• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda Qatar amiri taʼsis etgan korrupsiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar uchun global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi

    Toshkent shahrida yil oxirida Qatar amiri taʼsis etgan korrupsiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar uchun global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Qatar amiri tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar uchun global mukofot taʼsis etilgan. Ushbu mukofotning navbatdagi tantanali topshirish marosimi shu yilning oxirida Toshkentda o‘tkaziladi. Unda Qatar davlatining rahbariyati ham ishtirok etishi kutilmoqda. 

    “Qatar amiri tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar uchun global mukofot taʼsis etilgan. Ushbu mukofotning navbatdagi tantanali topshirish marosimi shu yilning oxirida Toshkentda o‘tkaziladi. Unda Qatar davlatining rahbariyati ham ishtirok etishi kutilyapti. Ushbu mukofotni topshirishning tantanali marosimi Toshkentda o‘tkazilishi oxirgi yillarda prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida olib borilayotgan katta ishlar va umuman islohotlarining jahon hamjamiyati tomonidan katta eʼtirofi timsoli desak ham bo‘ladi”, — deydi Sherzod Asadov.

    Qatar dunyodagi uchinchi yirik tabiiy gaz zaxiralariga ega va yalpi ichki mahsuloti aholi jon boshiga (104 ming dollar) eng yuqori davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat aholisi 2,7 million kishi, yalpi ichki mahsuloti esa yiliga 274 milliard dollarni tashkil etadi. So‘ngi yillarda O‘zbekistonning mazkur mamlakat bilan munosabatlari sezilarli rivojlanib bormoqda va yangi bosqichga chiqmoqda deyish mumkin.

    Qatar va O‘zbekiston munosabatlari

    Qatar O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonnoma 1997-yil 27-noyabr kuni Turkiyada imzolangan.

    Birinchi prezident Islom Karimovning 2010-yil 23-24-noyabr kunlari Qatarga amalga oshirgan rasmiy tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanishi uchun poydevor bo‘lgandi. Bugungi kunda ushbu hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanib, yangi bosqichga ko‘tarildi.

    Xususan, O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan beri birinchi marta Qatar davlatining favqulodda va muxtor elchisi Toshkentga yuborildi. 2023-yil 12-aprel kuni Qatarning O‘zbekistondagi elchisi Hasan Hamza Hoshim ishonch yorliqlarini topshirdi.

    Foto: O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati

    2023-yil 7-mayda esa ushbu mamlakatning Toshkentdagi elchixonasi ochildi. Shu paytga qadar, O‘zbekiston Qatar bilan aloqalarini Moskvadagi ushbu davlatning elchixonasi orqali yuritib kelgandi. Endilikda esa o‘zaro munosabatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshadigan bo‘ldi. Qatarning O‘zbekistonda elchixona ochib, elchi yuborishining ijobiy hodisa ekani ko‘plab siyosatshunoslar tomonidan ham eʼtirof etildi.

    2019-yil 15-iyun kuni Dushanbeda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning V sammiti, 2022-yil 5-fevral kuni Pekin shahrida qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi hamda 2022-yil 13-oktyabrda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad al Soniy o‘rtasida samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

    2023-yil 5-6-iyun kunlari Qatar amiri O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi. Shavkat Mirziyoyev va Tamim ibn Hamad al Soniy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar tarixiy ahamiyat kasb etib, ikki tomonlama munosabatlarni sifat va mazmun jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi. Samarqandda o‘tkazilgan sammitda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida 15 ta hujjat qabul qilindi. Shuningdek, energetika, neft-kimyo, kimyo, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va turizm yo‘nalishlarida sanoat kooperatsiyalarini o‘rnatish va boshqa muhim sohalarda amaliy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan umumiy qiymati 10 milliard bo‘lgan investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.

    Foto: O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati

    Shundan keyin ikki davlat rahbarlari 2023-yilning 19-iyul kuni Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashi” davlat rahbarlarining birinchi sammitida hamda 20-avgust kuni Budapesht shahrida o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tashriflari chog‘ida uchrashib, muloqotlar o‘tkazdi.

    Shuningdek, o‘tgan 7 yil davomida ikki davlat hukumatlarining vakillari, xususan, tashqi ishlar vazirlarining ko‘plab uchrashuvlari tashkil etildi. O‘zaro muloqotlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

    2023-yil 18-iyul kuni O‘zbekistonning Qatar davlatidagi elchixonasini taʼsis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Hozirda O‘zbekistonning ushbu davlatdagi vakolatxonasini ochishning tashkiliy ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh Doha shahriga yuborilgan.

    Foto: O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati

    Iqtisodiy hamkorlik

    So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar jadallashib bormoqda. Jumladan, 2022-yil o‘zaro savdo hajmi 4,8 million dollarni tashkil etdi. 2023-yil yanvar-avgust oylaridagi o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 4,5 million dollarga teng bo‘ldi.

    2018-yilning 16-18-iyulida Qatar Tashqi ishlar vazirligi Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik departamenti boshlig‘i Xolid Ibrohim al-Hamar boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasida muzokaralar o‘tkazildi.

    2021-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan tender natijalariga binoan, Qatarning Nebras Power kompaniyasi Fransiyaning EDF va Yaponiyaning Sojitz Corporation shirkatlari bilan birgalikda tuzilgan konsorsium tarkibida Sirdaryoda issiqlik elektrostansiyasini qurish loyihasida ishtirok etmoqda. Loyihaga asosan quvvati 1600 MVt bo‘lgan mazkur elektrostansiyaga 1,2 milliard dollar investitsiya kiritilishi va 2024-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

    2022-yil 24-26-mart kunlari bo‘lib o‘tgan “Toshkent xalqaro investitsiya forumi” doirasida Nebras Power va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida bitim imzolandi.

    2021-yilning 6-8-aprel kunlari Qatar fuqarolik aviatsiyasi va Qatar Airways kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaning Toshkentga tashrifi davomida ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimni imzolashga tayyorlash hamda Doha—Toshkent—Doha yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

    2023-yil 8-9-may kunlari investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi delegatsiyani Dohaga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif doirasida Qatarning qator vazirlik va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

    Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik

    O‘zbekiston Futbol federatsiyasi delegatsiyasining 2017-yilning 17-18-oktyabrida Dohaga tashrifi doirasida Qatar Futbol uyushmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

    2018-yilning 6-10-sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan Maqom sanʼati xalqaro forumida Qatarning Al-Arabia gazetasi muxbiri Ismoil Tallaiy ishtirok etdi.

    Qatarning Al-Jazeera media korporatsiyasi bilan muntazam hamkorlik qilib kelinmoqda. Xususan, Al-Jazeera telekompaniyasi vakillari 2019-yilning 21-23-fevral kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tgan ziyorat turizmi Birinchi xalqaro forumida ishtirok etdi. Tashrif yakuni bo‘yicha 2019-yilning aprel oyida Al-Jazeera telekanalida O‘zbekistonning turistik salohiyati, madaniy, ilmiy va maʼnaviy merosiga bag‘ishlangan bir qator maxsus ko‘rsatuvlar namoyish etildi.

    Koronavirus pandemiyasi davrida Qatarning “Josim va Hamad ibn Josim xayriya jamg‘armasi” tomonidan “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga 200 ming dollar, “Qatar xayriya jamg‘armasi” respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston bo‘limiga 200 ming dollar miqdorida beg‘araz moliyaviy yordam ajratdi.

    2020-yilning 5-dekabrida Qatar Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Josim Roshid al-Buaynayn boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 2021-yilning 25-may kuni O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi va Qatarning KATARA madaniyat jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilgan.

    2022-yilning 24-sentyabr—5-oktyabr kunlari Doha shahrida O‘zbekiston madaniyat kunlari doirasida O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining konserti, “Hunarmand” uyushmasi vakillarining mahsulotlari ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston xalqaro Islom sivilizatsiyasi markazi va Qatar milliy kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    03.10.2023, 23:15   Izoh (0)   8779
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezidentning xorijiy tashriflaridan asosiy maqsad nimalar ekani aytildi

    03.10.2023, 22:57

    Saida Mirziyoyeva Og‘a Xon jamg‘armasining madaniyat masalalari bo‘yicha bosh direktori bilan uchrashdi (foto)

    03.10.2023, 21:07

    Farg‘onada 39 yashar ayol bedarak yo‘qoldi

    03.10.2023, 21:05

    Shavkat Mirziyoyev akademik Nazar To‘rayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi 

    03.10.2023, 20:40

    O‘zbekistonda “Yashil” iste’mol krediti foizi uchun kompensatsiya ajratiladi

    03.10.2023, 20:25

    Surxondaryoda bojxonachilar qiymati 15 mlrd so‘m bo‘lgan noqonuniy sigaretalarni to‘xtatib qoldi

    03.10.2023, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya olimlari suvsizlanishni aniqlovchi mobil texnologiya ishlab chiqdi

    Layfstayl | 27 may, 23:35

    O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasi oshiriladi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:20

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.