, Kobul bilan barqaror diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, mamlakat bilan muhim investitsiya va biznes kelishuvlar mavjud, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatilmoqda.

    O‘zbekiston 2024-yil yozda Afg‘oniston chegarasidagi Termiz shahrida erkin iqtisodiy zona ochib, qo‘shni davlatlarni tadbirkorlik hamkorligini rivojlantirishga taklif etdi.

    AQSH manfaatlari va Markaziy Osiyo xavfsizligi

    AQSH Markaziy Osiyoning har bir respublikasi bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarni saqlab qoladi, rejalar har yili ko‘rib chiqiladi va moliyalashtirish tasdiqlanadi.

    Razvedka ma’lumotlarini almashish bo‘yicha sa’y-harakatlarga qaramay, AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida parvozlar bo‘yicha kelishuv mavjud emas. Toshkent o‘z hududidan qo‘shni tuproqqa, hatto terrorchilik nishonlariga zarba berish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi.

    Tramp ma’muriyati bunga shubha bilan qarashi mumkin. Bu O‘zbekiston bilan hamkorlik masalasini murakkablashtiradi, chunki ular markazda joylashgan, ammo biz ularni aylanib o‘tishimiz kerak. Evaziga nima olayotganimizni oqlash qiyin, dedi AQSHning sobiq amaldori. 

    Yillar davomida AQSH mintaqaviy chegara xavfsizligi tashabbuslarini ham qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

    Bu katta dastur. Qancha terrorchini to‘xtatdik? Ularning qanchasi faoliyati to‘xtatildi, o‘ldirildi yoki qo‘lga olindi? Bu aniq raqamlar bizda bormi? Biz hali dasturni yo‘lga qo‘yishning dastlabki bosqichlaridamiz, dedi sobiq AQSH rasmiysi.
    24 fevral, 16:29   Izoh (0)   5658
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#C5+1#Markaziy Osiyo

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH davlat kotibi yordamchisi Donald Lu O‘zbekistonga keladi

    05.11.2023, 11:55

    AQSH davlat kotibi yordamchisi O‘zbekiston TIV rahbari bilan uchrashdi

    07.11.2023, 14:08

    USAID Markaziy Osiyoning mintaqaviy energetika sektorini mustahkamlash uchun 1,4 mln dollarlik asbob-uskuna topshirdi 

    10.01.2024, 16:29

    Shavkat Mirziyoyev AQSH parlamenti delegatsiyalarini qabul qildi

    27.03.2024, 19:15

    AQSHning Markaziy Osiyodagi siyosati: maqsad va yondashuvlar

    23.05.2024, 18:10

    Shavkat Mirziyoyev AQSH savdo vakili bilan O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish masalasini muhokama qildi

    11.06.2024, 17:55

    Domino effekti: 2024-yilgi AQSH saylovlari Markaziy Osiyo bilan munosabatlarga qanday ta’sir qiladi?

    29.07.2024, 17:06

    Markaziy Osiyo: tanazzulga yuz tutayotgan Rossiya uchun so‘nggi tayanchmi?  

    22.08.2024, 20:43

    AQSH Tojikistonning Transkaspiy yo‘nalishidagi ishtirokini yoqladi

    06.09.2024, 21:20

    Markaziy Osiyo davlatlari TIV rahbarlari va AQSH davlat kotibi uchrashdi

    29.09.2024, 09:05

    Afg‘onistondan olib o‘tilgan aviatexnikalar, harbiy hamkorlik va erkin OAV: AQSH elchisi O‘zbekiston siyosatini qanday baholadi?

    17.10.2024, 09:30

    AQSH tahlilchilari Trampdan Markaziy Osiyoga e’tibor qaratishni so‘radi

    13.12.2024, 10:25

    O‘zbekiston AQSHning yangi ma’muriyati bilan yaqin hamkorlik o‘rnatmoqchi

    9 yanvar, 14:32

    Darz ketgan G'arb kollektivi. Tramp dunyoni qanday o‘zgartirmoqchi?

    19 fevral, 19:20

    AQSH koinotning qanday paydo bo‘lganini o‘rganish uchun teleskopni ishga tushiradi

    22 fevral, 16:30

    Toshkent viloyatida 15 dan ortiq jinoyat sodir etgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    22 fevral, 17:35

    XXI asr fashizmi: Tramp va ultra o‘ng guruhlar o‘rtasidagi sirli hamkorlik

    23 fevral, 08:00

    Zelenskiy Ukraina yerosti boyliklaridan foydalanishni AQSHga topshirmoqchi emas — Sky News

    22 fevral, 20:06

    Medvedev Ukraina oldida ikkita chiqish yo‘li borligini aytdi

    22 fevral, 20:30

    AQSHdan deportatsiya qilingan markaziy osiyoliklar Kosta Rikaga keldi (foto)

    22 fevral, 21:44

    Fransiyada jazoirlik migrant o‘tkinchilarni pichoqladi (video)

    23 fevral, 02:34

    “AQSH Ukrainaga yordam uchun ajratilgan mablag‘larni qaytarmoqchi” — Tramp 

    23 fevral, 10:00

    AQSH Ukrainaning BMTdagi Rossiyani qoralovchi rezolyutsiyasini bloklamoqchi 

    23 fevral, 15:10

    Ukraina AQSHga 500 mlrd dollar tovon to‘lashdan bosh tortdi 

    23 fevral, 15:40

    UEFA rahbari Ukrainadagi mojaro sabab Rossiya va AQSH muzokaralar o‘tkazayotgani haqida fikr bildirdi

    24 fevral, 10:10

    “Urushni shu hafta tugatib bo‘lmaydi”: Zelenskiy tinchlik shartlari, Tramp bilan munosabatlar va Ukrainada saylovlar o‘tkazish haqida gapirdi

    24 fevral, 10:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyada erkak gazli suvdan bir qultum ichib, oshqozoni va qizilo‘ngachini kuydirdi

    Dunyo | 9 may, 17:40

    Shri Lankada o‘nlab harbiy xizmatchilar bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

    Dunyo | 9 may, 17:25

    Tramp Zelenskiy bilan telefonda suhbatlashdi

    Dunyo | 9 may, 17:10

    “Qizimni xavf ostiga qo‘yishni istamayman” — Toni Kroos nega Germaniyaga qaytishni istamaydi?

    Sport | 9 may, 17:00

    Olimlar insonning tashqi qiyofasi uning ismiga qarab o‘zgarishini isbotladi

    Dunyo | 9 may, 16:45

    Quyoshdan himoya qiluvchi SPF kremni to‘g‘ri tanlash va ishlatish haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 5 muhim fakt

    Layfstayl | 9 may, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.