• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sergelidagi portlash: 15 yoshli bola vafot etdi, minglab xonadonlar zararlandi (foto, video)

    Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida joylashgan omborxonada portlash sodir bo‘ldi. Natijada 15 yoshli bola o‘ldi, minglab xonadonlarga zarar yetdi. “Daryo” muxbiri voqea joyida bo‘lib, voqea haqida reportaj tayyorladi. 

    “Qattiq silkinishdan uyg‘ondik, juda baland ovoz va yorug‘ edi” 

    Salohiddin Qarshiboyev.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Voqea kechasi 02:30—03:00 atrofida sodir bo‘ldi. Birinchi qattiq silkinishdan uyg‘ondik, juda baland ovoz, yorug‘ bo‘lib ketdi. Qarasak, portlash sodir bo‘lgan ekan. Oynalar sindi. Menga va katta o‘g‘limga zarar yetdi. Shundan so‘ng bolalarimizni kiyintirib, pastga olib tushdik. Xavfsizroq bo‘lgan joy — mashinamga chiqib o‘tirdik, — deydi Salohiddin Qarshiboyev. 

    “Portlash zarbidan yiqilib tushdim”

    Islom Mirzayev.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Uxlamay o‘tirgandim, adashmasam, soat 02:30 larda omborxonada yong‘in bo‘layotgandi. Men voqeani tasvirga ola boshladim. Ko‘p o‘tmay, portlash sodir bo‘ldi. Uyimiz derazasi oldida tasvirga olayotgan bo‘lsam, portlash zarbi meni orqaga otib yubordi. Derazalar sindi, oilamiz bilan ko‘chaga chiqdik. Ombor uzoq yondi, — deydi voqeaga guvoh bo‘lgan Islom Mirzayev.

    “Hamma narsa singandi”

    Dilfuza Atayeva. 
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Kechasi soat 02:30 lardan so‘ng yer qimirlagandek silkinish sodir bo‘ldi. Nima bo‘layotganini bilmadik. Bolalarimiz ustiga oynalar tushgan. Hamma narsa singandi. Shovqin-suron bilan ko‘chaga chiqdik. Ko‘chaga chiqib bilsak, yer qimirlamayapti, yong‘in sodir bo‘layotgan ekan, — deydi Dilfuza Atayeva. 

    “Bang‘illagan ovoz eshitildi, o‘rnimdan turib, uyning siltanishini ko‘rib, yer qimirlayapti, deb o‘yladim”

    Zamira Umarova.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Bang‘illagan ovoz eshitildi, o‘rnimdan turib, uyning siltanishini ko‘rib, yer qimirlayapti, deb o‘yladim. Olov cho‘g‘i uygacha otilardi. Shisha siniqlari uyga kirdi. Xayriyat, hech kimga tegmadi. Judayam qo‘rqib ketdim, bolalarimni olib, ko‘chaga yugurib chiqdim, — deydi voqeaga guvoh bo‘lgan yana bir suhbatdosh Zamira Umarova.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Toshkent shahar Sergeli tumani “Quruvchi” MFY Xonobod ko‘chasida joylashgan Inter Logistics MCHJga qarashli omborxonalar hududida chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar FVBga 28-sentyabr kuni soat 02:43 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 02:48 da yong‘inga yetib borib, tezkor harakatlar natijasida, soat 05:02 da yong‘in qurshab olingan va soat 10:47 da batamom o‘chirilgan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha, yong‘inni bartaraf etish ishlariga FVV va boshqa tegishli tashkilotlardan jami 210 ta texnika va 2000 dan ortiq shaxsiy tarkib jalb qilindi. Dastlabki o‘rganish ishlariga ko‘ra, 15 ming kvadrat metr omborxona maydonida yong‘in o‘chirilib, 30 ming kvadrat metr maydoni saqlab qolindi.
    Vaziyat to‘liq nazoratga olinib, hozirda uning oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
    Sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari Toshkent shahar prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan hamkorlikda olib borilmoqda.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Hodisa oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 kishini tashkil etdi, bir nafar o‘smir hodisa oqibatida vafot etdi. Mazkur holat yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sodir bo‘lgan favqulodda hodisani o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha prezident topshirig‘iga ko‘ra hukumat komissiyasi tuzildi.

    28.09.2023, 18:37   Izoh (0)   18418
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sergelidagi portlash oqibatida jami 163 kishi jabrlandi — SSV 

    28.09.2023, 11:13

    Portlash talafotlarini bartaraf etishga mingga yaqin harbiy xizmatchi jalb etilgan — Mudofaa vazirligi

    28.09.2023, 11:21

    Sergelidagi portlashdan bino va inshootlarga yetkazilgan zararlarni bartaraf etish bo‘yicha moddiy yordam ko‘rsatiladi

    28.09.2023, 14:33

    Sergelidagi portlash omborxona hududidagi yong‘indan keyin sodir bo‘lgan (video)

    28.09.2023, 18:30

    O‘zbekistonliklar Tataristonga ishga taklif qilinmoqda. Yotoqxona va 3 mahal ovqat ish beruvchi hisobidan

    28.09.2023, 18:15

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Germaniyaga jo‘nab ketdi 

    28.09.2023, 17:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.