O‘zbek san’atatkorlari orasida o‘zga millat vakillari bilan oila qurganlar ko‘p. Ular oilaning baxtli va saodatli yashashida millatning ahamiyati yo‘q ekanligini isbotlay olgan.
Muhammadali Abduqunduzov — teatrda rus qizi bilan tanishgan
Muhammadali Abduqunduzov ayoli Valentina bilan Termiz shahridagi Mannon Uyg‘ur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida tanishgan. Valentina Nikolayevna u yerga grimyor sifatida Toshkent teatridan yo‘llanma asosida yuborilgandi. Ular viloyat teatrida tanishib, o‘sha yerda oila qurishgan. Ammo to‘yga aktyorning oila a’zolari qarshi bo‘lgan. Chunki kelinchak u paytlarda o‘zbek tili va urf-odatlarini bilmasdi.
Ayni kunlarda Valentina Abduqunduzova O‘zbek Milliy drama teatrining bosh pardozchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, u qator tarixiy filmlar uchun murakkab obrazlarni yaratgan. Ular ikki o‘g‘il farzandni tarbiyalashgan. Afsuski, farzandlaridan hech biri san’at sohasini egallamagan.
Farrux Zokirov va Anna
O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov 1986-yilda taqdir yo‘lini rus millatiga mansub Anna ismli ayol bilan bog‘lagan. San’atkor intervyularidan birida bu haqda shunday degandi:
Taqdir taqazosi bilan deyilganidek, yo‘limda bir ayolga duch keldim. Qolaversa, “Xalqlar do‘stligi” saroyida uchrashib qoldik, tasodifan. Xullas, tanishganimizdan keyin qandaydir yaqinlik sezdim. Uchrashib yurganimizda, taqdirga ishonch bergan narsa, u rus, meni sizlab Farrux Karimovich derdi. Bir kuni Farrux Karimovich, repertuaringizdagi bir qo‘shiq menga shunchalar yoqadiki, shunchalar yaqinki, deb qoldi.Turk yigiti bilan baxtini topgan Yulduz UsmonovaMen hayron bo‘lib, hozir “Uchquduq” yoki boshqasini aytadi deb o‘yladim. Bilasizmi, bu qo‘shiq menga juda yoqadi, deb “G‘ayra-g‘ayra”ni xirgoyi qilib berdi. Stop, ertaga to‘y, dedim. Men uchun bu kutilmagan narsa, dilimga to‘ppa-to‘g‘ri keldi-da. Hayotim uchun juda ham muhim narsa bo‘ldi.
Shundan keyin onam bilan tanishtirdim. Hech esimdan chiqmaydi, Dilfuza opamning uyida tanishtirganman. Onamlarning birinchi gapi shu bo‘ldi: “O‘g‘lim, ko‘zi to‘q ekan”. Oyi, millati rus desam, men uchun bitta millat qoldi, insof degan millat. Insofli ekan, mayli, qo‘sha qaringlar, deb duo qilganlar. Mana, shunga ham 35 yildan oshdi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev turk millatiga mansub. Ularning tanishuvi ham aynan Yulduz Usmonova Turkiyada yashayotgan paytida yuz bergan. Hozirgi kunda Mansur Agaliyev nafaqat ijodkorning turmush o‘rtog‘i, balki ijodiy prodyuseri hisoblanadi.
Rustam Sa’dullayev syomkada rus qiziga ko‘ngil qo‘ygan
Aktyor Rustam Sa’dullayev turmush o‘rtog‘i Marina bilan 1987-yili “O‘zbekfilm” maydonchasida tanishgan. O‘sha vaqtda “Shok” filmi suratga olinayotgandi. Ularning tanishuvi oddiy do‘stlik munosabatlaridan boshlanib, muhabbatga aylangan. Ularning ikki nafar qizi bor.
Bobur Yo‘ldoshev va Anna Kostas
Aktyor Bobur Yo‘ldoshev kelib chiqishi gretsiyalik bo‘lgan Anna Kostas bilan oila qurgan. Aktyor intervyularining birida 16 yoshga qadar o‘zbek tilini umuman bilmagani va haligacha o‘zbekcha fikrlamasligini aytib o‘tgandi. Balki o‘zga millat vakili bilan oila qurishinining asosiy sabablaridan biri shudir. Anna Kostas O‘zbekiston yoshlar teatrida akstrisa sifati faoliyat yuritadi, shuningdek, xususiy maktablarning birida “Sahna mahorati” darsidan saboq beradi. Ularning Iris va Yusuf ismli farzandlari bor.
Xonanda Lola Samarqandga kelin bo‘lgan
Xonanda Lola Yo‘ldosheva aralash millatli oilada dunyoga kelgan. Ya’ni uning onasi tatar, otasi esa o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan. Xonandaning hozirgi turmush o‘rtog‘i tojik millatiga mansub ekanligi va Samarqandda ulg‘aygani haqida ma’lum qilgan. Lola ikkinchi bor turmushga chiqqach, kenja farzandi Aishani dunyoga keltirgan.
Nargiza Salmonova va Emrah Sayan
“Taqdirlar”, “O Maryam, Maryam”, “Aldangan ayol” “Farhod va Shirin” kabi filmlardagi turli obrazlari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish aktrisa Nargiza Salmonova 2018-yilda Turkiya fuqarosi Emrah Sayanga turmushga chiqqan. Ularning to‘yi Istanbul shahrida, Bosfor dengizidagi kemada bo‘lib o‘tgan. Aktrisa har doim to‘yi kemada bo‘lishini orzu qilganini aytgan edi.
Hayotini turk yigiti bilan bog‘lagan Kamola
“Opa-singillar” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Kamola Arslonova ham Turkiyaga kelin bo‘lgan. Mesut va Kamola hozirda Izmir shahrida yashaydi. Ularning qiz va o‘g‘il farzandlari bor. Kamola Instagram’dagi postlaridan birida qizini o‘zbek yigitiga turmushga uzatishni xohlamasligini, lekin o‘g‘il farzand ko‘rsa, O‘zbekistondan kelin qilish niyati borligini yozgan.
Sarvara ham Turkiyada baxtini topgan
Keyingi paytlarda ancha kamnamo bo‘lib ketgan xonanda Sarvara ham o‘zga millat vakili bilan oila qurgan. U to‘yi haqidagi gaplarni tasdiqlagan bo‘lsa-da, bugungi hayotini ochiqlashni istamaydi. Faqatgina turmush o‘rtog‘ining turk millatiga mansub ekanligi va ularning to‘yi Istanbulda bo‘lib o‘tganini ma’lum qilgan. Xonanda to‘yi bo‘lmasidan avvalroq Toshkentdagi uyini sotib, Turkiyaga ko‘chib o‘tgandi.
Suriyalik yigitga turmushga chiqqan Kamola Umarxo‘jayeva
Tomoshabinlarga “Yodgor” filmi orali yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Kamola Umarxo‘jayeva asli kelib chiqishi suriyalik bo‘lgan va bolalikdan AQSHda ulg‘aygan inson bilan oila qurgan. Aktrisa turmush o‘rtog‘i va to‘rt nafar farzandi bilan AQSHda istiqomat qiladi. U intervyularining birida AQSHga moslashishida turmush o‘rtog‘ining o‘rni katta bo‘lgani va oilasida, o‘zbek, ingliz va arab tillarida muloqot qilishlari haqida aytib o‘tgandi.
“Anora” kutilmaganda turk oilasiga kelin bo‘ldi
Murod Rajabov rejissorligida suratga olingan “Anora” filmida yetim qiz rolini maromiga yetkazib ijro etgan aktrisa Fotima Vohidova ham turk oilasiga kelin bo‘lgan. Niyozi Shahin va Fotima Vohidovalarning nikoh to‘yi 2018-yili bo‘lib o‘tgan. Aktrisa Turkiyaga sayohatga borgan paytida tanishgan. Ammo uchrashuvga qadar o‘zbek qizlarining turk yigitlariga turmushga chiqishini to‘g‘ri qabul qilmaganini yashirmaydi. Hozirda sobiq aktrisa Sumayya Simay ismli qizchani dunyoga keltirgan.