“Liverpul” futbolchisi Muhammad Saloh Angliya Premyer Ligasining 34-turida “Tottenhem” darvozasiga gol urib (5:1), chempionat tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yuqorilashga erishdi.

Misrlik futbolchi Angliya oliy divizionida o‘zining 185-golini kiritib, “Manchester Siti” afsonasi Serxio Aguero ortda qoldirdi va APL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ichida beshinchi pog‘onani egalladi.
Salohdan oldinda to‘rt nafar ingliz futbolchisi joylashgan. Reytingda birinchi o‘rinni 260 ta gol bilan Alan Shirer egallab turibdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa Harri Keyn (213 gol) hamda Ueyn Runi (208 gol) band etgan.
Muhammad Salohning navbatdagi maqsadi — Endi Koulni ortda qoldirish. Sababi Koul ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rindan joy olgan bo‘lib, uning hisobida 187 ta gol mavjud. Saloh yaqinda “Liverpul” bilan shartnomasini yana ikki mavsumga uzaytirgani sabab, u reytingda yana yuqorilash imkoniga ega bo‘ladi.
Izoh (0)