“SSKA” Rossiya Kubogi yarim finalida “Baltika”ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.
Uchrashuvda gollardan biriga mualliflik qilgan va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Abbosbek Fayzullayev g‘alaba munosabati bilan jamoadoshlari hamda klub xodimlarini osh bilan siyladi.
Avvalroq, o‘zbekistonlik futbolchisi Germaniyaning “Bavariya” hamda Italiyaning “Parma” jamoalari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Fayzullayev joriy mavsum “SSKA” safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)