• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Sevimli multqahramonlarimiz dastlab qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

    Ko‘pchilik jamoa animatsion film yaratishga kirishganda ularning barcha qahramonlar haqida aniq tasavvurlari bor, deb o‘ylaydi. Ammo rassomlar qahramonlarning tashqi ko‘rinishini bir necha bor qayta ishlashlariga to‘g‘ri keladi, nafaqat yuz tuzilishini, balki yoshini ham o‘zgartirishadi. Quyida sun’iy intellekt yordamida mashhur multfilmlardagi qahramonlarning dastlabki eskizlariga baho bering.

    “Sohibjamol va maxluq” filmidagi Bell

    Mashhur Disney multfilmida Bellga ovoz bergan Peyj O‘Xaraning aytishicha, bosh qahramon dastlab boshqacharoq ko‘rinishga ega bo‘lgan. Ilk chizgilarda qiz qora sochli, soch turmagi nozik, lablari qalin va qoshlari qoraroq tasvirlangan.

    O‘Xaraning xotirlashicha, bunday Bell juda ham mukammal ko‘rinib, tomoshabinlar unga hamdardlik qilishlari qiyin bo‘lardi. “U haddan tashqari go‘zal edi”, deydi Peyj. Oxir-oqibat rassomlar qahramonning tashqi ko‘rinishini biroz o‘zgartirib, uni maftunkor, biroq “g‘alatiroq qiz”ga aylantirishgan.

    “Oppog‘oy va yetti gnom” multfilmidagi Oppog‘oy

    Rassomlar chizgan dastlabki eskizlarda Oppog‘oy biroz g‘alati ko‘rinishga ega edi. Qahramonning terisi o‘sha-o‘sha oq, sochlari silliq qora bo‘lsa-da, g‘amgin ko‘k ko‘zlari nisbatan katta ko‘rinardi. Shu sababli qiz goh doimo xafa, goh sal erkatoy bo‘lib tuyulardi. Oqibatda bosh qahramon qiyofasi qayta ko‘rib chiqilib, yanada tabiiyroq qilinadi.

    “Pokahontas”dagi Pokahontas

    Dastlab bosh qahramon tarixiy haqiqatga mos kelishi uchun o‘smir qiz bo‘lishi mo‘ljallangan edi. Biroq bu g‘oyadan voz kechib, Pokaxontasni voyaga yetgan qizga aylantirishga qaror qilinadi. Qolaversa, rassomlarga obraz chizish uchun biror aniq prototip berilmagandi. Bu rolda o‘n beshga yaqin qiz namuna vazifasini bajargan.

    Barcha dastlabki eskizlarda qahramonning uzun qora sochlari tasvirlangan, ammo yuz tuzilishi biroz farqlanadi. Masalan, bir rasmda Pokaxontasning yuzi yumaloqroq, iyagi o‘tkir, yonoqlari keng, burni kichkina va lablari do‘mboq ko‘rinishda aks ettirilgan.

     “Zolushka”dagi o‘gay ona — Tremeyn xonim 

    Dastlab Zolushka o‘gay onasining yuz tuzilishi ancha dag‘alroq edi, shuningdek, rassomlar ajinlar yordamida uning yoshini ta’kidlab ko‘rsatishgandi. Biroq multfilm yaratuvchilari Tremeyn xonim yuqori tabaqadan chiqqan shafqatsiz ayol sifatida namoyon bo‘lishi uchun qahramonga ko‘proq zodagonlarga xos ko‘rinish berishga qaror qilishadi.

    “Alouddin”dagi Jasmin

    Rassomlar Jasmin obrazining yakuniy variantiga kelgunlaricha ancha ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladi. Dastlab ular malikani qizaloq qiyofasida tasvirlashgan, ammo keyinchalik bu g‘oyadan voz kechishgan.

    Qahramonning yoshi belgilangandan so‘ng, animatorlar uning tashqi ko‘rinishining bir nechta variantini ishlab chiqishadi. Ulardan birida qizning moviy ko‘zlari, cho‘zinchoqroq yuzi, kichkina og‘zi va biroz manmanlik ifodasi bor edi. Barcha malikalarni faqat bir narsa birlashtirib turardi: ular nafis taqinchoqlar taqishardi.

    “Suv parisi”dagi Arielning otasi — Triton

    Oppoq sochli va chiroyli soqolli Triton g‘amxo‘r, ammo biroz zolim ota rolida juda tabiiy ko‘rinadi. Biroq agar rassomlar dastlabki g‘oyaga amal qilganlarida, suvosti hukmdorining o‘z rolini ijro etishi ancha mushkul bo‘lardi.

    Gap shundaki, ilk eskizlarda shoh ancha yosh tasvirlangan, boshi butunlay kal, qora mo‘ylovli, quloqlari o‘tkir, qalin qoshlari chimirilgan edi. Yuz ifodasi ham ancha shubhali ko‘rinardi.

    “Prostokvashinodagi ta’til” multfilmidagi Fyodor amaki

    Eduard Uspenskiy Fyodor amakining qishloqdagi sarguzashtlari haqidagi hikoyalar turkumini yozishni endigina rejalashtirganida, bosh qahramonni o‘rta yoshli o‘rmonchi sifatida tasvirlamoqchi bo‘lgan. Ammo Boris Zaxoder uni bu fikridan qaytarib, qahramo bolaga aylanadi. Kitobni ekranlashtirishga qaror qilinganda, Fyodor amaki obrazi eng ko‘p muammo tug‘diradi. Barcha eskizlar rejissyorga mutlaqo yoqmaydi. Shunday qilib, bosh qahramonning rasmini o‘zi chizadi. To‘g‘ri, bola bu ko‘rinishda ham uzoq qolmaydi: ikkinchi qismdayoq uning tashqi qiyofasi yana o‘zgarib, tartibsiz sochi ko‘rkam turmakka aylanadi.

    “Senimi, shoshmay tur”dagi Quyon va Bo‘ri

    “Senimi, shoshmay tur!” multfilmini yaratishga birinchi bo‘lib rejissyor Gennadiy Sokolskiy qo‘l uradi. Biroq uning bosh qahramonlari studiya rahbariyatiga ma’qul kelmaydi. Bo‘ri va Quyon tanqidchilarga bolalar auditoriyasi uchun haddan tashqari yovuz tuyuladi. Sokolskiyga qahramonlarni qayta ishlashni taklif etishadi, ammo u rad etib, loyihadan chiqib ketadi. Vyacheslav Kotenochkin esa aksincha, rahbariyatga ham, tomoshabinlarga ham yoqqan yoqimli va sevimli Quyon va Bo‘ri obrazlarini yaratadi.

    “Kichkintoy va Karlson”dagi Kichkintoyning onasi

    Dastlab Kichkintoyning onasi biroz boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak edi. Uning sochi qisqa va och rangli, yuzi esa biroz dumaloqroq bo‘lgan. Biroq oxirgi variantdagi kabi u ham ko‘zoynak taqardi.

    “Moana”dagi Moana

    2016-yilda ekranlarga chiqqan “Moana” animatsion filmining bosh qahramoni o‘smir qiz edi. Dastlab ijodkorlar uni ancha yosh qilib tasvirlashni maqsad qilishgan. Ilk chizgilarda Moana taxminan 5 yoshda bo‘lib, sehrli qobiliyatlarga ega edi: narsalarni havoda muallaq tuta olish va okeanni boshqarish kabi. Biroq ish jarayonida ijodiy guruh Moanani o‘z qabilasini qutqaruvchi qahramon sifatida yanada ishonchliroq ko‘rsatish uchun katta yoshli qilib tasvirlashga qaror qiladi.

    22 mart, 11:54   Izoh (0)   3588
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #multfilm#animatsiya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Maysa ustidagi nonushta”, “Yovvoyi sayyora”, “Haqiqiy qayg‘u” — hayot haqida o‘ylashga majbur qiladigan falsafiy multfilmlar

    12.08.2024, 12:56

    Iliq kuz kunlari oila davrasida tomosha qilish tavsiya etiladigan multfilmlar (treyler)

    09.10.2024, 09:52

    Kuzning sokin oqshomida tomosha qilish uchun 7 ta mistik anime

    30.10.2024, 18:38

    Nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham zavq ulashuvchi multfilmlar (treyler)

    28.11.2024, 14:45

    FQBda ishlagan, natsistlar bilan hamkorlik qilgan, ayollarni ishga olishni xohlamagan — buyuk animator Uolt Disney haqida ko‘pchilik bilmaydigan faktlar

    05.12.2024, 11:05

    “Soyuzmultfilm” fondidan: Yangi yilda bolalar bilan tomosha qilish uchun samimiy multfilmlar (video)

    03.12.2024, 16:55

    Tom va Jerri ekranlarga qaytmoqda: Warner Bros. yangi talqindagi multfilmni taqdim etadi

    17.12.2024, 17:50

    Jahon kinosining durdonasiga aylangan sevimli “Qor malikasi” multfilmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 20 ta fakt

    29.12.2024, 12:55

    Samolyotlarni yaxshi ko‘rgan bolakay qanday qilib dunyo tan olgan animatorga aylandi — buyuk yapon rejissori Hayao Miyazaki hikoyasi

    28.12.2024, 15:53

    IMDb reytingi bo‘yicha kino tarixidagi eng yaxshi 10 ta multfilm (treyler)

    27.12.2024, 12:58

    Hayao Miyazaki 84 yoshda: buyuk yapon animatorining eng sara animelari (treyler)

    8 yanvar, 14:35

    Disney kompaniyasi “Moana 2” filmi uchun plagiatda ayblanmoqda

    15 yanvar, 18:50

    Zukko tomoshabinlar ham bir ko‘rishda payqamaydigan mashhur multfilmlardagi qiziqarli detallar 

    22 yanvar, 15:58

    “Moana 2” multfilmi jahon prokatida 1 mlrd dollardan ortiq daromadga chiqdi

    21 yanvar, 13:46

    “Uzuklar hukmdori”dagi Frodo — Elayja Vud 44 yoshda: aktyor bugungi kunda qanday hayot kechirmoqda va nimalar bilan band?

    31 yanvar, 15:38

    Nega ba’zi multqahramonlar 4 barmoqli qilib tasvirlanadi? Multfilmlar haqida qiziqarli faktlar

    10 fevral, 11:28

    “Yovvoyi robot”, “Oqim” va “Arkeyn”: Annie Awards-2025 taqdirlash marosimida yilning eng yaxshi animatsion filmlari aniqlandi

    11 fevral, 13:30

    Dismorfofobiya: tasavvuridagi jismoniy nuqsonlaridan aziyat chekadigan Gollivud yulduzlari

    17 fevral, 11:40

    “Tom va Jerri” 85 yoshda: bolaligimizni yodga soluvchi multfilm qanday yaratilgan?

    17 fevral, 09:36

    Xitoyning “Nechja ajdarlar shohini mag‘lub etadi” hiti “Boshqotirma 2”ni ortda qoldirib, tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan multfilmga aylandi

    24 fevral, 11:50

    “Qizaloq va maymoq” multfilmi islom mamlakatlarida mashhurlikka erishishiga nima sabab bo‘lgani aytildi 

    26 fevral, 16:40

    Multoterapiya: bolalikni yodga soladigan 10 ta multserial (video)

    27 fevral, 14:42

    “Oskar” poygasida “Oqim” multfilmi “Boshqotirma”ni ortda qoldirdi: kutilmaganda mukofotni qo‘lga kiritgan animatsion filmlar

    11 mart, 09:39

    “Oskar”ga nomzod bo‘lgan, lekin uni qo‘lga kirita olmagan qiziqarli multfilmlar (treyler) 

    13 mart, 13:04

    Xitoy multfilmi jahon bo‘yicha eng mashhur filmlar beshligidan joy oldi

    20 mart, 14:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.