Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi stomatologiya poliklinikalari to‘liq xususiylashtiriladi. Bu haqda “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, davlat tashkilotlari ishtirokidagi korxonalarning aksiya paketlari (ulushlari) savdoga chiqarilishi qayd etilgan bo‘lib, ular orasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi stomatologiya poliklinikalari ham bor.
Andijon viloyatida:
- Andijon viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi.
Buxoro viloyatida:
- Buxoro viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya markazi;
- Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi.
Jizzax viloyatida:
- Jizzax viloyat stomatologiya tabobatxonasi
- Jizzax viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi
Qashqadaryo viloyatida:
- Qashqadaryo viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi
Namangan viloyatida:
- Namangan viloyat ixtisoslashgan bolalar stomatologiya poliklinikasi
Samarqand viloyatida:
- Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi;
- Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi;
- Samarqand viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi;
- Paxtachi tuman stomatologiya poliklinikasi.
Toshkent viloyatida:
- Angren shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi;
- Yangiyo‘l tuman stomatologiya poliklinikasi;
- Bolalar stomatologiya poliklinikasi.
Farg‘ona viloyatida:
- Farg‘ona viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi;
- Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasi;
- Qo‘qon shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi;
- Marg‘ilon shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi.
Xorazm viloyatida:
- Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi.
Toshkent shahrida:
- 1-son bolalar stomatologiya poliklinikasi;
- 2-son bolalar stomatologiya poliklinikasi;
- 4-son bolalar stomatologiya poliklinikasi;
- 5-son bolalar stomatologiya poliklinikasi;
- 7-son bolalar stomatologiya poliklinikasi;
- Uchtepa bolalar stomatologiya poliklinikasi
- Ichki ishlar vazirligi stomatologiya poliklinikasi;
- Xalq tabobati plyus.
Ushbu poliklinikalarning sotiladigan aksiya paketlari (ulushlari) 100 foizni tashkil etadi.
Hujjatga ko‘ra, vazirlarning xususiylashtirish va davlat-xususiy sherikchiligiga mas’ul o‘rinbosari bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasi 2025-yil 1-mayga qadar bunday o‘rinbosarlar ro‘yxatini tasdiqlashi lozim. 2030-yilga qadar davlat ishtirokida korxona tashkil etishga moratoriy joriy qilindi.
Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazganida tadbirkorlikni rivojlantirish, yer va inshootlardan samarali foydalanish maqsadida xususiylashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilinayotganini aytgandi. 2021-2024-yillarda 47 trillion so‘mlik davlat aktivlari sotilgan. Bu oldingi o‘n yillikdagi ko‘rsatkichdan 30 karra ko‘p.
Bular hisobiga davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 karra qisqardi, iqtisodiyotda davlat ulushi 13 foizga kamaydi. Xususiylashgan mulk samaradorligi ham bir necha barobar oshdi.
Majlisda xususiylashtirish sohasidagi 2025-yilgi maqsadlar belgilab olingandi.
Izoh (0)