Melinda French-Geytsning xotiralar kitobida milliarder Bill Geyts bilan ajrashishning haqiqiy sababi haqida so‘z boradi. Bu haqda Sunday Times nashri yozmoqda.

French-Geytsning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi tomchi New York Times gazetasida chop etilgan maqola bo‘lgan. Unda Bill Geyts va voyaga yetmagan qizlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan, jinoyatchilik tarmog‘ini yaratishda ayblangan moliyachi Jefri Epshteyn o‘rtasidagi aloqalar haqida so‘z borgan.
“Maqola Billning xatti-harakatlari haqida jiddiy savollarni tug‘dirdi — bu savollar bizning nikohimizga emas, balki bizning oilaviy prinsiplarimizga ham xiyonat qilganligini ko‘rsatdi”, deb yozadi u kitobida.
Sunday Times bilan suhbatda Geytsning sobiq rafiqasi ajrashish xato bo‘lmaganligini tasdiqladi. “Bu zarur edi”, — deb hisoblaydi u. — Agar odam hatto eng yaqin munosabatlarda ham o‘z prinsiplariga amal qila olmasa, ajrashish zarur.

Yaqinda The Times nashriga bergan intervyusida Geyts ajrashishni o‘zining eng muhim muvaffaqiyatsizliklari ro‘yxatida birinchi o‘ringa qo‘yganini aytdi. French-Geyts bu so‘zlarga izoh berishdan bosh tortdi.
“Uning endi o‘z hayoti bor, mening ham”, — deb tushuntirdi u. — Va men juda baxtliman”. Ilgari Melinda Bill Geyts bilan ajrimini o‘z hayotidagi eng muhim narsalardan biri deb atagan edi. “Ajrashganimda, yolg‘iz yashay olishni bilardim”, — dedi u. – Va eng muhimi ham shu”.

Izoh (0)