• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    2022-yilda o‘z baxtini topib, oila qurgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto, video)

    Yakunlanayotgan yil insonlarda turli xil xotiralarni qoldirdi, 2022-yilda kimdir orzusiga erishdi, kimdir esa baxt qasriga qadam qo‘ydi. O‘zbek shou-biznesining ayrim vakillari ham aynan shu yilda o‘z baxtini topib, turmush qurdi. Quyida shu haqda ma’lumot beriladi.

    Faridam 

    Sardor Rahimxonning klipi orqali tanilib, keyinchalik o‘zi ham xonandalikka qadam qo‘ygan Faridam 2022-yilning 7-yanvar sanasida turmushga chiqdi. Sobiq xonanda ancha paytdan beri Turkiyaning Istanbul shahrida yashab kelayotgan edi. U turkiyalik xonanda Rafet El Roman bilan ham duet kuylagan.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Jahongir Xo‘jayev va Asal Abdullayeva 

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    O‘zbek shou-biznesida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan juftlik Jahongir Xo‘jayev va Asal Abdullayevaning nikoh oqshomi 10-mart kuni poytaxtdagi “Yakkasaroy” to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi. To‘yda o‘zbek shou-biznesining eng taniqli vakillari: aktyor, aktrisa, xonandalar hamda vaynerlar ishtirok etdi.

    Kelin-kuyovni to‘yxonada an’anaviy tarzda O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov “Kelibdi” qo‘shig‘i bilan qarshi oldi. Undan keyin esa mehmonlarni Yorqinxo‘ja Umarov, Ulug‘bek Rahmatullayev, Alisher Fayz va boshqa taniqli xonandalar sho‘x taronalari bilan xushnud etdi.

    Jahongir Xo‘jayev to‘yida otasiga mashina kalitini topshirdi, onasi va qaynonasiga esa Malika Ravshanovaning “Bu mening onam” qo‘shig‘i sadolari ostida guldasta taqdim etdi.

    Aziza Nizomova 

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Aktrisa, xonanda Aziza Nizomova 19-mart kuni sevgan yigiti bilan turmush qurdi. Uning to‘yi poytaxtdagi restoranlarning birida bo‘lib o‘tdi. Aziza Nizomova o‘z to‘yida qo‘shiq kuyladi. To‘yda o‘zbek shou-biznesining ko‘plab taniqli vakillari mehmon bo‘ldi.

    Parizoda Usmonova 

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Instabloger, tiktoker Parizoda Usmonova 2022-yilning 11-may kuni turmush qurdi. Uning to‘yida ham o‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari, blogerlar, vaynerlar ishtirok etdi.

    Kaniza 

    Foto: Instagram / @kaniza_shahrizoda

    Foto: Instagram / @kaniza_shahrizoda

    Xonanda Kaniza 25-may kuni 7 yillik sevgilisi bilan turmush qurganini ma’lum qildi. “Biz bir-birimizni 7 yil sinadik. Hatto ayro yo‘llardan ketdik. Men hurmat qiladigan erkak o‘ta rashkchi va san’atni qabul qilolmaydigan bo‘lishi kerak edi. Shunday insonni sevdim. Faqat birga bo‘lishimiz uchun yillar kerak bo‘ldi. Vanihoyat rashk, qaysarlik, har xil shartlardan ko‘ra sevgimiz kuchlilik qildi. Alhamdulillah”, — deb yozadi xonanda Instagram sahifasida.

    Foto: Instagram / @kaniza_shahrizoda

    Foto: Instagram / @kaniza_shahrizoda

    Ma’rifat Ortiqova

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Film va seriallardagi ma’suma ayol obrazi bilan elga tanilgan aktrisa Ma’rifat Ortiqova 2-iyul kuni, 39 yoshida turmushga chiqdi. Uning to‘yida hamkasblari va yaqinlari ishtirok etdi.

    Baby Mohi 

    Foto: Instagram / @babymohi

    Foto: Instagram / @babymohi

    Instabloger, kover taronalar ijrochisi 22-iyun kuni Jasur Hurriyatov bilan turmush qurdi. Baby Mohi turmush o‘rtog‘i bilan 2019-yili tanishgan va to‘ydan avval biznes hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan. Kelin-kuyovlar brend liboslar savdosi bilan ham shug‘ullanishadi.

    Izzat Shukurov

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Xonanda, aktyor Tojivoy Shukurovning o‘g‘li Izzat Shukurov 27-iyun kuni uylandi. Uning to‘yida o‘zbek shou-biznesining ko‘plab taniqli vakillari ishtirok etdi. Xonanda Izzat Shukurov ham o‘z to‘yida qo‘shiq kuyladi.

    Muzaffar Qurbonov

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Xonanda Abdulla Qurbonovning o‘g‘li Muzaffar Qurbonov 2-sentabr kuni turmush qurdi. Uning to‘yida o‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari ishtirok etdi. Abdulla Qurbonov to‘yga tashrif buyurgan ayrim hamkasblari ustidan dollar sochdi.

    Java Rasulov 

    Instabloger Javohir Rasulov 7-sentabr kuni hamkasbi Asal Yoqubova bilan oila qurdi. Uning to‘yida mashhur instablogerlar, vaynerlar va xonandalar mehmon bo‘ldi.

    Javlonbek Olimov

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Xonanda Avazbek Olimovning o‘g‘li Javlonbek Olimov 2022-yilning 23-oktabr kuni uylandi. Uning to‘yida Farruh Zokirov, Ozodbek Nazarbekov, Ali Otajonov va ko‘plab mashhurlar ishtirok etib ijodidagi taronalarni ijro etdi.

    Ruxshona 

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Birinchi turmush o‘rtog‘i prodyuser, klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan ajrashgan xonanda Ruxshona 3-sentabr kuni ikkinchi marta turmush qurayotganini ma’lum qildi. Keyinchalik xonanda: “Turmush o‘rtog‘imning millati o‘zbek, Turkiyada yashaydi. Turmushga chiqdim, to‘y qilmadik, chunki bunday istak o‘zimda bo‘lmadi. Bir marta to‘yim bo‘ldi, yetadi, boshqa kelin ko‘ylak kiyish niyatim yo‘q, dedim”, — deb izoh berdi.

    Zara Shirinova 

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Teleboshlovchi Zara Shirinova 25-oktabr kuni sevgan yigiti bilan turmush qurdi, biroq kuyov to‘yda ishtirok etmadi. Zara Shirinova keyinroq bu holatga izoh berib, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i ish bilan bog‘liq vaziyat tufayli to‘yda ishtirok etmaganini aytdi.

    Timur Kubayev

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Aktrisa Dilnoza Kubayevaning ukasi Timur Kubayev 2022-yilning 25-noyabr sanasida oila qurdi. Uning to‘yida mashhur aktrisa va aktyorlar ishtirok etdi. Aktyorning to‘yi poytaxtdagi restoranlarning birida bo‘lib o‘tdi.

    Farhod Mahmudov

    “Baron” filmidagi roli bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Farhod Mahmudov 30-noyabr kuni Kamilla ismli qiz bilan oila qurdi.

    Aktyor Farhod Mahmudovning to‘yida o‘zbek san’atining eng taniqli namoyondalari mehmon bo‘ldi.

    Bunyod Rahmatullayev

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    “Ilhaq”, “Sehrli qalpoqcha”, “Yig‘lamagin” filmidagi rollari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan aktyor Bunyod Rahmatullayev ham 30-noyabr kuni uylandi. Uning to‘yi Toshkentdagi restoranlarning birida bo‘lib o‘tdi.

    Jasur Umirov

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Xonanda Jasur Umirov 3-dekabr kuni Go‘zal ismli qiz bilan oila qurdi. Tantanaga o‘zbek san’atining ko‘plab taniqli vakillari tashrif buyurdi. Uning to‘yi ham poytaxtdagi hashamatli restoranlarning birida bo‘lib o‘tdi.

    “VIA Marakand”, Hosila Rahimova, Imron, Ozoda Nursaidova, Mahmud Namozov, Bunyodbek Saidov, Mavluda Asalxo‘jayeva, Asilbek Amanulloh, Vohidjon Isoqov, Doston Ergashev va boshqa ko‘plab xonandalar nikoh oqshomida qo‘shiq kuylab, kelin-kuyovga baxt tiladi.

    Kelin-kuyov Shohjahon Jo‘rayevning “Bitta bo‘lsin” qo‘shig‘i sadolari ostida ilk oilaviy raqsini ijro etdi.

    Shahram G‘iyosov 

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Boks bo‘yicha Rio olimpiadasi kumush medali sohibi, jahon chempioni Shahram G‘iyosovning Buxoro shahridagi to‘yi 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Nikoh oqshomida taniqli sportchilar va o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari ishtirok etdi.

    Shuningdek, Shahram G‘iyosov 12-dekabr kuni Toshkent shahrida ham to‘y o‘tkazdi. Bu to‘yda ham mashhur xonandalar ishtirok etib, o‘z ijodidagi taronalarni ijro etdi.

     

    Intizor Tojiboyeva 

    Ustazoda san’atkor, qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva 18-dekabr kuni oila qurdi. Uning to‘yida o‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari, qiziqchilar, xonandalar ishtirok etdi.

    Mavzuga doir: 

    • 2021-yilda oila qurgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto).
    • Instagram: Ortiq Sultonov o‘g‘lini uylantirdi, Intizor Tojiboyeva turmushga chiqdi, Yulduz Usmonova Umra safaridan qaytdi.
    • Instagram: Zara Shirinova turmushga chiqdi, Muqaddas Sa’dullayevaning farzandi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holat, muxlisasiga kiyimini sovg‘a qilgan Yulduz Usmonova.
    • Instagram: 36 yoshni qarshi olgan Munisa Rizayeva, Umra safaridagi Shahlo Zoirova, Ruxshona turmushga chiqdi.
    • Tiktoker hamda cover qo’shiqlar ijrochisi Baby Mohi turmushga chiqdi ( foto, video).

    31.12.2022, 12:50   Izoh (0)   42747
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bayramona kayfiyat ulashuvchi Yangi yil haqidagi 5 ta film

    31.12.2022, 10:49

    Instagram: Onasini Umra safaridan kutib olgan Ziyoda, Hosila Rahimova Yangi yilni Nyu-Yorkda qarshi oladi, Manzura hijobini yechgani haqidagi mish-mishlarga izoh b...

    30.12.2022, 23:05

    Chiqindixonadan topib olgan chaqaloqni o‘z farzandidek voyaga yetkazgan Mithun Chakraborti haqida

    30.12.2022, 19:40

    “O‘g‘lim otasi bilan ko‘rishib turadi”. Sitora Alimjonova farzandini futbolchi qilmoqchi ekanligi hamda hayotdagi armoni haqida (video)

    30.12.2022, 15:40

    Uenzdey rolini qoyilmaqom ijro etgan va internetni “portlatgan” raqsni o‘zi o‘ylab topgan Jenna Ortega haqida 20 ta fakt

    30.12.2022, 13:51

    Instagram: Ikkinchi bor ona bo‘lgan Xanna, mashinasini sotayotgan Shohruxxon, Yangi yilni xorijda kutadigan san’atkorlar

    29.12.2022, 22:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Medvedevning tahdidiga javoban AQSHning ikkita yadroviy suv osti kemasini Rossiya yaqiniga joylashtirishni buyurdi

    Dunyo | 2 avgust, 10:10

    2,2 mlrd dollarlik kassa: 2025-yilning eng ko‘p daromad keltirgan 10 ta filmi

    Madaniyat | 2 avgust, 09:45

    Rodrigo “Liverpul”ga o‘tishga rozilik bildirdi — ESPN

    Sport | 2 avgust, 09:37

    Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 09:31

    “Bola maktabda o‘qishni 7 yoshdan boshlashi nihoyatda kech” — Bahodir G‘aniyev O‘zbekiston taʼlim tizimi haqida

    O‘zbekiston | 2 avgust, 09:10

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.