• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Hayotdagi ketma-ket zarbalar o‘g‘limni kasal qildi”. Marhum xonanda Jasur Rafiqovning onasi bilan suhbat (video)

    “Daryo” internet nashrining YouTube’dagi kanalida sobiq “Ummon” guruhi xonandasi Jasur Rafiqov xotirasiga bag‘ishlab, onasi Noila Rafiqova bilan intervyu tashkil etildi. U suhbat davomida o‘g‘lining bolaligi, san’atga kirib kelishi va bu sohani egallashiga oila a’zolari qarshi bo‘lishgani haqida so‘zlab berdi.

    — Farzandim 1991-yil 30-sentabrda tavallud topgandi. Bolaligi hamma bolalar singari beg‘ubor o‘tgan. Mahallamizdagi 160-bog‘chaga Shohruh va Zohid bilan birga borgan. Bolalikdan ahil va inoq bo‘lib voyaga yetishdi. Kichkinaligidan san’atning odami ekanligi sezilardi. Bir kuni Shohruh bog‘chadagi bayram videosining diskini olib chiqdi. Bayramda Jasur xo‘roz rolini ijro etgan ekan. O‘sha yoshida ham rolni mas’uliyat bilan ijro etgan ekan. Oilamizda san’atkorlar bo‘lmasa-da, u qo‘shiq aytishga qiziqardi. Supurgini gitara qilib qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘rardi.

    Bog‘chada tarbiyachi bo‘lganim uchun o‘qituvchilik mas’uliyatini yaxshi tushunardim. Maktabda o‘qiyotganida gazetadan ustozlar haqidagi she’rni olib, Jasurdan ustoziga yod olib berishini so‘rardim. She’rlarni juda chiroyli yod olardi. Shuning uchun ham maktab tadbirlarida faol ishtirok etardi. “Ona, salla yasab bering Alisher Navoiy bo‘laman, to‘n topib bering Bobur bo‘laman”, — derdi. Ba’zan jahlim chiqib “Sinfda sendan boshqa bola yo‘qmi?” deb koyib berardim. Ammo u sahnani yaxshi ko‘rgani uchun qiyinchilikka qaramay baribir rolini ijro etardi, — deydi Noila Rafiqova.

    “Ummon” guruhi 2007-yili “Sokin tun” qo‘shig‘i bilan mashhurlikka erishgan. Noila Rafiqova guruhning tashkil etilgan kunlarini quyidagicha xotirlaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Qo‘shiqlarning barini Zohidning uyida yaratishardi. Bular shunchaki havaskor bo‘lib qo‘shiq aytib yurishardi. Bir kuni keldida: “Ona duo qiling, biz to‘yga ketyapmiz”, dedi. “Senlarni to‘yda kim eshitardi”, deb rosa kuldim. U paytlari Jasur ko‘proq qo‘shiqning rep joylarini ijro etardi. Bu yo‘nalish bizga yangilik bo‘lgani uchunmi ularning qo‘shiq aytishini hech jiddiy qabul qilmasdim. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay “Bekobodda konsert beramiz”, deb qolishdi. Yana hayron bo‘ldim. Keyin bilsam qo‘shiqlari telefonlar orqali tarqalib, yoshlar orasida tanilishgan ekan.

    O‘g‘limning san’atkor bo‘lishiga qarshi bo‘lmaganman, ammo ishonchsizlik bildirib, ustidan kulgan paytim ko‘p bo‘lgan. Chunki ular aytayotgan yo‘nalishdagi qo‘shiq biz tengi insonlar uchun yangilik edi. Biz Yulduz Usmonova, Farruh Zokirov va Nasiba Abdullayeva kabi san’atkorlarni eshitib o‘rganib qolgandik-da, — deydi Noila Rafiqova.

    Jasur Rafiqov uyali telefon shoxobchasida ishlagani va nima uchun onasining tijorat bilan shug‘ullanishiga qarshi bo‘lgani haqida Noila Rafiqova quyidagilarni so‘zlab berdi.

    — “Ummon” guruhining birinchi prodyuserining telefonlarga pul to‘lash shoxobchasi bor edi. Jasurni ishga olgandi. Uyimiz Yunusobodda, ishxonasi esa O‘rikzor bozori atrofida edi. Har kuni erta sahardan ishga ketardi. Unga achinib “Shu ishingni qo‘y yoki shunga o‘xshash shoxobchani yaqin atrofdan ochgin”, desam “Ona birovning nonini yarimta qilmayman”, deb javob bergandi. O‘shanda qiynalsak ham halol yedirib-ichirgan ekanmiz, deb rosa quvongandim.

    Hamma qatori oilamizda kam-ko‘stlar bo‘lgan. Dadasi zavodda, men esa oddiy bog‘chada ishlardim. Beshta bolani oyoqqa qo‘yish oson emas. Bog‘chada ishlab yurganimda kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanib, bozorga borolmaydigan ayollarning hojatini chiqarib yurardim. Savdoni kengaytirish uchun Turkiyaga qatnayman desam birinchilardan bo‘lib Jasur qarshilik qilgandi.

    “Bo‘ldi bu yog‘iga biznesni ham yig‘ishtirasiz”, deganidan keyin o‘g‘lim “Ummon”chi bo‘ldi deb savdo-sotiqqa ham nuqta qo‘ygandim, — deydi Noila Rafiqova.

    Noila Rafiqova 2012-yili shifokorlar o‘g‘liga bir yil qo‘shiq aytmaslikni tavsiya qilishgandi, ammo Jasur Rafiqov bunga rozi bo‘lmagani haqida aytib o‘tdi.

    Foto: Noila Rafiqova arxividan

    Foto: Noila Rafiqova arxividan

    — 2012-yili “Ummon” guruhi tanilib, ketma-ket konsert dasturlari berib yurgan paytda o‘g‘lim “Ona negadir qo‘shiq aytsam tomog‘im qirilyapti”, dedi. Ertasiga uni tanish lor shifokorga olib borsam, uni endokrinologga olib borishni tavsiya qildi. Tashxis natijalariga ko‘ra, operatsiya qilish va bir yilga qadar qo‘shiq aytmaslik lozimligini aytishdi. Ammo o‘sha vaqtda “Ummon” guruhi endi ko‘tarilib kelayotgani uchun operatsiya qildirishni istamadi.

    Kamol Boboyev degan yaqin do‘sti tibbiyot oliygohida o‘qigani uchun uni juda ko‘p shifokor va tabiblarga ko‘rsatdi. “Ona so‘rilib ketibdi. Xavotir olmang”, degandi. Ammo endokrinolog tanishim har ko‘rganida “Tekshirtirdingizmi, yaxshi emas-da?”, — derdi.

    Ahvoli yomonlashganida shu haqida o‘ylab ham qoldim. Kim bilsin, balki bo‘qoq ham sabab bo‘lgandir. Unga asabiylashish, siqilish mumkin emas ekan. Ammo hayotidagi ketma-ket zarbalar dardining uyg‘onishiga ham sabab bo‘ldimi, deb o‘ylab qolaman, — deydi Noila Rafiqova.

    Jasur Rafiqovni ko‘pchilik oilali deb bilardi. Ammo onasi u to‘ydan keyin bir yil o‘tib ajrashgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Noila Rafiqova arxividan

    Foto: Noila Rafiqova arxividan

    — 2015-yili o‘g‘lim besh yil davomida gaplashib yurgan qizi bilan oila qurdi. Afsuski, ularning turmushi ko‘pga cho‘zilmadi. Bir yildan so‘ng kelin ketib qolgach, Jasur stressga tushib qoldi. Yana e’tiborini ijodga qaratib yurgandi, ba’zi odamlar yigitlar orasiga sovuqchilik tushirishdi. Yoki hamma oilali bo‘lganidan keyin moddiy jihatdan kelishmovchiliklar bo‘ldi. Zohid guruhni tark etganidan so‘ng Jasur yana tushkunlikka tushib qoldi. Bular bolalikdan birga o‘sib, bir-biriga suyanib qolgandi. Zohiddan keyin ham qo‘shiq aytishdi. Ammo baribir uchlikdagi ijod boshqacha edi. Keyin ibodatga tushganidan keyin san’atdan ko‘ngli sovidi.

    “Ona bir kun o‘lsam narigi dunyoga qo‘shiqlarim bilan bormayman-ku”, degan gapi haligacha quloqlarim ostida jaranglaydi. Kichik bizneslarni yo‘lga qo‘yib tirikchilik qilib yurdi.

    2020-yili peshonasida shish paydo bo‘ldi. Shifokorga olib boray desam “Yo‘g‘-ey, onasi bilan kelibdi deyishmaydimi?” deb kulib qo‘ydi. Eratasi kuni ishga ketsam o‘zi Yunusoboddagi 12-oilaviy poliklinikaga chiqib, shishni oldirib kelibdi. Ishdan qaytsam, boshi qon, bint bilan bog‘lab olibdi. “Oyi bu “jiravik” emas ekan, tekshiruvga olib ketishdi”, dedi. Ishonasizmi shu gapni eshitib ado bo‘ldim. Nahotki, 10 yil o‘qigan jarroh oddiy “jiravik” bilan o‘simtani farqlay olmasa, deb jahlim chiqdi. Borib urishib kelaman, desam o‘g‘lim yo‘limni to‘sdi, — deydi Noila Rafiqova.

    Noila Rafiqova suhbat davomida ba’zi shifokorlardan ranjigani haqida aytib o‘tdi.

    — Shahar onkologiyasiga tekshirtirgani bordik. Ba’zi shifokorlar kasbiga shu qadar noloyiqki, asti qo‘yaverasiz.

    “Foydasi yo‘q, yara ochilgan davolagandan foyda yo‘q” deb ko‘ngildagi zarracha umidni ham so‘ndirishadi. Ularning tavsiyasiga ko‘ra, tahlillarini tekshirtirish uchun Hindistonga yubordik. Katta harajat, uning ustiga javoblarni 15 kun kutish kerak ekan. Bu kunlarni qanday o‘tkazganimni tasvirlab berolmayman.

    Kundan-kunga o‘g‘limning ahvoli yomonlashib borardi. Bir kuni ukam Respublika onkologiyasida tanish shifokori borligini aytdi. U yerdagilar tahlillarni Hindistonga jo‘natish shart emasligini, barchasi ularda borligini aytishganida, kasbiga noloyiq insonlardan yana bir marta ranjidim. Odamni sarson qilib, puli va vaqtini ketkazmay Respublikamizda bor ekanligini aytishsa bo‘ladi-ku.

    Xullas, shifokor ko‘rib, tomog‘ida ham shish paydo bo‘lganligini aniqladi. Shundan keyin tomog‘idan ham operatsiya bo‘ldi, — deydi Noila Rafiqova.

    Videoni to‘liq holda quyida tomosha qilishingiz mumkin.

    Mavzuga doir:

    • “Aslida Alloh uni o‘ziga chaqirgandi”. Instagram’da Jasur Rafiqov xotirlanmoqda
    • “To‘shakka mixlanib qolganiga bir yilcha bo‘lgandi”. Jasur Rafiqovning o‘limiga qanday kasallik sabab bo‘lgani haqida ma’lumot berildi (video)
    • “Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda

    11.12.2022, 22:44   Izoh (0)   49176
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘rtadagi 13 yosh farq pasportdagi raqamlar xolos”: aktyor Xyu Jekman rafiqasi bilan birga o‘tkazgan yaxshi-yomon kunlari haqida

    11.12.2022, 19:45

    Xit bo‘lgan birgina qo‘shig‘i tufayli umrining oxirigacha yetadigan boylik orttirgan yulduzlar (video)

    11.12.2022, 16:08

    Antonio Banderas “Shrek” multfilmining ekranlarga qaytishiga ishora qildi

    11.12.2022, 13:50

    Instagram: Alla Pugachyovaga aylangan Dilnoza Kubayeva, Sevinch Mo‘minova imijini o‘zgartirdi, hamkasblariga “tosh otgan” Nilufar Hamidova

    10.12.2022, 22:46

    Skarlett Yoxansson, Lesli Xemilton va egizagi bor boshqa mashhurlar (foto)

    10.12.2022, 21:41

    “Mening eng xavfli dushmanim o‘zim ekanimni bilaman” — aktrisa va xonanda Lindsi Lohan 3 yoshida boshlangan karyerasidagi tub burilishlar haqida

    10.12.2022, 18:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qizcha nazoratsiz qolgani sabab vafot etdi

    O‘zbekiston | 31 may, 15:09

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.