So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Pul

    O‘zbekistonda elektron tijorat bozoridagi o‘sish qanday darajada?

    6 iyun, 17:55 1887

    O‘zbekistonda elektron tijorat bozorining transformatsiyasi keng tus olmoqda. Chunonchi “Uretail.uz” ma'lumotlariga ko‘ra, 2022-yil yakunlari bo‘yicha, mamlakatda internetdan faol foydalanuvchilar 9,6 mln bo‘lgan holda bozor hajmi $1048,9 ni tashkil qildi, bunda o‘rtacha chek $2,36 ga teng bo‘ldi.

    “Statista” prognozlarga ko‘ra, O‘zbekiston “e-commerce” bozori ajoyib o‘sish sur’atlarini namoyon etadi va bozor hajmi 2023-yildayoq $1567 mln ga yetadi. Yaqin besh yilga o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 13,93 foiz deb baholanmoqda, buning natijasida 2027-yilga kelib bozorning prognoz qilinayotgan hajmi $2640 mln, foydalanuvchilar soni taqriban 15,9 mln kishiga yetadi, bunda foydalanuvchilar kirib borishi 2023-yildagi 38,0% dan 2027-yilga borib 42,9% ga o‘sadi, bir foydalanuvchidan o‘rtacha chek esa, qariyb $117,2 ni tashkil qiladi.

    Ushbu raqamlar respublikaning umumiy rivojlanish statistikasiga to‘liq mos keladi. Chunonchi O‘zbekistonda 2012-yildan boshlab o‘rtacha yillik iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,9% ni tashkil qildi. Mintaqaning eng aholisi zich mamlakati sanaladigan O‘zbekiston aholisining soni keyingi 20 yilda 42% ga oshdi, YIM esa 4 barobarga kengaydi (faqat 2022- yilning o‘zida YIM o‘sishi 5,7% ni tashkil qildi).

    Hozirda O‘zbekiston aholisining 60% dan ko‘prog‘i yoshlar, ular tom ma’noda qo‘llarida smartfon bilan katta bo‘ldilar va xizmat hamda tovarlarni onlayn buyurtirish bo‘yicha ko‘nikmaga egalar. Internetning chuqur kirib borganligi (55% dan yuqori),  shuningdek pandemiya cheklovlari davrida shakllangan xaridlarni onlayn amalga oshirish borasidagi qat’iy odat bunda asosiy rol o‘ynaydi.

    Va nihoyat, elektron tijorat rivojlanishi respublika hukumati tomonidan izchil qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, 2022-yil 31-dekabrda kuchga kirgan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunning yangi talqini elektron tijorat, uning subyektlari va raqamli mahsulotlar hamda xizmatlarning turli toifalariga aniq ta'rif beradi. Hujjat oldi-sotdining masofaviy xarakterini, “e-commerce” bozorining barcha ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlarini qat’iy belgilaydi, bu mazkur soha rivojlanishining shaffof va barqaror xarakterini ta'minlaydi.

    To‘lovga qobil aholi tomonidan onlayn xaridlarga ishonch va talab o‘sib borishi fonida onlayn-ishtirokchilar o‘z maydonlarini rivojlantirmoqdalar. Raqobat o‘smoqda, u bilan birga tobora talabchan va ziyrak bo‘lib borayotgan mijoz sadoqati uchun kurash faol avj olmoqda. Bu, ayniqsa, tovarlarni yetkazib berish tezligiga tegishli: chunonchi, oziq-ovqat chakana bozorida va umumiy ovqatlanishda soat va daqiqalarning qadri oshib bormoqda.

    Shu tariqa elektron tijorat segmentining jo‘shqin rivojlanishi yaqinroqdagi ombordan yakuniy xaridorgacha bo‘lgan barcha “oxirgi mil” yetkazmalar logistik amaliyotlari uchun chaqiriqqa aylanmoqda, bunda eng muhim raqobat afzalliklari tezlik va sifat bo‘lmoqda.

    Yetkazib berishdagi murakkab zanjirlar qisqarishi

    Onlayn-xaridlar yetkazib berilishining foydalanuvchi uchun qulay shakllari rivojlanishi buyurtmalarni olish punktlari (BOP), postamatlar va “eshikkacha” kuryerlik yetkazib berish variantlarining keskin ko‘payishiga olib keldi. Har yili BOP va postamatlar soni karrasiga oshmoqda va hozircha  – har qalay, yaqin bir necha yilda – bozor to‘yinishi to‘g‘risida gapirishga erta.

    Hozirdayoq “e-commerce” bozori ishtirokchilari kuryerlik yetkazib berilishi va avtotransportga salmoqli talabni shakllantiryapti, buning barobarida yakuniy yetkazishgacha tovarlar saqlanadigan omborxonalar va taqsimot markazlariga talab o‘smoqda. NF Group baholashiga ko‘ra, Markaziy Osiyoning aksariyat mamlakatlarida omborxona ko‘chmas mulkining ijara qiymati keskin oshib boryapti, bu bozorda maydonlar tanqisligi mavjudligini bilvosita tasdiqlaydi.

    Yetkazib berishni tashkil etish modeli qanday bo‘lmasin, “e-commerce” bozori uchun buyurtmalar harakatlanishining moslashuvchanligi va shaffofligini ta’minlash eng muhim nuqta bo‘ladi. Bunday imkoniyatlar uzoq yo‘nalishlarda ishlash bo‘yicha salmoqli tajribaga ega, birinchilardan bo‘lib raqamli servislarni o‘zlashtirgan logistika operatorlarining zamonaviy texnologik AT-platformalarida mavjud. 

    Logistikani avtomatlashtirish afzalliklari

    Logistik AT-platformalar bugungi kunda yagona darcha rejimida turli amaliyotlarni avtomatlashtirish imkonini beruvchi raqamli servislar ekotizimini o‘zida ifodalaydi. Ular, jumladan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    ●    Yuk gabariti, hajmi va miqdori, yetkazib berish manzili, muddatlarga talablar va boshqa mezonlar inobatga olingan holda buyurtmalarni taqsimlash va yo‘nalishni belgilash;
    ●    Real vaqt rejimida yetkazib berishni monitoring va nazorat qilish;
    ●    Dispetcher, haydovchi/kuryer va buyurtmachi o‘rtasidagi kommunikatsiya;
    ●    Hisobotlar va biznes-tahlil tuzish.

    Yuk yetkazib berilishi jarayonining barcha ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa ularning har biri uchun, zarur hollarda yetkazib berish maqomiga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati bilan, o‘z biznes-jarayonlarini amalga oshirishga kerakli barcha axborotdan to‘laqonli foydalanishni ta'minlaydi.

    Chunonchi haydovchi yoki kuryer mobil ilovada buyurtma haqidagi barcha ma’lumotlarni ko‘radi, u yerda bajarilgan vazifalarni belgilashi yoki dispetcher hamda xaridor bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin. Yuk qabul qiluvchi avtomatik ravishda yetkazib berish muddatlari haqida xabar oladi va jarayonning har bir ishtirokchisi har bir reys yakunlangach, onlayn-hisobot bilan tanishishi mumkin.

    Yagona platforma doirasida buyurtma olishdan to ish bajarilgani haqidagi hisobotgacha bo‘lgan yetkazib berishning butun siklini tashkil etish mayda amaliyotlar sonini sezilarli darajada qisqartirish, “inson omili” ta'sirini kamaytirish va barcha jarayonlarni yanada shaffofroq bajarishni ta'minlash imkonini beradi.

    Zamonaviy raqamli logistik AT-platformalar sun’iy intellekt texnologiyasi yordamida innovatsion qayta qurilish bosqichini boshdan o‘tkazmoqda. Mashina ta’limi algoritmlari ijrochilarning ishonchliligini tekshirish yoki tashishning adolatli bozor narxini belgilash kabi murakkab va mehnattalab amaliyotlarni ham avtomatlashtirishga imkoniyat yaratadi.

    “Oxirgi milya”ni avtomatlashtirish 

    “Oxirgi milya” logistika amaliyotlarini avtomatlashtirish yaqin yillarda “e-commerce” bozorining barcha ishtirokchilari uchun rivojlanishning asosiy ustuvor jihati bo‘lishi mumkin", - deydi Xalqaro “ATI.SU yuk tashishlar birjasi”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Farid Vohidov.

    Logistik operatorlar keng qo‘llaydigan logistik AT-platformalardan elektron tijorat va ichki yetkazib berish vazifalari sohasida foydalanish uchun qo‘llash mumkin. Tatbiqning "bulutli" modeli va mazkur xizmatlar provayderlaridan servis xizmat ko‘rsatilishi tufayli, “e-commerce” sektori kompaniyalaridan yetkazib berishning optimallashtirilgan va raqobatbardosh “oxirgi mil” yetkazib berilishini tashkil etish uchun qimmatbaho AT-infratuzilma va katta haq to‘lanadigan AT-mutaxassislarga ega bo‘lish talab qilinmaydi. 

    Mordor Intelligence tahlilchilarining fikrlariga ko‘ra, jahon raqamli logistika bozori 2020-2025-yillar mobaynida o‘rtacha yiliga 7,89% ga o‘sib boradi, bunda logistik kompaniyalarga biznes-jarayonlarni raqamlashtirishda xarajatlarni qisqartirish imkonini beruvchi o‘sish drayverlaridan biri butun yetkazib berish zanjiri bo‘ylab birgalikda ishlashni ta’minlovchi "bulutli" yechimlar bo‘ladi.

    Hozirdayoq keskin o‘sish bosqichiga o‘tgan O‘zbekistondagi “e-commerce” bozori uchun barcha jarayonlarga raqamli logistika texnologiyalarini tatbiq etishni, hech bir mubolag‘asiz, tengi yo‘q trend deb atash mumkin.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Bugun, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Bugun, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Bugun, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Bugun, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Bugun, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Bugun, 21:38

    Chilonzorda 29 tup ko‘p yillik daraxt kesib tashlandi

    Bugun, 21:05

    O‘zbekistonda ta’mirtalab tizimlardagi avariyalar sabab ichimlik suvining 25 foizi yo‘qotilmoqda

    Bugun, 20:45

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    Bugun, 19:45

    DXX Sirdaryoda ikki fuqaroga qalbaki 14 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi

    Bugun, 19:43

    Tavsiya etamiz

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Saratonni yenggan, liftda ko‘zi yorigan va og‘ir dardga chalingan turmush o‘rtog‘ini parvarishlayotgan Saida Rametova 66 yoshda (foto, video)

    13:00 / 22.09.2023

    Chustdagi bolalar zaharlanishi bo‘yicha Bosh prokuratura jamoatchilikdan tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi 

    01:00 / 22.09.2023

    Chustda bolalarning ommaviy zaharlanishi ortidan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova ishdan olingani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berildi

    13:00 / 22.09.2023

    Ukraina Rossiyaning o‘ta “nozik” joyiga zarba berdi — Britaniya razvedkasi 

    18:00 / 22.09.2023

    Nafaqat go‘zalligi, balki iste’dodi bilan ham tomoshabinlarning qalbidan joy olgan turk aktrisalari (foto)

    09:00 / 22.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?