O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev “Parma” klubi qiziqishlar doirasiga tushdi.
Italiya B Seriyasida yetakchilik qilayotgan jamoa “SSKA” futbolchisini mavsum oxirida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Abbosbekning Moskva klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.
Fayzullayev “SSKA” safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Parma” joriy mavsum B Seriyada 33 turdan so‘ng 69 ochko bilan turnir jadvali yetakchisi bo‘lib turibdi.
Avvalroq Abbosbekka Germaniyaning “Bavariya” jamoasi qiziqayotgani xabar qilingandi.
Izoh (0)