Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning Samarqandga tashrifi yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki kunlik tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev va oliy martabali mehmon ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi, “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi va “Zamonlar sadosi” ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Turkman xalqining milliy yetakchisini O‘zbekistonning “Oliy darajali do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston yetakchisi kuzatib qo‘ydi.

Shundan so‘ng prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.
Izoh (0)