Alisher Qayumov O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Yangi elchi Singapurga tayinlanishidan oldin 2017-yildan buyon O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan.
54 yoshli diplomat Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) tamomlagan. Uzoq yillar davomida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) hamda Germaniyadagi elchixonada savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi sifatida ishlagan.
Qayd etilishicha, elchixona maslahatchisi sifatida u Avstriya va Venadagi xalqaro tashkilotlardagi diplomatik missiyani boshqargan. Xususiy biznesda, jumladan, xorijda ishlash tajribasiga ega.
Alisher Qayumov O‘zbekistonning Singapurdagi (2018–2024) va Avstraliyada (2022–2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Singapurda) bo‘lib ishlagan Qahramon Shokirov o‘rniga tayinlandi.
Izoh (0)