• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Uzuklar hukmdori”dagi Frodo — Elayja Vud 44 yoshda: aktyor bugungi kunda qanday hayot kechirmoqda va nimalar bilan band?

    28-yanvar kuni “Uzuklar hukmdori” va “Hobbit” filmlarining yulduzi 44 yoshga to‘ldi. Xo‘sh, sevimli aktyor hozirda nimalar bilan shug‘ullanmoqda?

    Foto: Legion-Media

    Qo‘rqinchli filmlar ishlab chiqaradi

    Bunga ishonish qiyin, ammo dunyodagi eng mashhur fantastik filmlar yulduzi ko‘p yillardan beri majoziy ma’noda qo‘rqinchli filmlar havosidan nafas oladi. Bu ishtiyoq unda birinchi marta 2012-yilda “Manyak” filmida suratga tushganidan keyin paydo bo‘ldi. 1980-yilda xuddi shu nomdagi slesherning remeyki bo‘lgan “Manyak” filmida u hobbitg mutlaqo o‘xshamaydigan, shizofreniyaga chalingan shafqatsiz seriyali qotil Frenk Zito rolini o‘ynadi.

    Aktyorlik — turli shaxslarni tasvirlay olish, degani shu bo‘lsa kerak. Menga kelsak, doim oldingi rollarimdan farq qiladigan obrazlarni o‘ynashga qiziqib kelganman. Buning turli sabablari bor. Birinchidan, bu oson emasligi, shuningdek, men butunlay boshqa janrlarning muxlisi ekanligim uchun, degandi aktyor.


    Garchi “Manyak” filmi prokatda kamtarona natijaga erishgan bo‘lsa-da, Vud bu turdagi filmlarga ko‘proq e’tibor berishga qaror qildi. 2010-yilda aktyor Woodshed prodyuserlik kompaniyasining asoschilaridan biri bo‘lgan. Keyinchalik u SpectreVision deb o‘zgartirildi va kam byudjetli qo‘rqinchli filmlar ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. O‘shandan beri Vud prodyuserlik bilan faol shug‘ullanib kelmoqda va bir qator dahshatli filmlar yaratilishiga hissa qo‘shdi. Jumladan, “La’natlangan dushman” (2020), “Boshqa dunyodan rang” (2019). 2025-yilda Stiven King hikoyasi asosida suratga olingan “Maymun” dahshatli filmi chiqadi.

    Dijeylik bilan shug‘ullanadi

    Foto: Legion-Media

    Aktyorning yana bir g‘ayrioddiy qiziqishi — dijeying. Elayja musiqaga ko‘pdan beri qiziqardi va u “Uzuklar hukmdori”da rol o‘ynagan paytlaridayoq dijeying bilan oz-ozdan shug‘ullana boshlagan. U klublar va tadbirlarda tez-tez chiqish qiladi va hatto 2005-yilda Simian Records musiqiy leybliga asos solgan. To‘g‘ri, bu borada ishi uncha yurishmadi, lekin dijey Vud hanuzgacha o‘z ustida ishlashda davom etmoqda.
    Aktyorlik va musiqani taqqoslab, Elayja musiqa uning uchun o‘zini namoyon qilishning haqiqiy usuli ekanligini tan oladi, chunki dijeying uning boshqa sohalardagi faoliyati bilan hech qanday aloqasi yo‘q. 

    Multfilm va videoo‘yinlarga ovoz beradi

    Ajablanarlisi shundaki, aktyorda ijodiy talantning mutlaqo boshqa qirralari mavjud. Masalan, Elayja qo‘rqinchli filmlarni yaxshi ko‘rishiga qaramay, animatsion filmlarga zavq bilan ovoz beradi. Uning dublyajdagi mashur ishidan biri — “Quvnoq oyoqchalar” (2006) to‘liq metrajli multfilmidagi raqsga tushadigan pingvin bolasi Mamblga ovoz bergani bo‘ldi.

    2010-yilda Vud multfilmning sikvelida yana shu personajini ovozlashtirdi. Bundan tashqari, “9” nomli post-apokaliptik animatsion film, “To‘siqning narigi tomonida” (2014) va “Yulduzlar jangi: qarshilik” (2018) animatsion seriallari ustida ishladi. Vud multfilmlardan tashqari, videoo‘yinlar qahramonlariga ham ovoz beradi.

    Ilk bor ota bo‘ldi

    Foto: Legion-Media

    Aktyor shaxsiy hayoti haqida gapirmaslikni afzal ko‘radi. Biroq aktyor har doim g‘ayrioddiy qizlar bilan uchrashgani ma’lum — avval nemis aktrisasi Franka Potente, keyin Gogol Bordello guruhi barabanchisi Pamela Rasin bilan. 2018-yilda OAV aktyorning o‘sha paytda turmushga chiqqan daniyalik prodyuser Mette-Mari Kongsved bilan ishqiy munosabati haqida yoza boshladi. Vaqt o‘tishi bilan bu shunchaki mish-mish emasligi ma’lum bo‘ldi: ular haqiqatan ham birga bo‘lib, o‘g‘il va qiz farzandning ota-onasi bo‘lishdi. 2025-yil boshida Elayja va Mette-Marining yashirin to‘yi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

    Bugungi kunda Elayja Vud 20 yil oldingi ko‘rinishiga o‘xshamasa-da, ko‘pchilik muxlislar uchun o‘sha samimiy hobbit bo‘lib qolmoqda.

    Uni Frodo deb atashsa, xafa bo‘lmaydi

    Foto: Legion-Media

    Aktyorni muntazam ravishda mashhur roli bilan eslashadi — masalan, muxlislar uni ba’zan Frodo deb atashadi. Lekin bu uni umuman xafa qilmaydi. 

    Ha, bu rolni tashrif qog‘ozim, desayam bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham, bu mening eng ko‘zga ko‘ringan ishim. Men madaniy jihatdan ko‘plab jabhani qamrab oladigan kinoning bir parchasiga aylandim, shuning uchun bu rol har doim hayotimning bir qismi bo‘lib qoladi.
    31 yanvar, 15:38   Izoh (0)   9438
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bolaligimda rafiqamning ismini devorga yozganman”. Ozodbek Nazarbekovning tarbiyasini olgan, oilasini sir tutadigan va doim kulib turadigan Alisher Fayz 41 yoshda...

    31 yanvar, 11:33

    Instagram: Bobosini xotirlagan Maryam Tillayeva, otasiga avtomobil sovg‘a qilgan Umar Shamsiyev, Behzod Muhammadkarimov xonadonida ziyofat 

    31 yanvar, 10:23

    Mashhur film yoki serialdagi roliga g‘ayrioddiy sabablarga ko‘ra rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    30 yanvar, 18:45

    “Sevgi iztirobi”dagi Asu — aktrisa Melisa Asli Pamuk ilk marta ona bo‘ldi

    30 yanvar, 16:42

    “Muhtasham yuz yil”dagi Sulton Sulaymon — aktyor Halit Ergench yolg‘on ko‘rsatma berganlikda ayblanmoqda

    30 yanvar, 15:49

    Selena Gomesga meksikaliklarni qo‘llab-quvvatlagani uchun AQSHdan deportatsiya bilan tahdid qilishdi

    30 yanvar, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.